Texnologiya tushunchasining tarixiy jarayoni va uni ta`limga moslashtirish tushunchasi mundarija kirish I bob. Texnologiyaning rivojlanish tarixi
Download 44.25 Kb.
|
TEXNOLOGIYA TUSHUNCHASI
Xulosa va takliflar
Pedagogik texnologiya jarayonida o’qituvchi rahbarligida o’quvchi mustaqil ravishda bilim oladi, o’rganadi, o’zlashtiradi. Bu faoliyatni amalga oshirish uni tashkil qilish, olib borish, takomillashtirish, tahlil qilish, tadqiq qilish, qiyoslash, umumlashtirish, xulosa chiqarish, boshqarish, nazorat, baholash kabi jarayonlarni o’z ichiga oladi. Hozirgi paytda pedagogika fanida pedagogik texnologiyalar, ta’lim texnologiyasi, o’qitish texnologiyasi iboralari tez-tez tilga olinmoqda. Bugungi kungacha pedagogik adabiyotlarda, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar, rasmiy hujjatlarda «yangi pedagogik texnologiya», «ilg’or pedagogik texnologiya», «zamonaviy ta’lim texnologiyasi» ga oid tushunchalari hali ham bir qolipga tushirilmagan, entsiklapediyalarda izohlanganicha yo’q, uning mazmunini yagona talqini ishlab chiqilmagan va shuning uchun iboraning bir-biridan farqlanuvchi ko’pgina ta’riflari mavjud. Jamiyat rivojidagi ilmiy-texnikaviy taraqqiyot ishlab chiqarishni texnologiyalashririshga olib keladi. Hozirgi davrda texnologiyalashrirish jarayoni hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda.Texnologiyalashtirish ob'ektiv jarayon bo'lib, ishlab chiqarishning barcha sohalariga kirib boradi, ular evolyutsiyasining yangi vazifalarini sifatli hal etilishiga asos soladi. Texnologiyalashrirish tushunchasini bevosita pedagogik jarayonlar bilan bog'lasak, u holda ta'lim- tarbiya qonimiyatlarini amalga oshirish, ularning yangi qonuniyatlarining o'ziga xos qirralarini kashf etish asosida umumiy maqsadga erishish- ijobiy sifat o'zgarishlariga ega bo'lgan barkamol avlod shaxsini shakllantirish tushuniladi. Yoki pedagogik texnologizatsiyani shaxsda yangi sifat o'zgarishlarini loyihalovchi, kutilajak natijani kafolatlovchi, ta'lim- tarbiyani tashkil etish, boshqarish va amalga oshirishning tizimli jarayoni, deb tushunish mumkin. Pedagogik texnologiya - shunday bilimlar sohasiki, ular vositasida uchinchi ming yillikda davlatning ta’lim sohasidagi siyosatida tub burilish yuz beradi, o’qituvchi faoliyati yangilanadi, o’quvchi va talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr-muhabbat, isonparvarlik tuyg’ulari tizimi shakllantiriladi. Ma’lumotlilik asosida yotuvchi bosh g’oya ham tabiat va inson uzviyligini anglab yetadigan avtoritar va soxta tafakkur yuritish usulidan voz kechgan, sabr-bardoshli, qanoatli, o’zgalar fikrini hurmatlaydigan, milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar kabi shaxsiy sifatlarni shakllantirishni ko’zda tutgan insonparvarlik hisoblanadi. Bu masalaning yechimi qaysidir darajada ta’limni texnologiyalashtirish bilan bog’liqdir. Zero, pedagogik texnologiya - bu o'rganish nazariyasiga asoslangan va rejalashtirilgan natijalarni ta'minlovchi ta'lim faoliyatini tashkil etish usullari, uslubiy texnikasi, shakllari yig'indisidir. O'qituvchi uchun yillar davomida shakllangan darsning stereotiplarini engib o'tish juda qiyin. Talabaga yaqinlashish va xatolarni tuzatish, tayyor javobni taklif qilish istagi katta. Talabalar ham xuddi shunday muammoga duch kelishadi: ular uchun o'qituvchini yordamchi, kognitiv faoliyat tashkilotchisi rolida ko'rish odatiy holdir. Zamonaviy ta'lim tizimi o'qituvchiga turli xil innovatsion usullardan "o'zinikini" tanlash, o'z ish tajribasiga yangicha qarash imkoniyatini beradi. Bugungi kunda zamonaviy darsni muvaffaqiyatli o'tkazish uchun o'z pozitsiyangizni yangicha tushunish, nima uchun va nima uchun o'zgarishlar kerakligini tushunish va birinchi navbatda o'zingizni o'zgartirish kerak. Download 44.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling