tovar
shaklidan
pul
shakliga
aylantirish
funktsiyasi. Tovarni ishlab chiqarish uchun mehnat sarflanadi, ishlab chiqarish
uchun mehnat sarflanadi, shu mehnat qiyomatni shakllantiradi. Qiymat ish kuchi
va moddiy resurslar sarfidan iborat. Tovar bozorga chiqishiga qadar mehnat
moddiy shaklda (masalan, ovqat, kiyim, stanok, yoqilg’i va hokazo) bo’ladi,
bozorda sotilgan, undagi mehnat ma’lum miqdordagi pulga aylanadi, ya’ni tovar
o’zining pul ekvivalentini topadi (ekvivalent-miqdoriy tenglik) va qiymat pul
shakliga kiradi. 3.Ishlab chiqarishni yangilashga shart-sharoit hozirlash
funktsiyasi. Korxonalar bozordan o’zlariga kerakli resurslar topadilar, stanoklar,
xom ashe, yoqilg’i, har xil materiallar xarid etadilar. Ular mehnat (ish kuchi)
bozoridan ishchilarni yollab ishlatadilar, bozordan kerakli axborot va har xil ishlab
chiqarish uchun zarur xizmatlarni ham topadilar. Bu resurslarning iste’moli esa
ishlab chiqarishning yangidan boshlanishini bildiradi. 4.Iqtisodiyotni tartiblash
funktsiyasi. Bu vazifani bozor imexanizmi bajaradi. «Nimani qancha ishlab
chiqarish kerak?» degan savolga bozor javob beradi. Tovarlarni bozorda chaqqon
o’tishi yoki kasodligi, tovarning qimmatlashuvi yoki arzonlashuvi, ularning
qanchalik kerakli yoki zarur emasligini ko’rsatadi. Bozor barometr singari
iqtisodiyotdagi «ob-havodan» darak beradi. Tovar o’tmasa, demak, u kerak emas,
uni ishlab chiqarish to’xtatiladi. Tovarchaqqon sotilsa va yaxshi foyda olinsa, uni
ishlab chiqarish o’sadi. Tovar mo’ljallangan narxdan arzonroq narxda, lekin yaxshi
sotilsa, bu tovarga ketgan sarf-harajatlarni kamaytirish zarurligini anglatadi. Bozor
mexanizmi bamisoli qo’l singari iqtisodiyotni u yoki bu tomonga burib turadi.
Bozor o’ziga xos strukturaga ega bo’lgan murakkab tizimdir. Va bu Milliy bozorni
shakllantirishda turli muommolarni yuzaga keltiradi. Demak, bu ilmiy ishimizda
O’zbekistonda milliy bozorni shakillantirish va rivojlantirishdagi muammolarini
yortib ularga yechim izlaymiz.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |