Texnikasi. Sondagi amputatsiyalar. Tizza bo’g’imi punksiyasi. O’quv operatsiya


*Qaysi anatоmik tuzilmalar pastki mushakli-kichik bоldir kanalini hosil qilishda ishtirоk etadi?


Download 473.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana16.03.2023
Hajmi473.37 Kb.
#1273145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-mavzu. Oyoqning klinik anatomiyasi va operativ xirurgiyasi. Dumba, son va tizza sohalari. Tos-son va tizza bo’g’imlari

*Qaysi anatоmik tuzilmalar pastki mushakli-kichik bоldir kanalini hosil qilishda ishtirоk etadi? 
1 – bоsh barmoqni bόquvchi uzun mushak; 
2 – orqa bоldir mushagi; 3 – kata bоldir suyagi; 
4 – kichik bоldir suyagi 5 – barmoqlarni bόquvchi uzun mushak 
Mashgulоt bayoni 
OYOQNING TOPOGRAFIK ANATOMIYASI 
OYOQ - EXTREMITAS INFERIOR соҳалари:
dumba, son, tizza, boldir, oshiq-boldir bo‘g‘imi sohalari va oyoq panjasidan iborat. 
DUMBA SOHASI, regio glutea 
T a sh q I m o‘ l j a l l a r: yonbosh suyagining qirrasi (crista iliaca), oldingi ustki 
o‘tkir o‘siq (spina iliaca anterior superior), dumg‘aza suyagi (sacrum), tashqarida son suyagining katta 
ko‘sti (trochanter major), sohaning pastki-medial qismida - quymuch do‘mbog‘i (tuber ischiadicum)
yonbosh qirrasining medial oxirida yonbosh suyagining orqa-ustki o‘tkir o‘sig‘i (spina iliaca posterior 
superior)qo‘lga unnaladi. 
Ch e g a r a l a r i: yuqoridan - yonbosh suyagining qirrasi, pastdandumba burmasi, plica glutea
tashqaridan - oldingi-ustki o‘tkir o‘siqdan pastga tikka tushirilgan chiziq, ichkaridan - dumbalar 
orasidagi burma. 
Sohaning yuqori-lateral qismida, ya’ni o‘rta dumba muskuli katta dumba muskuli bilan 
qoplanmagan qismida yuza fassiya bilan xususiy fassiya orasida bel sohasiga davom etuvchi yog‘ 
to‘plami (massa adiposa lumbogluteale) bor.
KATTA VA KICHIK QUYMICH TESHIKLARI. Dumg‘aza-o‘tkir o‘siq boylami (lig.sacrospinale) tos 
suyagidagi spina ischiadicani, dumg‘aza-quymuch boylami (lig.sacrotuberale) quymuch do‘mbog‘i 
(tuber ischiadicum)ni dumg‘aza suyagi bilan tutashtirib, katta va kichik quymich o‘yiqlarini katta va 
kichik quymuch teshiklariga aylantiradi.
NOKSIMON USTI VA NOKSIMON OSTI TESHIKLARI (foramen supra-piriforme et infrapiriforme) 
Katta quymuch teshigi orqali chiquvchi noksimon muskul (m.piriformis) bilan shu teshikning yuqorigi va 
pastki chekkalari orasida mos ravishda noksimon usti yorig‘i (foramen suprapiriforme) va noksimon osti 
teshigi (foramen infrapiriforme) hosil bo‘ladi. Yuqorigi teshigi orqali tos bo‘shlig‘idan a. et vv.gluteae 
superiores et n.gluteus superiordan iborat bo‘lgan yuqorigi dumba tomir-nerv tutami o‘tib, dumbaning 
o‘rta va kichik muskullari orasidagi chuqur dumbalararo kletchatkaga yo‘naladi; Pastki teshig orqali 
chiquvchi tomir-nerv tutamlari ichkaridan tashqariga quyidagi tartibda joylashadi: tanosil nervi 
(n.pudendus), ichki tanosil tomirlari (a.et vv.pudendae internae), pastki dumba tomirlari (a.et vv.glutea 
inferior), sonning orqa teri nervi (n.cutaneus femoris posterior), eng tashqarida - quymuch (o‘tirg‘ich) 
nervi (n.ischiadicus) yotadi.

Download 473.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling