Texnologiyalar va pedagogik mahorat


Download 5.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/188
Sana13.11.2023
Hajmi5.1 Mb.
#1769758
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   188
Bog'liq
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Azizxo jayeva N.N

Pedagogika predmeti 
— maxsus institutlarda (oila, ta’lim va tarbiya
madaniyat muassasalari) maqsadga muvofiq tashkil etiladigan real, yaxlit 
pedagogik jarayon.
Pedagogik jarayon 
— ta’lim masalalari, uning taraqqiyotini hal qilishga 
qaratilgan, maxsus tashkil etilgan pedagog va tarbiyalanuvchilaming maqsadli 
o‘zaro munosabatlari.
Pedagogik jarayon tamoyillari 
— pedagogik faoliyatni tashkil etishning 
asosiy talablari bo‘lib, u pedagogik jarayonning yo‘nalishini ko‘rsatadi va 
uning qonuniyatlarini ochib beradi.
Pedagogik ixtisoslik 
— ta’lim natijasi o‘laroq bilim, malaka va ko‘nikmalar 
majmuidan iborat bir kasbiy guruh doirasidagi faoliyat turi.
Pedagogik ixtisoslashish 
— pedagogik ixtisoslik doirasidagi faoliyatning 
bir turi.
Pedagogik malaka 
— muayyan toifadagi vazifalami hal qilish imkoniyatiga 
ega bo‘lgan mutaxassisning kasbiy pedagogik tayyorgarligi darajasi.
Pedagogik masala 
— pedagogik jarayonning asosiy birligi, o‘ziga xos 
tizimidir. U voqelikni bilish va qayta yaratish zaruriyati bilan bog‘liq tafakkur 
qilinadigan pedagogik vaziyat hamda ta’lim qatnashchilarining ma’lum bir 
maqsadini ko‘zlagan ta’lim va tarbiyadagi moddiylashtirilgan vaziyat 
xisoblanadi.
Pedagogik mahorat 
U pedagogik jarayonni bilish, uni tashkil eta 
olish, harakatga keltira olish (A.S. Makarenko), hamda pedagogik jarayonning 
yuqori samaradorligini belgilovchi shaxsning ish sifati va xususiyatlari sintezidir.
Pedagogik muloqot 
— ta’lim oluvchilaming maqsadlari hamda ulaming 
birgalikdagi faoliyatlari mazmunidan kelib chiqadigan o‘zaro aloqalami 
o‘rnatish va rivojlantirishni, bir-birini anglash va qo‘llab-quwatlashni tashkil 
etishning ko‘p qirrali jarayoni.
Pedagogik takt 
— bolalar faoliyatining turli doiralarida ular bilan
154


muloqotda bo‘lishning pedagogik tamoyili, o‘lchovi hamda o‘quvchilar bilan 
ulaming shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda to‘g‘ri muloqotda bo‘la 
olish malakasi.

Download 5.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling