ko‘nikmalarini o‘stirishga qaratilgan harakatlari.
Maqsad
— faoliyat natijasini oldindan fikran belgilash.
Maqtov
— foydali ish
qilgan shaxs va yoki, jamoani og'zaki taqdirlash.
Menejment
— sotsial, shuningdek, ta’lim
jarayonlarini boshqarish
tamoyillari, metodlari, vositalari va shakllari majmuasi.
Metod
— 1) tabiiy va ijtimoiy hayot hodisalarini tadqiq qilish,
bilish
usuli; 2) harakat qilish usuli, tarzi.
Metodika — biror ishni tashkil qilishda maqsadga muvofiq qo‘llanadigan
metodlar.
Metodologiya
— 1) dunyoni ilmiy bilish metodi haqidagi ta’limot; 2)
biror fanda, shu jumladan pedagogikada qo‘llaniladigan metodlar.
Mifologiya
- Qadimgi
dunyo xalqlarining dunyo, tabiat hodisalari,
ularning paydo bo‘lishi hamda, xudolar va qahramonlar haqidagi rivoyatlari,
afsonalari. Bu afsonada qadimiy xalqlarning dunyo xamda xudolar haqidagi
ibtidoiy tasawurlari aks etgan bo‘ladi.
Motiv
— kishining ma’lum ehtiyojlami qondmsh uchun asos bo‘ladigan
kishining ichki faoliyat mazmuni.
Motivatsiya
— shaxsni faol xatti-harakatlarga undovchi sabablar, asoslar
to‘plami bo‘lib, u ayni zamonda kishi xulqini
fiziologik va psixologik
boshqarishning dinamik jarayonini ham bildiradi. U faoliyatning yo‘nalishi,
faolligi, uyg‘unligi hamda turg‘unligini belgilaydi.
Muammoli o‘qitish
- o‘quv mashg‘ulotini tashkil etish shakli bo‘lib,
unda pedagog rahbarligida muammoli vaziyat yuzaga keltiriladi va uning hal
qilinishida ta’lim oluvchilar faol mustaqil harakat qiladilar.
Muammoli vaziyat
- o‘quv vaziyati bo‘lib,
u mashaqqat bilan hal
qilinadigan masala tufayli yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: