Texnologiya va
Download 4.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologiya va dizayn.Qurbonov B. Kurbanova G. (1) (3)
M uhokama uchun savollar
1. Y og'ochga o'yib ishlov beruvchi asboblarga nimalar kiradi? 2. Iskanalar necha turli bo'ladi? 3. Qaysi holatlarda stameskalardan foydalaniladi? 2.4. Y og‘och materiallariga ishlov beradigan qo‘l asboblarining tuzilishi va ishlash prinsipi Yog'och materiallar maxsus dastgohlarda randalar yordamida randalanadi. Randalarning tuzilishi har xil bo'lganligi sababli randalanadigan yog'och "materiallaming yuzalari bir xilda tozalanmaydi. Y og'ochni randalanish sifatiga qarab xomaki, o'rtacha va toza randalangan deyiladi. Randalar o'zining vazifasiga k o 'ra bir necha xil bo'ladi. Sherxebel. Bu randa taxtani uzunasiga va ko'ndalangiga xomaki randalashda, xususan yog ochdan qalin qatlamni olib tashlashda qo'llaniladi. Uning tig'i yoy shaklida bo'lgani uchun sherxebel randa bilan yog'ochlam i turli burchak yo'nalishida ham 'randalash mumkin. Randalash vaqtida yog'och payraha ensiz va qalin bo 'lib chiqadi. Musht randa. Musht randa sherxebl randa bilan randalangan yuzalarni tekis qilib randalash uchun ishlatiladi. Bu bir tig'li randa hisoblanib, keskichining tig 'i to 'g 'ri, ammo yog'ochlarni timamasligi uchun burchaklari sal yumaloqlangan bo'ladi. Japs randa yog'och m ateriallami tozalab silliqlash va detal yuzasini bir to 'g 'ri chiziqda yotadigan qilib randalashda, ayniqsa, detallarni bir- biriga moslashda ishlatiladi. Bu randa bir keskichli va ikki keskichli bo'lishi mumkin, randa kundasining old qism iga ust tomondan bir oz bo'rtgan silindrik quyma yelimlab yopishtirilgan bo'lib, uni bog'lash tugmasi deyiladi. Unga b o lg a urib, randa uyasidan keskichni chiqarish mumkin. Zakrov randa yordamida oyna solinadigan buyumlamirig tegishli qismlariga zakrov ochiladi. Uning tig 'i kundaga to 'g 'ri yoki o'tkir 33 burchak hosil qilib o'rnatiladi. Shunga mos holda uning tig'lari to 'g 'ri yoki qiyshiq burchakli bo'ladi. 0 ‘quv ustaxoivalaridagi m ashg'ulotlarda turli naqshdor buyumlar, masalan, ilgak yoki chok qilingan detal va buyum lar ham tayyorlanadi. Bunda naqshdor yuzalarni ishlash uchun maxsus randalardan foydalaniladi. Chok randa o'y iq va choklar ochish uchun ishlatiladi. ular to 'g 'ri va qiyshiq bo'lishi mumkin, Chok randa keskichi ustki qismining qalinligi pastki qismiga qaraganda 1 mm kichik bo'lishi lozim. Konish randa. Bu randa faner va eshik dilalari tushadigan yol ochishda ishlatiladi, Uning kundasiga vintlar o'm atilib. ularga yo'naltiruvchi taxtacha kiydiriladi. Ochiladigan konishning eni qanday bo'lishiga qarab, har xil qalinlikdagi faner va dilalarga moslab randaga enlik va ensiz tig 'lar o'rnatiladi. Har qanday randa, asosan, tig', kunda va ponadan iborat. Parmalash - materiallarda uya va teshiklami ochish demakdir. Bunda kesish asbobi sifatida parmalar xizmat qiladi. Parmalarning quyidagi turlari mavjud Spiralsimon parma. Uning ish qism ida ikkita spiral ariqcha bo'lib, ular kesuvchi qirrani hosil qiladi. M etallami teshishda, asosan, ana shu parmadan foydalaniladi. Perosimon parma. Bu ham oddiy parma bo'lib, uning keskich qismi peroga o'xshashdir. Q oshiq parma. Bu parm a tarnov shaklida bo lib, pastki qismida pero bor. Pero yordam ida parma yog'ochga kirib boraveradi. M arkazlovchi parma. Bu parm aning pastki qismi kurakcha shaklida bo'lib, uchburchak shaklidagi gorizontal keskich bilan tugaydigan sterjendan iborat. Shunday parmalar bilan diametri 12- 15 mm gacha bo'lgan uyalami teshiklami ochish mumkin. Parmalardan maxsus parmalash moslamalariga o'm atilgan holda foydalaniladi. Ular odatda qo l parmalari va parmalash stanoklari deyiladi, Q o ‘1 parmasi yoki kolovorot otvyortka va uchliklami aylantirish uchun xizmat qiladigan moslamadir. Ochiq teshiklar o'yishda parmalash oxirida bosimni biroz kamaytirish kerak, aks holda yog'och sinishi yoki parma tiqilib qolishi mumkin. Parmalashdan oldin parmalanadigan joyda iz hosil qilib olish kerak. Uya va teshiklam i tez, k o 'p va sifatli qilib ochishda, ularga 34 ishlov berishda parmalash stanoklari ishlatiladi. Parmalash stanoklari gorizontal hamda vertikal parmalash stanoklariga bo linadi. ulaming bir shpindelli va k o ‘p shpindelli xillari mavjud. Parmalash qurilmasi yoki parmalash stanoklarida ishlash vaqtidakiyim va yenglar tugmasini qadash. detalni q o id a tutib parmalamaslik, qirindini qo‘ldayoki puflab tozalamaslik, harakatlanayotgan shpindelni qo 'ld a to'xtatm aslik kerak. Download 4.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling