Texnologiya tushunchasining tarixiy jarayoni va uni ta`limga moslashtirish tushunchasi mundarija kirish I bob. Texnologiyaning rivojlanish tarixi
Download 44.25 Kb.
|
TEXNOLOGIYA TUSHUNCHASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rivojlantiruvchi maqsad
- Kurs ishining obekti.
- Kurs ishining tarkibiy tuzilishi.
Kurs ishining maqsadi. Ta`lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiya metodlaridan foydalanish istiqbollari va muammolari, pedagogik texnologiyaning darajalari, tuzilishi va nazariy asoslari, o`quvchi shaxsi ta`lim jarayoning obyekti va subyekti sifatida, pedagogik texnologiyaning asosiy belgilari va tasnifi, pedagogik texnologiya turlari va tarbiyaviy ish kabilarni o`rganishdan iborat.
Rivojlantiruvchi maqsad – mehnat ta’limi mashg’ulotlari jarayonida o’quvchilarga aqliy, jismoniy, axloqiy badiiy estetik tarbiya va ta’lim berish orqali ularning barkamol shaxslar bo’lib yetishishlariga yordam berishdan iborat. Kurs ishining vazifasi. Kurs ishi orqali o`quvchilarga Texnologiyaning rivojlanish tarixi Texnologiyaning ta`limda maqsad va vazifalari Ta`limda zamonaviy o`qitish texnologiyalari Zamonaviy pedagogik texnalogiyalar va uning ta`limda joriy etilishi Zamonaviy pedagogik texnologiyaning ta`limdagi ahamiyati haqida tushuncha berishdan iborat Kurs ishining obekti. O‘qitish texnologiyasi tarkibiga o‘quv jarayonini boshqarishning aniq usullari, boshqarish va o‘qitishning ayni istiqbolli tadbirlari haqidagi ham nazariy, ham amaliy bilimlar kiritiladi. Kurs ishining predmeti. Pedagogik texnologiyalar ta’riflariga bo‘lgan turli yondashuvlar shuni ko‘rsatadiki, haqiqatdan ham o‘qitish texnologiyalari fan va ishlab chiqarish hamda o‘quv-pedagogik jarayon oralig‘idan o‘rin oladi. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Kirish, asosiy qism, 2 ta bob, 4 reja va foydalanilgan adabiyotlar ro`yhatidan iborat. I BOB. TEXNOLOGIYANING RIVOJLANISH TARIXI Texnologiyaning ta`limda maqsad va vazifalari Pedagogika fani tarixidan ko’rinib turibdiki o’qitish va kadrlar tayyorlashning yanada mukammal metodlarini va usullarini izlash doimiy davom etib kelgan. O’qitish - bu jamiyat taraqqiyoti uchun samarali pedagogning faoliyati yakunlanishi bilan darhol ko’rinmasa ham har qanday boshqa faoliyat kabi ishlab chiqarish faoliyatidir. Jamiyat tarixida iqtisodiy davrlar faqatgina nimalar ishlab chiqarilishi, kim tomonidan qancha ishlab chiqarilishi, mehnatning qaysi vositalari bilan ishlab chiqarilishiga qarab farq qilmaydi. Ana shu nuqtai nazardan biz ijtimoiy tarixda mavjud bo’lgan “pedagogik rivojlanish davr” larni ko’rib chiqamiz. I. Individual pedagog, qo’l bilan ishlaydigan pedagogning pedagogik faoliyati davri (qadimgi davrlardan boshlab XVII asrgacha); II. Yozuv kitobi davri (XVII asrdan hozirgi davrgacha); III. Audiovizual vositalar davri (XX asrning 50 yillari); IV. O’qitishni boshqarishni avtomatlashtirish oddiy vositalari davri (XX asrning 70 yillari); V. Zamonaviy hisoblash mashinalari asosida ta’limni boshqarishni avtomatlashtirishda adaptiv vositalar davri (XX asr oxiri komp’yuterda o’qitish). Dastlab XX asrning 20 yillarida “Pedagogik texnologiya” termini birinchi bor pedagogika bo’yicha asrlarda tilga olingan. Shu vaqtning o’zida yana bir boshqa – “pedagogik texnika” termini ham tarqaldi. U pedagogik entsiklopediyada 30 yillarda o’quv mashg’ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga qaratilgan uslublar va vositalar sifatida ifodalangan. Bu tushuncha 1940 yillardan 50-yillar o’rtasigacha “ta’lim texnologiyasi” deb qo’llanilib, o’quv jarayonida audiovizual texnika vositalaridan foydalanishni ifoda qilgan. Ikkinchi yo’nalish tarafdorlari esa o’quv jarayonini tashkil etish samaradorligini oshirish va pedagogik g’oyalarni texnikaning keskin rivojlanishidan ortda qolishini yo’qotishni muhim deb hisobladilar. Shunday qilib 1-yo’nalish “o’qitishda texnik vositalar” sifatida belgilandi, 2-yo’nalish “o’qitish texnologiyasi” yoki “o’quv jarayoni texnologiyasi” sifatida belgilandi. 70-yillarning boshlarida turli xildagi uskunalarini va o’quv vositalarini modernizatsiyalashtirish zarurligi anglab yetildi. Bularsiz o’qitishning sifatliligi va samaradorliligiga erishib bo’lmas edi. Keyinchalik bu muammo bilan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va markazlar shug’ullana boshladi. AQSHda 1971 yil – “Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar bo’yicha AQSH Assotsiatsiyasi ” tuzildi. Hozirgi kunda mamlakat bo’ylab va Kanadada bu kengashning 50 ta filiallari ish olib bormoqda. AQSHda 1961 yilda “Pedagogik texnologiya” jurnali (Educational Technology), 1971 yilda esa – “Audiovizual o’qitish” jurnali nashr etila boshlandi. Angliyada 1967 yil – Pedagogik texnologiya bo’yicha Milliy kengash, 1964 yildan boshlab “Pedaogik texnologiya va o’qitishni dasturlashtirish” jurnalini, 1971 yilda “Pedagogik texnologiya” jurnalini nashr eta boshladi. Yaponiyada - Pedagogik texnologiyalar muammolari bilan 4 ta ilmiy tashkilotlar shug’ullanadi. 1967 yilda “Pedagogik texnologiyalar bo’yicha Milliy kengash” tashkil etildi, uning filiallari 22 ta davlat universitetlarida joylashtirilgan. 1965 yildan boshlab Yapon tilida har uch oyda “Pedagogik texnologiya” jurnali va ingliz tilida yiliga ikki marta “Pedagogik texnologiyalar sohasida tadqiqotlar” jurnali nashr etildi. Yaqinda “Pedagogik texnologiyalar bo’yicha umumyapon Markaziy kengashi” tashkil etildi, u muammolar bo’yicha xalqaro aloqalar o’rnatish bilan ham shug’ullanadi. Texnologiya ta’limi va tarbiyasining maqsadi o’quv ishlarida mehnatga nisbatan ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir. Mazkur maqsadni amalga oshirishda bir qator vazifalarni hal etish talab qilinadi. Mehnat tarbiyasini tashkil etishda hal etiluvchi vazifalar ko’p qirrali bo’lib, u o’quvchilarning mehnat faoliyatiga amaliy, ruhiy va axloqiy tayyorgarlikning barcha tomonlarini qamrab oladi. Mehnat ta’limi va tarbiyasini tashkil etishda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: Mehnatning mohiyatini anglatish orqali o’quvchilarga mehnatning shaxs kamoloti va jamiyat taraqqiyotidagi rolini yoritib berish; Inson mehnati hamda mehnat mahsuli bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni qadrlash, asrab-avaylashga o’rgatish; Mehnat qilishga nisbatan rag’batni, shuningdek, muhabbatni uyg’otish; O’quvchilarning mehnatga ijtimoiy burch sifatida yondashuvlarini yuzaga keltirish; Mehnat faoliyatini tashkil etishga ongli ravishda, vijdonan yondashishni odatlantirish; Mehnat faoliyatini jamoa asosida tashkil etish; Mehnatga hayotiy zururat, inson faoliyatining asosi sifatida munosabatda bo’lish; Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish borasida mehnat ko’nikmasi va malakalarini shakllantirishni yuzaga keltirish; O’quvchilarda mehnatsevarlik xislatini tarbiyalash; o’z mehnati samarasidan g’ururlanish tuyg’usini shakllantirish; Muayyan kasb-hunar sirlarini o’zlashtirishga erishish va hokazolar. Yosh avlodning mehnat faoliyati quyidagi yo’nalishlarda rivojlantiriladi va tarkib toptiriladi: mehnat o’yindan ajralgan holda mustaqil faoliyat sifatida shakllantiriladi; mehnat faoliyati jarayonining mohiyatini o’zlashtirilishiga erishiladi; mehnat faoliyatining turli shakllari vujudga keltiriladi. Ijtimoiy mehnatning yana bir muhim tarkibiy qismi mehnat tarbiyasi sanaladi. Mehnat tarbiyasidan ko’zlangan maqsad, avvalo, o’quvchilarga mehnatning mohiyati, mazmunini chuqur anglatishdan iboratdir. Download 44.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling