Texnikasi. Sondagi amputatsiyalar. Tizza bo’g’imi punksiyasi. O’quv operatsiya


YOPQICH KANALI, canalis obturatorius


Download 473.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana16.03.2023
Hajmi473.37 Kb.
#1273145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-mavzu. Oyoqning klinik anatomiyasi va operativ xirurgiyasi. Dumba, son va tizza sohalari. Tos-son va tizza bo’g’imlari

YOPQICH KANALI, canalis obturatorius. Qov suyagi yuqori shoxi (ramus superior ossis pubis)ning 
pastki yuzasida orqadan-oldinga va ichkaridan tashqariga 
yo‘nalgan egat - sulcus obturatorius bo‘lib, yopqich pardasi (membrana obturatoria), ichki va tashqi 
yopqich muskullari bu egatning chetlariga yopishishi natijasida yopqich kanali hosil bo‘ladi. Kanalning 
uzunligi 2-3 sm, uning ichki teshigi tosdagi pufak oldi kletchatka bo‘shlig‘i (spatium previscerale)ga, 
tashqi teshigi sonning medial muskullar o‘rindig‘iga, taroqsimon muskulning ostiga ochiladi. Yopqich 
kanali orqali yopqich tomir-nerv tutami (a., vv et n.obturator) o‘tadi. 
YAQINLASHTIRUVCHI KANAL, canalis adductorius, son oldingi sohasining pastki qismida 
joylashgan. Uning orqa-lateral devorini sonning medial serbar muskuli (m.vastus medialis), orqa-medial 
devorini (m.adductor longus), old devorini (lamina vastoadductoria), ya’ni bu ikkala muskulni o‘zaro 
tutashtiruvchi paysimon parda hosil qiladi. Kanalni 3 ta devor chegaralagani uchun ham uning ko‘ndalang 
kesimi uchburchak shakliga ega. Yaqinlashtiruvchi kanalning oldingi devorini mashinachilar muskuli 
qoplaydi. Kanalning kirish, chiqish teshiklari hamda oldingi devorida yana 1-2 ta teshiklar mavjud. Kirish 
teshigi orqali son arteriyasi, venasi va teri osti nervi (n.saphenus) kiradi. Kanalning ichida tomir-nerv 
tutami elementlarining o‘zaro jolashuvi quyidagicha: son venasi arteriyaning orqa va lateral tomoniga 
o‘tadi, nerv esa tomirlardan tashqarida joylashadi. Kanalning oldingi devoridagi teshik (yoki teshiklar) 
orqali son arteriyasining so‘nggi shoxi bo‘lgan tushuvchi tizza arteriyasi (a.genus descendens) hamda 
(n.saphenus) chiqib pastga yo‘naladi. Yaqinlashtiruvchi kanal oldindan orqaga, ichkaridan tashqariga 
yo‘nalgan bo‘lib, uning chiqish teshigi taqim chuqurchasi kletchatkasiga ochiladi. Bu teshik orqali son 
qon tomirlari (a.et vv.femorales) taqim chuqurchasiga kiradi. 

Download 473.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling