Texnologik va iqtisodiy samaradorlik asoslari


Qishloq xo`jaligida innovatsion texnologiyalar faoliyat samaradorligini baholash


Download 208.5 Kb.
bet4/10
Sana19.06.2023
Hajmi208.5 Kb.
#1620639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

2.Qishloq xo`jaligida innovatsion texnologiyalar faoliyat samaradorligini baholash


O`zbekiston kapitalni import qiluvchi mamlakat sifatida jahon maydoniga chiqar ekan, bir qator muayyan manfaatlarni ko`zlaydi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida mamlakatga xorijdan yangi texnologiyalar, uskunalar, “nou-xau” ni olib kirishga, chet ellik mutaxassislar, ekspertlar va maslahatchilarni jalb qilish orqali mahsulot sifati va ishchi kuchi malakasini oshirishga erishish mumkin.
Shuningdek, xorij sarmoyalari ishlab chiqarishni rag`batlantiradi, qo`shimcha ish o`rinlariga ega qiladi, yangi texnika va texnologiyalarni iqtisodiyot tarmoqlariga olib kiradi, mamlakat iqtisodiyotining jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuviga yordam beradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida innovatsiyalarni amalga oshirish samarasini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Ammo, o`tish iqtisodiyoti uchun ham u yetarlicha muhim hisoblanadi.
Hisobga olinadigan natija va xarajatlarga bog`liq holda samaraning quyidagi turlari farqlanadi (1-jadval).
1- jadval

Samara turi

Omillar va ko`rsatkichlar

1.Iqtisodiy

Ko`rsatkichlar, innovatsiyani amalga oshirish bilan belgilanadigan qiymat ifodasiga ega barcha natijalar va xarajatlarni hisobga oladi.

2. Ilmiy-texnik

Yangilik, oddiylik, foydalilik, didga moslik, ixchamlik.

3.Moliyaviy

Ko`rsatkichlarni hisoblash moliyaviy ko`rsatkichlarga asoslanadi.

4. Resurs

Ko`rsatkichlar, ishlab chiqarish hajmi va u yoki bu resurs turining iste’moliga innovatsiyaning ta’sirini ko`rsatadi.

5.Ijtimoiy

Ko`rsatkichlar, innovatsiyani amalga oshirishning ijtimoiy natijalarini hisobga oladi.

6.Ekologik

Shovqin, elektrmagnit maydon, yorug`lilik, vibratsiya, zararli gazlar, og`ir metallar. Ko`rsatkichlar, innovatsiyaning atrof muhitga bo`lgan ta’sirini hisobga oladi.

Natija va xarajatlarni hisobga olishning vaqt davriga bog`liq holda, joriy davr samarasi va yillik samara ko`rsatkichlari farqlanadi.
Qabul qilingan vaqt davrining davomiyligi quyidagi omillarga bog`liq bo`ladi:

  • innovatsiyaviy davr davomiyligi;

  • innovatsiya obyektlarining xizmat muddati;  boshlang`ich axborotning ishonchliligi darajasi;  investorlar talablari.

Ma’lumki, samaradorlikni baholashning umumiy tamoyili samara (natija) va xarajatlarni taqqoslashga asoslanadi.
Ushbu nisbat ham natural, ham pul kattaliklarida ifodalangan bo`lishi va bunda bir xil vaziyat uchun samaradorlik ko`rsatkichlari turlicha bo`lishi mumkin. Ammo, asosiysi «ishlab chiqarishdagi samaradorlik – bu doimo nisbat» ekanligini bilish muhimdir.
Umuman olganda, innovatsiyalarning eng qulay variantini tanlash va iqtisodiy samaradorligini aniqlash muammosi, bir tomondan, innovatsiyalardan foydalanishdan olinadigan pirovard natijaning, ularni ishlab chiqish va amalga oshirish xarajatlaridan yuqori bo`lishini, ikkinchi tomondan esa, olingan natijalarni boshqa o`xshash innovatsiyalardan olinishi mumkin bo`lgan natijalar bilan taqqoslashni talab qiladi.
Tezlashtirilgan amortizatsiyani amalga oshiruvchi korxonalarda, to`g`ri variantni tezda tanlash va baholashga ayniqsa keskin zaruriyat paydo bo`ladi. Natijalarni xarajatlar bilan taqqoslashga asoslangan innovatsiyalar samarasini hisoblash uslubi, yangi ishlanmalardan foydalanish maqsadga muvofiqligi to`g`risida qaror qabul qilish imkonini beradi. Innovatsiyalarning umumiy iqtisodiy samaradorligini baholash uchun quyidagi ko`rsatkichlar tizimidan foydalanilishi mumkin:


  1. Download 208.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling