Texnologiya
Download 1.18 Mb.
|
Amaliy mashg'ulot Uslubiy KORSATMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ter m o e l e k tr ter m o m etr la r v a q a r s h i l
Gazli termometrlar. Gazli termomatrlarning ishlash prinsipi temperatura
ta’sirida gaz hajmining va uning bosim kuchining ortishiga asoslangan. 86-rasmda ana shunday gazli termometrlardan birining sxemasi berilgan. Rasmdan ko‘rinadiki, C idishdagi gazning hajmi temperatura ko‘tarilishi bilan ortadi va uning B idishdagi suyuqlikka bosim kuchi ham ortadi. Buning natijasida suyuqlik A shisha naycha bo‘ylab yo‘qoriga ko‘tariladi, bu naycha ta’sir etuvchi bosim kuchiga proporsional ravishda Selsiy shkalasida gradiurovkalangan. Shkala bo‘yicha temperatura qiymatini bevosita aniqlab olish mumkin. 86-rasm. Gazli termometrning sxemasi. Manometrik termometrlar. Bu asboblar moddalar hajmi o‘zgarmas bo‘lganda temperatura o‘zgarishi bilan bosimning o‘zgarishiga asoslangan. Manometrik termometrlarning ishlash prinsipi yopiq hajmdagi gaz, suyuqlik va to‘yingan bug‘lar bosimining temperaturaga bog‘liq ravishda o‘zgarishiga asoslanadi. Ushbu termometrlar portlash xavfi mavjud chiqarishlarda keng qo‘llaniladi. bo‘lgan ishlab Konstruktiv jihatdan termometr nazorat qilinayotgan muhitga botiriladigan termoballon 1, bosimni о‘lchovchi manometr 3 va termoballon bilan manometrni bog‘lab turuvchi kapillyar 2 dan tashkil topadi (87-rasm). Bunday termometrlar - 200 dan 600 °C gacha bо‘lgan temperaturalarni о‘lchash uchun ishlatiladi. 87-rasm. Маnometrik termometrning umumiy sxemasi: 1-termoballon; 2-kapilyar; 3-manometr. Gazli manometrik termometrlar -200 dan 600 °C gacha intervaldagi temperaturalarni о‘lchash uchun qо‘llaniladi. Quyi о‘lchash chegarasi -200 dan +200 °C gacha bо‘lgan intervaldan, yuqori chegarasi esa 50 dan 600 °C gacha bо‘lgan intervaldan tanlanadi. Termometr temperaturai o‘lchanadigan muhitga tushurilgan termoballondan 1, kapillyardan 2 va manometrik prujinadan 3 va korpus 4 dan iborat (88-rasm). Tо‘ldiruvchi modda sifatida geliy (past temperaturalarda), azot (о‘rta temperaturalarda) yoki argon (yuqori temperaturalarda) ishlatiladi. Atrof-muhit havosi temperaturaining о‘zgarishi kapillyardagi ishchi modda va manometrik prujinaning kengayishiga ta’sir kо‘rsatib, termometrning kо‘rsatishi va bosimni о‘zgarishiga olib keladi. Ushbu ta’sirlarni kamaytirish maqsadida prujina kapillyarning ichki hajmini temoballonning hajmiga nisbati kamaytiriladi, buning uchun termoballonning uzunligi va diametri oshiriladi. Gazli termometrlarning aniqlik sinfi 1 yoki 1,5 bо‘ladi. Ular kо‘rsatuvchi yoki о‘ziyozar qilib, ba’zi hollarda qо‘shimcha qurilmalar bilan ta’minlangan holda ishlab chiqariladi. 88–rasm. Gazli manometrik termometrning umumiy ko‘rinishi. Bimetall termometrlar. Ushbu termometrlarning ishlash prinsipi turli kengayish koeffitsiyentlariga ega bо‘lgan (bimetall) metallardan tayyorlangan ikki plastinalarning temperatura о‘zgarishiga bog‘liq tarzda bukilishiga asoslanadi. Bimetall plastinalar ikkita turli о‘lchash elementlari: 1) yassi elementli; 2) spiralsimon (yoki vintsimon) prujina asosida quriladi (89-rasm). Temperatura о‘zgarishi bilan bimetall plastinalarning mexanik deformatsiyalanadi. Kо‘rsatish diapazoni 1 yoki 2,5 aniqlik sinfi bilan о‘lchaganda -70 va 600 °C orasida yotadi. Bimetall termometrlarning ishlash prinsipini quyidagi 90-rasmda keltirilgan sxema orqali tushuntirib berish mumkin. Bunda turli jinsli ikki metalldan tayyorlangan bimetall plastinkalar bo‘ylab elektr toki o‘tkazilganda ular issiqlik ta’sirida kengayadi. Pastki qora rangli metallning issiqlikdan kengayishi darajasi yuqoridagi plastinkaga nisbatan kattaroq bo‘lib, natijada bu plastinkalarning tutashish elementi tomonga egilishiga u bilan tutashishga olib termometrlar signalisatsiya tizimida keng qo‘llaniladi. keladi. Bu turdagi 89-rasm. Bimetall termometr sxemasi: a- yassi elementli; b – spiralsimon elementli. 90-rasm. Bimetall termometrlarning ishlash prinsipi sxemasi. 91-rasmda bimetall termometrning umumiy ko‘rinishi ifodalangan. 91-rasm. Bimetall termometrning umumiy ko‘rinishi. Termoelektr termometrlar va qarshilik termometrlari. Temperaturani о‘lchashning termoelektr usuli termoelektr termometr (termopara) termoEYUK ni temperaturaga bog‘liqligiga asoslangan. Termopara ikkita xar xil metall о‘tkazgich (termoelektrod)dan tashkil topgan. Termoparaning ishlash prinsipi ikki xil metallar ulangan nuqtadagi temperatura о‘zgarganda, metallarning alohida uchlaridagi termoEYUK о‘zgarishiga asoslangan. Termoparaning ikkita metall uchlari kavsharlangan uchi “issiq” ulanma, erkin uchlari “sovuq” ulanma deyiladi (16-rasmga qarang). A va B о‘tkazgichlar termoelektrodlar deyiladi. Temoparada hosil bо‘ladigan EYUK ga termoEYUK deyiladi. TermoEYUK xosil bо‘lishining sababi erkin elektronlar zichligi kо‘proq metalning erkin elektronlar zichligi kamroq metalga diffuziyasi bilan izohlanadi. Termoparaning “issiq” ulanmasi elektronlari qiziganda ularning harakat tezligi, “sovuq” ulanmaning elektronlari tezligiga nisbatan ortadi. Termoparaning “sovuq” ulanma uchlariga manfiy zaryadlar, “issiq” ulanma uchlariga musbat zaryadlar tо‘plana boshlaydi. Bu potensiallarning farqi termoparaning termoEYUKni tagkil qiladi. Tarkibiga elektr qarshilikni temperaturaga bog‘liqligi asosida ishlovchi termoо‘zgartirgich va о‘lchanayotgan qarshilikdan kelib chiqqan holda temperaturaning qiymatini kо‘rsatuvchi ikkilamchi asboblarni mujassamlashtirgan temperatura о‘lchash komplektiga qarshilik termometri deyiladi. Temperaturani о‘lchash uchun qarshilik termoо‘zgartirgichini temperaturai о‘lchanayotgan muhitga tushirish va biror bir asbob bilan uning qarshiligini о‘lchash lozim. Qarshilik termoо‘zgartirgichi va temperatura о‘rtasidagi ma’lum bog‘liqlikka kо‘ra temperaturani qiymatini aniqlash mumkin. Demak, qarshilik termometrining sodda komplekti (92-rasm, a)qarshilik termoо‘zgartirgichi (QT), qarshilikni о‘lchovchi ikkilamchi asbob (IA) va ularni о‘zaro bog‘lab turuvchi bog‘lash о‘tkazgichi (BО‘) dan (bog‘lash о‘tkazgichlari ikki, uch yoki tо‘rt ztkazgichli bо‘lishi mumkin) tashkil topadi. Me’yorlashtirilgan chiqish signalli termoо‘zgartirgichlarning sxemasi keng qо‘llaniladi (92-rasm, b). 92-rasm. Qarshilik termometrlarining sxemalari: a-ikkilamchi asbobli termoqarshilik; b-meyorlashtiruvchi о‘zgartirgichli termoqarshilik; QT – qarshilik termoо‘zgartirgichlari; IA, IA1, IA2 – ikkilamchi asboblar; AL – aloqa liniyalari; MО‘ – meyorlashtiruvchi о‘zgartirgich; TB – tokli signallarni tarqatish bloki. Qarshilikli termoо‘zgartirgichlarni tayyorlashda sof metallar yoki yarimо‘tkazgichlar ishlatiladi. Sof metallar (masalan, platina, mis) ning elektr qarshiligi temperatura ortishi bilan oshib boradi (ularning temperatura koeffisiyenti 0,0065 K-1 ga yetadi, ya’ni temperatura bir gradusga oshganda qarshilik 0,65 % ga ortadi). Yarimо‘tkazgichli qarshilikli termoо‘zgartirgichlar 0,15 K-1 gacha tushib ketuvchi manfiy temperatura koeffisiyentiga ega (ya’ni temperatura ortishi bilan qarshilik kamayadi). Ishnochligi yuqori va о‘lchami (gabariti) kichik bо‘lganligi uchun yarim o‘tkazgichli termistorli termometrlardan keng foydalaniladi. Bunda datchik sifatida MMT, ДBС va ДАС tipli tormoqarshiliklar – termistorlardan foydalaniladi. Bu termistorlarning elektrik qarshilishgi temperaturaning oshishiga bog‘liq holda kamayadi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling