Texnologiya va


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/69
Sana08.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1758523
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   69
Bog'liq
Texnologiya va dizayn.Qurbonov B. Kurbanova G. (1) (3)

M uhokama uchun savotlar
1. Buyum tayyorlashning texnologik jarayoni deganda nimani 
tushunasiz?
2. M ehnat ta’limi da qaysi fanlar bilan fanlararo bog'lanishlar 
mavjud? Y og'ochga ishlov berishda qanday fanlararo aloqalar mavjud? 
M atem atika bilan bog'liqligi nimada? Fizika bilanchi?
3. Yog'ochga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligining 
qanday turlari mavjud?
4. Yog'och o'ym akorligidan qaysi sohalarda foydalaniladi?
2.7. Yog'och m ateriallariga ishlov beruvchi dastgohlar hamda 
elektr va m exanizatsiyalashtirilgan jihozlar
M a’lumki, yog'ochlar turm ushda ham, ishlab chiqarish sohalarida 
ham juda k o 'p ishlatiladigan qurilish materiallari hisoblanadi. 
‘Y og'ochlar bir qator xossalarga ega. Shulardan bin ulam ing fizik 
xossalaridir. Y og'ochning fizik xossalariga ularning o'lcham lari, 
qurishi, og'irligi, rangi, hidi, teksturasi, namligi, zichligi, issiqlik va 
elektr tokini o'tkazuvchan (o'tkazm as)ligi kabilar kiradi. Odatda 
yog'och materiallari uch o'lchovga ega bo'ladi, bular. uzunligi, eni va
41


qalinligi, agar u silindr shaklida b o ls a , diametvining uzunligi b o ‘ladi. 
Y og'ochlam ing rangi, hidi va teksturasi bir qancha onullarga 
jumladan, daraxt o ‘sgan joyning iqlim sharoitiga. yog'ochning turi va 
yoshiga 
bou'liq 
b o lib . 
ko‘pchilik 
daraxtlam ing 
y og‘ochligi 
qoramtirdir. Yog'ochning ko'tinishi, uning zichligi, o zak nurlarining 
miqdori yirik va maydaligiga hamda kesimi yuzasiga; yog'ochning hidi 
unda smola, oshlovchi moddalar va efir moylari mavjudligiga 
bog'liqdir. Yog'ochning hidi uni endigina kesilganda k o p ro q seziladi. 
Yog'ochning rangi, hidi va ko'rinishi uning qanday material ekanligini 
bildiruvchi belgilar bo'lib, ular ishlab chiqarishda muhim ahamiyatga 
ega. Yog'och bo'ylam asiga, va'ni tolalari bo'ylab kesilganda 
(tilinganda) hosil bo ladigan tabiiy naqsh tekstura deb ataladi. Turli 
yog'ochlam m g teksturasi turlicha bo'ladi.
Quruq yog'och issiqlikni yaxshi o'tkazm aydi, sababi yog'ochning 
g'ovakligidir. Uning hujayralari ichiga havo to lgan bo'lib, u issiqlikni 
yomon o'tkazadi. Zichligi katta yog'och zichligi kichik yog'ochga 
nisbatan issiqlikni yaxshi o'tkazadi. Shuningdek, quruq yog'och elektr 
tokini ham o'tkazm aydi. Shunga ko'ra undan izolyatsiya material 
sifatida foydalaniladi. Shuni unutmaslik kerakki, namligi ко p bo'lgan 
yog'och tokni yaxshi o'tkazadi. Chunki yog'och kovaklari suv bilan 
to'lgan bo'ladi.
Y og'ochning tovush olkazuvchanligi unda tovushning tarqalish 
tezligi bilan belgilanadi. 
Y og'ochning tovush olkazuvchanligi 
bo “ у lama yo'nalishda havoga nisbatan 15-18 marta, ko'ndalang 
vo'nalishda 3-6 marta ortiqdir va bu yog'ochning kamchiligi 
hisoblanadi. Shu sababli pol va shiftlarda yog'och ortiqcha sarf 
bo'im asligi uchun tovush o'tkazm aydigan materiailar ishlatishga 
to 'g 'ri keladi. Yog'och material y o ru g iik nurlarini jud a kam o'tkazadi, 
yog'ochning yupqa listi, faner qatlamlari juda kuchii y o ru g iik
manbaidan chiqayotgan nurnigina o'tkazishi mumkin. Y og'ochlar 
yoriluvchanlik, qayishqoqlik, qovushqoqlik, qattiqlik, mixlarni ushlab 
qolish xususiyatiga ega Ulami turli ta'siriar ostida tolalar bo'ylab 
ajralishi yorilishidir. Yorilishlar tabiiy holda. masalan, issiqlik ta'sinda 
qurishi natijasida, shuningdek bolta yoki pona yordamida ta sir etish 
natijasida hosil bo'ladi. Qayishqoqlik yog'ochning yoriluvchanligini 
oshiradi, qovushqoqlik esa kamaytiradi. Nam yog'och oson yoriladi 
Biroq zichligi kichik yog'ochlai- ju d a h o i bo'lganida qayishqoqligi 
kamayib, yaxshi yorilmaydi pona yoki bolta qisilib qoladi.
42


Yog'ochning qattiqligi — keskichning botishiga qarshilik 
ko'rsatishidir. Yog'ochning qattiqlik darajasini bilish uchun turli xil 
yog'ochlam i yorish, mix qoqish, analash. bir xil keskich bilan kesib 
ko'rish usullaridan foydalanish mumkin. Qaysi yog'ochni kesish. 
yorish, arralash, mix qoqish qiyin b o 'lsa - bu yog'och qattiq 
hisoblanadi.
M a’lumki, mixlar turli materiallardan, turli ko'rinishda va har xil 
o'lcham larda yasaladi. Y og'och qayishqoqligi sababli qoqilgan 
mixlami ushlab turadi. Yog'ochga qoqilgan mix uning tolalarmi 
taranglashtiradi, tolalar esa mixni siqadi, uning chiqib ketishiga 
qarshilik qiladi.
Yog'och bo'laklarini yopishtirish uchun ishlatiladigan yelimlar 
hayvonot yelimlari, o'sim lik va smola yelimlaridan iborat. Duradgorlik 
o'quv ustaxonalarida hayvonot yelimlai'i, xususan, suyak va kazein 
yelimlari, smoladan qilingan yelimlar k o 'p ishlatiladi. O'sim lik 
yelimlari, asosan, faner ishlab chiqarish korxonalarida ishlatiladi. 
Yelimlar quyuq eritmalar holida, smoiali yelimlar esa quruq parda 
(plyonkalar) ko'rinishida ishlatiladi. Yelim pishirish zavodlaridakazein 
va suyak yelimlari ko'pincha taxtacha (plita) ko'rinishida chiqariladi. 
Taxtacha yelimning uzunligi 150-200 mm, eni 30-100 mm, qalinligi 
10-15 mm bo'ladi. Suyak yelimi bochkagajoylab chiqariladi. Glyutinli 
yelimlar sifatiga qarab sortlarga ajratiladi. Glyutinli yelimlar qumq 
holida gigroskopik bo'ladi. Namlansa bo'kadi, qizdirilsayum shaydi va 
suyuqlanadi. Bu yelimlar suvga chidamsizligi uchun ulardan vopiq 
xonalarda turadigan buyumlami yelimlashdagina foydalaniladi. Kazein 
yelimlarining asosiy tarkibiy qismi kazein, y a ’ni y o g 'i olingan suzma 
(tvorogdan) iborat. Toza suvda kazein juda tiniq bo'ladi, lekin erimaydi 
va yelim hosil qilmaydi. Duradgorlik o'quv ustaxonalarida faqat kazein 
poroshogidan 
tayyorlangan 
va 
o'sim lik 
yelimlaridan. 
suyuq 
fenolformaldegidli yelimlardan foydalaniladi. Bu yelim quyuq shiraga 
o'xshash bir jinsli suyuqlik b o'lib, yupqa qatlamli va shaffofdir. 
Fenolfomialdegidli yelim quyidagicha tayyorlanadi: qo'shdevorli, ichi 
oqartirilgan yoki sirlangan idishga smola quyiiib, idish devorlari 
orasiga sovuq suv quyiladi, idishga atseton yoki etil spirt solinib, smola 
bilan uzluksiz aralashtirib turiladi, keyin kerosin konstanti va aralashma 
solinib, ularni 10 mi nut mobaynida qorishtiriladi.
Duradgorlik 
o'quv 
ustaxonasi 
m ashgulotlarida 
yasalgan 
buyum laming sirtini bo'yash, loklash va boshqa ishlar pardozlash
43


materiallari yordam ida bajariladi. Y og'ochni nam ta'siridan saqlash, 
rangi va tuzilishi o'zgarm asligi uchun unga yupqa qatlarnda lak-bo'yoq 
surtiladi. Bo'yoq moddalari suv, spirt, betizin, skipidar. smola va 
boshqa suyuqliklarda eritilib, colloid eritmalari hosil qilinadi va 
yog'och buyumlar bo'yaladi. Suvda eriydigan bo'yoq moddalarining 
asosli va kislotali xillari ko'proq ishlatiladi. Buyumlarga jigai' rang 
beradigan, suvdayaxshi eriydigan y o ng 'oq beysi va qizil yog'och beysi 
ana shu moddalar jum lasiga kiradi. Asosiy bo'yoq moddalari 50-70 C 
gacha isitilgan suvda yaxshi eriydi, hosil bo 'lg an eritma filtrlanadi. 
Kislotali bo'yoq moddalari dastlab ozgina sirka qo'shilgan suvga 
qoriladi. B o'yoq moddasi erigandan keyin unga alyuminiyli achchiq 
tosh solinadi. Shu komponentlar aralashtiriladi va aralashma filtrlanadi. 
Buyumlanii qanday yog'ochdan tayyorlanganiga qarab turli rangga. 
masalan, qayin bilan zarangni kulrang (kumushrang)ga, dub, buk, 
archa, qarag'ay, tilog'och va boshqa yog'ochlam i jigarrangga bo'yash 
m aqsadga muvofiqdir.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling