Texnologik va iqtisodiy samaradorlik asoslari
Moliyalashtirish manbalari
Download 208.5 Kb.
|
Min Yer-dan iborat avans kapitalining qiymati (12 * 40 + 15 * 40) = 10,8% yoki 0,011ga teng bo`ladi. Qoplanish davri To investitsiyalar samaradorligini baholashning eng keng tarqalgan ko`rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Amaliyotda foydalaniladigan «kapital qo`yilmalarni qoplanish muddati» ko`rsatkichidan farqli ravishda, u ham daromadga emas, balki investitsiyaviy mablag`lar va pul oqimlarini diskontlashga asoslanadi. Mamlakatimizdagi mavjud ichki resurslarimiz ko`lamini kengaytirish borasida Tiklanish va taraqqiyot fondining rolini kuchaytirish g`oyat muhim o`rin tutadi. Hozirgi vaqtda 6 milliard AQSH dollaridan ortiq mablag`ga ega bo`lgan ushbu Fond strategik muhim investitsiya loyihalarini xorijiy investorlar bilan birgalikda moliyalashtirishda yetakchi sheriklardan biri sifatida faoliyat olib bormoqda. Bozor sharoitidagi investitsiyalash katta tavakkalchilik bilan bog`liq va qo`yilmalarni qoplanish muddati qanchalik uzoq bo`lsa tavakkalchilik ham shunchalik yuqori bo`ladi. Bu vaqt davomida bozor konyukturasi ham, narxlar ham ancha o`zgarishi mumkin. Bunday yondashuv ayniqsa ilmiy-texnik taraqqiyot sur’atlari yuqori bo`lgan tarmoq va mahsulotlar uchun dolzarb hisoblanadi, chunki ularda yangi texnologiya yoki mahsulotning paydo bo`lishi oldingi investitsiyalarni puchga chiqarib tashlashi mumkin. Va nihoyat, «qoplanish davri» ko`rsatkichi tanlanishining yana bir sababi sifatida, innovatsiyaviy tadbir amalga oshishiga bo`lgan ishonchsizlikni va investor uzoq muddatga qo`yilma amalga oshirish istagida bo`lmasligini keltirish mumkin. Download 208.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling