Texnologik va iqtisodiy samaradorlik asoslari


Sug`oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash fondi mablag`larining sarflanishi (million so`m.)


Download 208.5 Kb.
bet3/10
Sana19.06.2023
Hajmi208.5 Kb.
#1620639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Sug`oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash fondi mablag`larining sarflanishi (million so`m.)



Mablag`lardan foydalanish yo`nalishlari

Qiymati

Jamiga
nisbat
an foizda

1.

Meliorativ obyektlarni qurish va ta’mirlash

65811,0

70,7

2.

Suv xo`jaligini qurish va ekspluatatsiya
qilish tashkilotlarining moddiytexnik bazasini mustahkamlash

27165,0

29,3


Jami

92976,0

100

O`zbekiston Respublikasining 2009-2012 yillarga mo`lljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturining samarali ijrosini ta’minlashda Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi alohida ahamiyat kasb etadi.
Jamg`armaning asosiy vazifalari:

  • davlat va xo`jalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan, tijorat banklari, xorijiy jamg`arma va investorlar hamda boshqa manfaatdor tuzilmalarning moliyaviy mablag`larini jamlash;

  • iqtisodiyotni rivojlantirish, ishlab chiqarishni tarkibiy jihatdan o`zgartirish va modernizatsiya qilish borasida ustuvor vazifalarni amalga oshirish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`lgan g`oyat muhim loyihalarni moliyalashtirish;

  • strategik muhim ahamiyatga ega bo`lgan korxonalar, avvalo iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalarini yangilash va texnik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini kreditlash;

  • yoqilg`i-energetika kompleksi, kimyo sanoati, mashinasozlik va rangli metallurgiya tarmoqlarini texnikaviy qayta qurollantirishga hamda ishlab chiqarish sur’ati va hajmini oshirishga yo`naltirilgan loyihalarning moliyalashtirilishini ta’minlash;

  • birinchi navbatda yetarlicha rivojlanmagan mintaqalarda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirish bo`yicha ijtimoiy jihatdan muhim ahamiyatga molik, istiqbolli milliy davlat dasturlari va loyihalarini moliyalashtirish;

  • mamlakatimizning xalqaro kommunikatsiyalar tarmog`iga integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratadigan, xalqaro transport yo`laklari va jahon bozorlariga eng qisqa yo`l bilan chiqishni ta’minlaydigan transport hamda telekommunikatsiya infratuzilmalarini modernizatsiya qilish va rivojlantirishni moliyalashtirish;

  • halqaro moliya institutlari, mamlakatimiz va xorijiy davlatlardagi kredit muassasalari bilan loyihalarning hamkorlikda moliyalashtirilishini tashkil etishni ta’minlash hisoblanadi.

Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasining tashkil qilinishi real sektorning tayanch tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik qayta qurollantirish, samarali tarkibiy islohotlarni amalga oshirish va investitsiya siyosatini moliyaviy ta’minlashning mustahkam manbalari shakllanishiga olib keldi. Ayniqsa, ushbu jamg`arma Inqirozga qarshi choralar dasturida belgilangan choratadbirlarning samarali ijrosini ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Buni quyidagi jadval ma’lumotlaridan ko`rishimiz mumkin. Ma’lumki, iqtisodiy o`sishni ta’minlashda investitsiyalar hajmi va ularning arxitekturasi muhim ahamiyat kasb etadi. Shularni inobatga olgan holda, Prezidentimiz tomonidan mamlakatimiz iqtisodiy siyosati istiqbolini belgilab berishda ustuvor yo`nalishlardan biri sifatida investitsiyalarni keng jalb etish, ayniqsa, xorijiy investorlar uchun yanada qulay sharoitlarni yaratishga e’tibor qaratilmoqda.

Download 208.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling