Texnikasi. Sondagi amputatsiyalar. Tizza bo’g’imi punksiyasi. O’quv operatsiya
SONNING OLDINGI SOHASI ( regio femoris anterior)
Download 473.37 Kb. Pdf ko'rish
|
4-mavzu. Oyoqning klinik anatomiyasi va operativ xirurgiyasi. Dumba, son va tizza sohalari. Tos-son va tizza bo’g’imlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oldingi o‘rindiqda
SONNING OLDINGI SOHASI ( regio femoris anterior). Son oldingi sohasining terisi ostida yuza
qorin usti arteriyasi (a.epigastrica superficialis), tashqi tanosil arteriya (a.pudenda externa) va yonbosh suyagini o‘rovchi yuza arteriya (a.circumflexa ilium superficialis), sonning katta teri osti venasi (v.saphena magna), sonning lateral teri nervi (n.cutaneus femoris lateralis), son nervining oldingi teri shoxlari (rr.cutanei anteriores n.femoralis), yopqich nervining teri shoxi (r.cutaneus n.obturatorii) tarmoqlanadi, yuza chov limfa tugunlari (nodi lymphatici inguinales superficiales) joylashadi. Sonning muskullarini tashqaridan sonning serbar fassiyasi (fascia lata femoris) o‘raydi va ayrim muskul guruhlari orasiga 3 ta: medial, lateral va orqa muskullararo to‘siqlarni beradi. Bu to‘siqlar son suyagining orqa yuzasidagi g‘adirbudur chiziqqa (linea aspera) birikib, 3 ta muskul-fassiya o‘rindig‘ini hosil qiladi. Oldingi o‘rindiqda sonni bukib, boldirni yozuvchi muskullar: sonning to‘rt boshli muskuli (m.quadriceps femoris); medial o‘rindiqda sonni yaqinlashtiruvchi muskullar: taroqsimon (m.pectineus), uzun kalta va katta yaqinlashtiruvchi muskullar (mm.adductoris longus, brevis et magnus); orqa o‘rindiqda sonni yozuvchi, boldirni bukuvchi muskullar: yarim parda muskuli, m.semimembranosus, yarim pay muskuli (m.semitendinosus) va sonning ikki boshli muskuli (m.biceps femoris) joylashadi. ancha qalin bo‘lib, ayrim yuzada joylashgan muskullar uchun alohida g‘iloflar hosil qiladi. Chov boylamining pastida sonning serbar fastsiyasi yuza varaqida oval teshik bo‘lib, u teri osti yorig‘i (hiatus saphenus) yoki oval teshik (fossa ovale) deb yuritiladi. Chov boylami (lig.inguinalis) bilan tosning yonbosh va qov suyaklari orasida kamgak joy bo‘lib, u orqali tos bo‘shlig‘i son bilan tutashadi. Chov boylamidan boshlanib tos suyagiga yopishuvchi yonbosh-taroqsimon ravog‘i (arcus iliopectineus) kamgakni lateral va medial qismlarga bo‘ladi. Lateral qismi medial qismiga nisbatan kattaroq bo‘lib, muskul lakunasi (lacuna musculorum) deb yuritiladi: chunki uni asosan yonbosh-bel muskuli (m.iliopsoas) to‘ldirib turadi. Bu yerda muskuldan tashqari son nervi (n.femoralis)ham o‘tadi. Kamgakning medial qismi orqali sonning asosiy qon tomirlari o‘tadi, shuning uchun ham bu qism tomir lakunasi (lacuna vasorum) nomini olgan. Tomir lakunasidagi son arteriyasi son venasining tashqari tomonida yotadi; venaning ichkari tomoni bilan qov suyagi orasida g‘ovak kletchatka bilan to‘lgan kichikkina bo‘sh joy bor. Unda chuqur chov (Rozenmyuller) limfa tuguni joylashadi. Bu zaif joy qorin bo‘shlig‘i bilan bevosita chegaradosh bo‘lgani uchun ham, u orqali qorinning ichki a’zolari qorinpardaga o‘ralgan holda songa, serbar fassiyaning yuza va chuqur varaqlari orasiga, so‘ngra yuza varaqdagi oval teshik orqali son terisi ostiga chiqishi mumkin. Bunday xastalik son churrasi (hernia femoralis) deb yuritiladi. Son churrasida churra xaltasining teri ostiga chiqishi natijasida son kanali (canalis femoralis) deb ataluvchi kanal paydo bo‘ladi. Uning orqa va oldingi devorlarini mos ravishda serbar fassiyaning yuza va chuqur varaqlari, tashqi devorini son venasi hosil qiladi. Kanalning chuqur halqasi (teshigi) (anulus femoralis) tomir lakunasida joylashgan bo‘lib, uni oldindan chov boylami, orqadan taroqsimon (Kuper) boylami, lig.pectineale (Cooper), tashqaridan son venasi, ichkaridan kamgak (Jimbernat) boylami (lig.lacunare) chegaralaydi. Kanalning yuza halqasini teri osti yorig‘i (hiatus saphenus) tashkil qiladi. Sonning oldingi sohasida son arteriyasi va venasi hamda son nervidan (pastroqda teri osti nervidan) iborat bo‘lgan tomir-nerv tutami sonning yuqorigi yarmida son (Skarp) uchburchagi orqali o‘tadi. Son uchburchagining yuqori tomonini (asosini) chov boylami, tashqi tomonini mashinachilar muskuli, ichki tomonini uzun yaqinlashtiruvchi muskul (m.adductor longus), tubini esa yonboshbel va taroqsimon muskullar hosil qiladi. Son uchburchagining cho‘qqisi pastga qaragan bo‘lib, sonning yaqinlashtiruvchi (Gunter) kanaliga davom etadi. Uchburchak sohasida son arteriyasi venasiga nisbatan tashqarida, son nervidan ichkarida joylashib, yuqorida aytib o‘tilgan yuza tomirlardan tashqari yana sonning chuqur arteriyasi (a.profunda femoris)ni, son suyagini o‘rovchi lateral va medial arteriyalar (aa.circumflexae femoris lateralis et medialis)ni hamda 3 ta perforant (teshib o‘tuvchi) arteriyalar (aa.perforantes)ni beradi. Son uchburchagida a. et v.femoralis serbar fassiyaning yuza va chuqur varaqlari orasida joylashib (m.pectineus) va (m.iliopsoas)lar orasidagi tarnovsimon chuqurchada yotadi. Bu tomirlarni son nervidan serbar fastsiyaning chuqur varag‘i ajratib turadi. Download 473.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling