61
cho`ziladi, qattiq, og`ir va qalinroq bo`ladi. Namlikni yaxshi shimadi, tez yuviladi.
Zig`ir tolasidan to`qilgan gazlamalarning usti silliq sitiluvchan bo`ladi, tez
g`ijimlanadi va oson dazmollanadi.
Gazlamaning tuzilishi tanda va arqoq iplarning o`zaro o`ralishi va bog`lanishi bilan
belgilanadi. Gazlamaning tuzilishiga gazlamani hosil
qiladigan kalava ip yoki
iplarning tuzilishi, tanda va arqoqning zichligi, o`ralish xili ta`sir qiladi. Kalava ip
iplarning yog`onligi, pishitilishi va tuzilishi gazlamaning tuzilishiga ancha ta`sir
qiladi.
O`tilgan mavzuni Venn diagrammasi orqali mustahkamlash:
Paxta va zig`ir tolali gazlamaning xususiyatlari aylana ichiga yoziladi.
3-Chizma
1. Inson hayotida kiyimlar qanday ahamiyatga ega ?
2. Kiyimlar qanday gazlamalardan tayyorlanadi ?
3. Tolalar nimalardan olinadi ?
4. Tolalar necha xil bo`ladi ?
5. Tabiiy tolalar qanday olinadi ?
6. Tabiiy tolalarning qanday xossalari bor ?
7. Chaqaloqlarga nima uchun tabiiy tolali gazlamalardan tikilgan kiyimlar
tavsiya etiladi ?
Uyga vazifa: uyda tabiiy tolali gazlamalardan
tayyorlangan qanday tikuv
buyumlari borligini o`rganib kelish.