Texnikasi. Sondagi amputatsiyalar. Tizza bo’g’imi punksiyasi. O’quv operatsiya


Tizzaning oldingi sohasi, regio genus anterior


Download 473.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana16.03.2023
Hajmi473.37 Kb.
#1273145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-mavzu. Oyoqning klinik anatomiyasi va operativ xirurgiyasi. Dumba, son va tizza sohalari. Tos-son va tizza bo’g’imlari

Tizzaning oldingi sohasi, regio genus anterior. Tizza oldingi sohasining terisi qalin. Teri osti qavatida 
quyidagi sinovial xaltalar bor:
bursa prepatellaris subcutanea,
bursa infrapatellaris, 
- bursa prepatellaris subfascialis, 
- bursa prepatellaris subtendinea
bursa suprapatellaris
Tizzaning xusysiy fassiyasi ostida tizza bo‘g‘imi arteriya to‘ri (rete articulare genus) bo‘lib, uni son 
arteriyasining shoxi bo‘lgan tushuvchi tizza arteriyasi; taqim arteriyasining barcha shoxlari - aa.genus 
superior, media, inferior laterales et mediales (52-rasm), oldingi katta boldir arteriyasidan - qaytuvchi 
oldingi katta boldir arteriyasi (a.reccurens tibialis anterior) va orqa katta boldir arteriyasidan chiquvchi 
kichik boldir suyagini o‘rovchi tarmoq (ramus circumflexus fibulae) hosil qiladi. 
Tizza arteriya to‘rining tizza qopqog‘i ustidagi qismi rete patellaris deb ataladi. Oldinda, xususiy fassiya 
ostida, son to‘rt boshli muskulining pastki qismi bo‘lib, uning payi tizza qopqog‘ining ustidan o‘tayotib, 
unga birikadi va pastga tizza qopqog‘i boylami (lig.patellae) shaklida davom etib katta boldirning g‘adir-
budirligiga yopishadi. Tizza qopqog‘i va uning boylamining yon tomonlarida to‘rt boshli muskul payi 
hisobiga hosil bo‘lgan tizza qopqog‘ining ushlab turuvchi boylamlari (retinaculum patellae) joylashgan 
bo‘lib, ular 2 qavatdan iborat: yuza qavatni tizza qopqog‘ining yon tomonlarini katta boldir suyagiga 
bog‘lovchi bo‘ylama lateral va medial boylamlar, chuqur qavatni - tizza qopqog‘ining yon chekkalarini 
son suyagi do‘ngliklari bilan bog‘lovchi ko‘ndalang ushlab turuvchi boylamlar tashkil etadi. Tizzaning 
xususiy fassiyasi bu boylamlarni qoplab, tashqi tomonda mashinachilar muskuli payi hisobiga 
qalinlashadi. Bo‘g‘im xaltasini oldindan qoplovchi bu fassiya-pay qoplamlari tizza oldingi sohasining 
fassiya-aponevroz apparati deb nomlangan. 

Download 473.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling