Texnologiyalar yo’nalishi kurs ishi mavzu: O’zbekistonda milliy bozorni shakillantirish va rivojlantirish muammolari


Download 226.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana10.04.2023
Hajmi226.37 Kb.
#1349353
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Ergashev A

miqyosiga 
ko’ra quyidagilarga
taqsimlanadi:

davlat va tarmoq standartlari va talablari asosida belgilangan normativlar;

umumkorxona normativlari, ya’ni korxonaning o’zida ishlab chiqilgan va
qo’llanuvchi normativlar;

tsex normativlari;


16

predmetli, detalli va operatsion normativlar.
Normalashtirish obyektlariga ko’ra normativ asoslari mehnat, moddiy, texnik va
moliyaviy resurslarga taqsimlanadi.
Normativ asoslari ishlab chiqarishni rejalashtirish va bashorat qilish uchun
boshlang’ich nuqta bo’lib xizmat qiladi. U ishlab chiqarish xarajatlarini va
chiqarilayotgan har bir mahsulot tannarxini aniq va bexato belgilashga imkon
beradi.
Umuman olganda norma va normativlar birinchidan, resurslarning ortiqcha
sarflanishi oldini olish, ikkinchidan, korxonaning belgilangan ish tartibini
ta’minlash, uchinchidan chiqarilayotgan 
mahsulotning 
belgilangan
tavsifnomalardan chetga chiqishining oldini olish, to’rtinchidan atrof-muhitni
muhofaza qilish va normal mehnat sharoitlariga rioya qilish, beshinchidan esa
korxona faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilish uchun ma’lumotlar to’plamini
yaratish maqsadida ishlab chiqiladi va belgilanadi.
Normativ asoslarini yaratish bo’yicha ishlar uni ishlab chiqish joyi va qaysi idora
yoki bo’lim tomonidan ishlab chiqilishidan qat’iy nazar, ishlab chiqarish
iqtisodiyoti, texnika va texnologiyalaridan yaxshi xabardor bo’lgan mutaxassislar,
professional (malakali) normativ guruhlari zimmasiga yuklatilishi lozim. Malakali
va asoslangan tarzda ishlab chiqilgan norma va normativlar hayot davri uzoq
bo’lib, ular o’zgarishlarga kamdan-kam uchraydi. Shunday bo’lsada, yuqorida
aytib o’tilganidek, eng yaxshi norma va normativlar ham vaqt o’tishi bilan fan-
texnika taraqqiyoti va ilg’or ishlab chiqarish tajribalari ta’siri ostida qayta ko’rib
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ekt o‘z
faoliyatini amalga oshirishda ma’lum bir darajadagi moliyaviy faoliyatni amalga
oshiradilar. Ushbu soha faoliyat turlarini to‘g‘ri tashkil etish, korxonalarning
mahsulot (ish, xizmat)larning sotilishi hisobi, moliyaviy natijalar tahlili hamda
ularning foydaliligini oshirish yo‘llari bugungi kunda eng dolzarb masalalardan
biri sifatida ko‘zga tashlanadi.


17
Jahonda yuz berib turgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida har bir
korxona o‘zining moliyaviy faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishi, tadbirkorlik faoliyati
rivojlantirishida olib borilayotgan islohotlarning izchil amalga oshirilayotgani,
ushbu global inqirozdan chiqish omili sifatida qarashimiz mumkin.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotlarni to‘g‘ri va ishonchli tarzda
tuzish davlat budjeti daromadlarining shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lib
hisoblanadi. Bu borada Birinchi Prezidentimizning fikr-muloxazalari dikkatga
sazovordir: «Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish,
erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya
qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur o‘ylangan
siyosat bizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qiladigan
kuchli to‘siq, aytish mumkinki, mustahkam va ishonchli himoya vositasini yaratdi.
Mamlakatimiz bo’yicha yirik korxonalarni ham qo’shganda, jami 240 ta korxona
bankrot deb elon qilindi. Ayni paytda ularning 154 tasi yangi mulkdorlarga sotildi,
86 tasi esa tijorat balansiga o’tkazildi, 70 ta iqtisodiy nochor korxonalar ishlab
chiqarish to’liq qayta tiklanib, istiqbolli sarmoyadorlarga tortildi, qolganlarida
moliyaviy sog’lomlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Bu borada ko’rilgan chora tadbirlar mamlakatimiz iqtisodiyotini ortiqcha
yukdan xolos qilish, byudjet va ish haqi bo’yicha umumiy miqdori 1 trillion so’m
kreditorlik qarzini uzish bankrot korxonalar negizida 100 dan ortiq yangi turdagi
ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, qo’shimcha ravishda 17 mingdan ortiq
ish o’rni yaratish imkonini berdi.
Xozirgi kunda kichik biznes subyektlari yalpi ichki mahsulotning qariyb 87
foizini ishlab chiqmoqda. Xolbuki, bu ko’rsatkich 2016 yilda 50 foizni tashkil
etgan edi. Bunday natija, birinchi navbatda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
davlat tomonidan doimiy qo’llab-quvvatlanayotgani samarasidir.
2018 yilda kichik sanoat korxonalari yagona soliq to’lovi 8 foizdan 7 foizgacha
pasaytirildi, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa qayd etilgan soliq miqdori
o’rtacha 1,3 barobar kamaytirildi.


18
Milliy iqtisodiyot – barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro- va makrodarajadagi
iqtisodiyotlarni, funksional iqtisodiyotni, ko‘plab infratuzilmalarni o‘z ichiga olgan
yaxlit iqtisodiyotdir. Milliy xo‘jalikning tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mehnat
taqsimoti rivojining natijasi hisoblanadi.
Makroiqtisodiy jihatdan qaralganda milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi
mamlakatda mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish resurslari; ularning ijtimoiy mehnat
taqsimoti asosida ajralib chiqqan iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasidagi taqsimot hajmi;
mazkur sub’ektlar ishlab chiqarish hajmlari, milliy mahsulotni ishlab chiqarish,
taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonlarida shakllanuvchi tarkibiy
qismlari o‘rtasidagi munosabat sifatida namoyon bo‘ladi. Milliy iqtisodiyotning
tarkibiy tuzilishini sodda ko‘rinishda quyidagi 1-chizma orqali tasvirlash mumkin.
1
Milliy iqtisodiyot me’yorida faoliyat qilish va barqaror o‘sishi uchun barcha
tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi va muvozanatli
rivojlanishi talab qilinadi. Milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilmasining shakllanishida
quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: mavjud bozor kon’yunkturasi, bozorlar sig‘imi
va monopollashuv darajasi, mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki,
ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi, fan-texnika taraqqiyotining
miqyoslari, tavsifi va rivojlanish sur’atlari, ishlab chiqarish resurslarining sifati,
hududlarning yer maydonlari va infratuzilma ob’ektlari bilan ta’minlanganligi,
ekologiya holati.


19

Download 226.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling