Texnologiya tushunchasining tarixiy jarayoni va uni ta`limga moslashtirish tushunchasi mundarija kirish I bob. Texnologiyaning rivojlanish tarixi
Download 44.25 Kb.
|
TEXNOLOGIYA TUSHUNCHASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uslubiy vazifalar
Tashkiliy vazifalar: Mehnat ta’limi bo’yicha nazariy amaliy mashg’ulotlar uchun o’quv xonalari hamda unda maxsus ish joyi tashkil qilish, xavfsiz va qulay mehnat sharoitini yaratish zarur. Xomashyo materiallar, asboblar, moslamalar bilan ta’minlash. Sanitariya-gigiena, mehnat xavfsizligi bo’yicha belgilangan talablarning to’liq bajarilishini ta’minlash va muntazam nazorat qilib borish. Mehnat korxonalari, tashkilotlar, kasb-hunar kollejlari bilan uzviy aloqa o’rnatish, o’quv xonada ishlash qoidalari bilan tanishtirish, sinf jurnallarini, rasmiy hujjatlarni, ish rejalarini yuritish.
Uslubiy vazifalar: Mashg’ulotlarning yarim va bir yillik ish rejalarini tuzish, bunda mahalliy sharoit va ehtiyojlar va imkoniyatlarni hisobga olib, o’quvchilarni yaqindan tanishtirish mumkin bo’lgan kasb turlarini tanlash, o’g’il va qiz bolalarning o’zlariga xos mehnat mashg’ulotlarini amalga oshira borish, mashg’ulotlarda zamonaviy ilg’or pedagogik texnologiyalar, didaktik vositalardan keng foydalanish, mehnat ta’lim va tarbiyasining birligini ta’minlash. O’quvchilarda mehnat malaka va ko’nikmalarini, mehnatga qiziqish va mehnatsevarlikni shakllantirish. Texnologiya ta’limi jarayonida o’quvchilarni aqliy va axloqiy jihatdan rivojlantirib borishda ularning yosh xususiyatlari, shaxsiy ruhiy va fiziologik sifatlarini hisobga olish, o’quvchilarni kasbga yo’naltirish ishlarini olib borish. Boshlang’ich maktablarda Texnologiya ta’limi va tarbiyasining asosiy vazifalari o’quvchilarni mehnatga tayyorlash, o’qitish va umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflarida qo’l mehnatiga o’rgatish, kasblar to’g’risida ma’lumotlar berish, davlat ta’lim standartlari talabi bo’yicha tarbiyalash hamda o’quvchilarni kasb-hunar egasi bo’lib yetkazishda nazariy va amaliy bilim berishdan, mehnat madaniyatini shakllantirishdan tashkil topgan. Mehnat madaniyatining tarkib topishi uchun darslarda doimo bolalarning e’tiborini asbob va materiallarni saqlash qoidasi hamda joylashtirish tartibiga, ish joyini to’g’ri jihozlashga, materiallardan tejamkorlik bilan foydalanish usullariga, ish harakatlarining me’yori va sifatiga, ish ko’rsatkichini ta’minlovchi tadbirlarga, ishlov berishda olingan aniqlik va tozalikka rioya qilishga va nihoyat narsani chiroyli qilib bezashga talab qilib borish kerak. Kerakli material va asboblari bilan yetarli ta’minlanmaganlik ham mehnat madaniyatining shakllanishiga salbiy ta’sir etadi. Ba’zan o’quvchilarning tayyorlanmaganliklari va uyushmaganliklari tufayli o’qituvchining ko’p vaqti bekorga sarf bo’ladi: biri qaychisini, ikkinchisi qog’ozini olib kelmasdan, mashg’ulotlarga qatnashib ish qilayotgan o’rtog’ini narsa so’rab chalg’itadi. Shuning uchun o’qituvchi dars boshlashdan oldin guruh sardorlari yordamida o’quvchilar o’rtasidagi o’zaro do’stona yordamga tayanib o’z vaqtida choralar ko’rishi lozim. Biroq har qanday holatda ham o’quvchini uyga jo’natmaslik yoki jazo berish tartibida o’quvchini ishsiz qoldirmaslik kerak. Texnologiya ta’limiga ijodiy tashabbussiz yondashish mehnatni aqliy rivojlanish omiliga aylantirmaydi. Bilimlarni qo’llashni talab qilmaydigan, tafakkurni faollashtirmaydigan mehnat faoliyati aqliy qobiliyatlarni o’stirmaydi. Texnologiya ta’limi u yoki bu mehnat jarayonida belgilangan tartibda va harakatlar izchilligiga rioya qilish kerakligini muntazam tushuntirib borish bilan birga bo’ladigan ko’p marta mashq qilishlar natijasida tarkib topadi. Download 44.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling