Texnologiyalar yo’nalishi kurs ishi mavzu: O’zbekistonda milliy bozorni shakillantirish va rivojlantirish muammolari


O’zbekistonda milliy bozorni rivojlantirish muommolari va ularni


Download 226.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana10.04.2023
Hajmi226.37 Kb.
#1349353
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Ergashev A

3.O’zbekistonda milliy bozorni rivojlantirish muommolari va ularni
bartaraf etishdagi vazifalar
O‘zbekiston rivojlanayotgan mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalar toboro
kengayib bormoqda. Respublikamiz bu mamlakatlarga faqat qishloq xo‘jalik
maxsulotlarigina emas, balki anchagina miqdorda sanoat maxsulotlarini ham
chiqaradi. Bu maxsulotlar orasida o‘rug‘lik chigit, pila, ip va tabiiy ipak
gazlamalar, paxta moyi, dori-darmonlar, buyan ildizi, meva konservalar, tomat
pastasi 
va 
xakozalar 
ulushi 
ancha 
kattadir.Respublikamiz 
rivojlangan
mamlakatlardan turli mashina va zamonaviy sanoat uskunalari oladi. Fransuz
firmalari uysozlik kombinatlari qurish hamda Toshkent shampan sharobi zavodi
uchun, Toshkent tamaki fabrikasi uchun jixozlar yubordilar. Shvesiyada Toshkent
shaxarlararo avtomat – telefon stansiyasi uchun jixozlarining bir qismi olindi.
Italiyadan Chirchiq kaprolaktam zavodi uchun kerakli jixozlar olindi.
Respublikamiz iqtisodiyoti, fan va texnikasining tez rivojlanib borishi
O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarda yanada keng ko‘lamda qatnashishiga
zamin yaratadi.Mustaqil O‘zbekistonda xorijiy mamlakatlar ko‘rgazmalari
o‘tkazilmoqda. Respublikamizda 1991 yili Yaponiya (Chori firmasi), Xindiston,
Bangladesh kabi mamlakatlar sanoat maxsulotlari ko‘rgazmalari o‘tkazdilar.
Bunday tadbirlarO‘zbekistoning xorijiy mamlakatla bilanaloqasinikengaytirmoqda.
Halqaro turizmni yanada rivojlantirish uchun O‘zbekistonda keng
imkoniyatlar mavjud. O‘zbekistonnig chet mamlakatlar bilan madaniy aloqalar
halqlarning ma’naviy va ma’daniy boyliklarini rivojlantirishga munosib xissa
bo‘lib qo‘shilmoqda.O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyodagi eng
yirik savdo-iqtisodiy sherigi hisoblanadi. 1994 yil oktabrda O‘zbekiston bilan
Yevropa Ittifoqi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi va Bryusselda,
Yevropa Ittifoqi xuzurida O‘ZR diplomatik vakolatxonasi ishlay boshladi. 1995
yilda Yevropa Ittifoqi bilan O‘zbekiston o‘rtasida sheriklik va hamkorlik
to‘g‘risida bitim tuzish bo‘yicha bir necha marta muvaffaqiyatli muzokaralar


20
o‘tkazildi.
Bu bitim Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar va O‘zbekiston o‘rtasida iqtisodiy,
savdo, ilmiy-texnikaviy, madaniy-ma’rifiy aloqalar uchun keng imkoniyatlar ochib
beradi. O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida to‘qimachilik maxsulotlari
savdosi bo‘yicha bitim tuzilgan. O‘zbekistonda Yevropa Ittifoqining “Ta’sis”
texnikaviy ko‘maklashish dasturlari muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. O‘zbekiston
eksportining asosiy maxsulotlari: paxta tolasi (1994 yilda paxta tolasi eksporti
bo‘yicha jaxonda AQShdan keyingi 2-o‘rinni egalladi), mashinalar, ularga jihozlar
va ehtiyot qismlar, rangli va qora metallar, mineral xom ashyo, o‘g‘it, pilla, paxta
chiqindilari, o‘simlik moyi, ip gazlama.O‘zbekistonda 30dan ortiq mahsulot turi
chetdan keltiriladi. Bo‘g‘doy, go‘sht va sutmahsulotlar, sut va sut mahsulotlari,
sariyog‘, shakar, moyli o‘simliklar urug‘lari va mevalar, choy, kofe,
shirinliklar, kartoshka, farmasevtika mahsulotlari, kiyim-kechak, trikotaj, charm,
poyabzal, avtomobillar (yengil, yuk va maxsus ishlarga mo‘ljallangan), qora va
rangli metallar hamda ulardan yasalgan mahsulotlar, teleradio apparatura,
mashinalar uskuna jihozlar importining asosiy bandlarini tashkil etadi.Mamlakat
chetdan oladigan jami tovarlarning 18.2%dan ko‘prog‘ini oziq-ovqat mahsulotlari
tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlarining qaror topishi darajasiga qarab
Respublikaning oziq-ovqat mahsulotlariga ehtiyojlari mamlakatning o‘zida ishlab
chiqarilgan mahsulotlar hisobiga qondirilishining 
uzoq 
muddatli rejasi
belgilangan.Respublika 
uchun 
xorijiy 
sarmoyadorlarni 
iqtisodiyotini
barqarorlashtirish va yanada rivojlantirish dasturini amalga oshirishga jalb qilish,
chet ellik tadbirkorlar va xalqaro tashkilotlar bilan ishlab chiqarish sohasida qisqa
vaqtda foyda ko‘rib ishlashni ta’minlaydigan loyihalarni amalga oshirish uchun
investisiya fondini tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Yuqoridagilarni hammasi
mustaqil davlatimizning tashqi bozoriga faol kirib borish, xorijiy sheriklar bilan
hakorlikni yo‘lga qo‘yish, jahon hamjamiyatiga integrasiyalanish imkoniyatlari
yaratildi.
Tashqi 
iqtisodiy 
faoliyatni 
davlat 
tomnidan 
boshqarilishi.
O`zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab jahon tajribasini


21
hamda milliy iqtisodiyot rivojlanishning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan
holda 
o`z 
tashqi 
iqtisodiy 
faoliyatini 
amalga 
oshirishini 
bildiradi.
Mamlakat taraqqiyotining har bir bosqichida uning o`z oldiga qo`ygan vazifalari
mavjud bo`lib, davlatning iqtisodiy siyosati bu vazifalarni bajarilishiga
qaratilmog`i kerak. 90-yillar O`zbekiston iqtisodiy mustaqilligining dastlabki
bosqichi hisoblanadi va davlat tashqi iqtisodiy siyosatining maqsadlari shu
davrning o`ziga xos xususiyatlariga mos kelishi kerak. Ular orasida eng muhimlari
quyidagilar:
>eksportni rivojlantirish va uning tuzilishini yaxshilash. CHunki eksportga
yo`naltirilgan iqtisodiyotini shakllantirish milliy ishlab chiqarishni texnik iqtisodiy
jihatdan jahon darajasiga ko`taradi., uning tuzilishini takomillashtiradiYU,
respublika valyuta zahiralarini ko`paytiradi;
> import tuzulishini takomillashtirish, ya`ni uni milliy ishlab chiqarishni
zamonaviylashtirish va kengaytirishga qaratish, sobiq ittifoq import siyosatida
bo`lgan kamchilik, xatolarni bartaraf etish;
>O`zbekistonning iqtisodiy xavfsizligini ta`minlash, ya`ni ma`lum darajada tashqi
iqtisodiy faoliyatda eksport-import operatsiyalari, valyutani olib chiqish, boshqa
xalqaro bitimlar ustidan davlat nazoratini o`rnatish.
O`zbekistonning tashqi iqtisodiy siyosati aniq belgilangan maqsadlar va ularni
amalga oshirishga qaratilgan asosiy tadbirlarni o`z ichiga oladi. Birinchidan,
respublika milliy iqtisodiyotining kuchli eksport bo`g`inini tashkil etuvchi va uni
jahon bozorida munosib o`ringa ega bo`lishini ta`minlovchi sohalarini aniqlash.
Ikkinchidan, iqtisodiyotning eksport bo`g`inida davlat tomonidan qo`llab-
quvvatlash usullaridan keng foydalanish. Bu usullar quyidagilardan iborat:


22
> eksportga yo`naltirilgan ishlab chiqarishni kengaytirish uchun imtiyozli foizlar
bo`yicha ko`p muddatli kreditlar ajratish, mo`ljallangan investitsiyalarni
sug`urtalash;

Download 226.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling