Texnologiyalar yo’nalishi kurs ishi mavzu: O’zbekistonda milliy bozorni shakillantirish va rivojlantirish muammolari


> eksport qiluvchilarga milliy ishlab chiqarish va uning xorijiy raqobatchilar ishlab chiqarishi xarajatlari o`rtasidagi farqni qoplash; >


Download 226.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana10.04.2023
Hajmi226.37 Kb.
#1349353
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Ergashev A

> eksport qiluvchilarga milliy ishlab chiqarish va uning xorijiy raqobatchilar ishlab
chiqarishi xarajatlari o`rtasidagi farqni qoplash;
> davlat tomonidan respublikaga ilg`or texnalogiyalar, tajribalar, bilimlarni kirib
kelishiga subsidiyalar ajratish;
> eksport va importni litsenziyalash yoki chetga mol chiqarishga va chetdan uni
olib kelishga ruxsatnomalar berish;
> ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi, xorijdan keltiriladigan xom ashyo va
materiallar, asbob uskunalar va jihozlar ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish
va boshqalar.
Shu bilan birga, tashqi iqtisodiy siyosat milliy valyutani mutahkamlash va uni
boshqa valyutalarga erkin almashuvini ta`minlashni, ichki narxlarni jahon bozori
narxlariga yaqinlashtirish maqsadida baholar islohatini tugallashni, tashqi iqtisodiy
faoliyatning me`yoriy va huquqiy asoslarini xalqaro talablar darajasiga etkazishni
nazarda tutadi.
O`zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyat ikki yo`nalishda olib borilmoqda:
birinchidan, sobiq ittifoqdosh respublikalar bilan; ikkinchidan, respublika ilgari
bevosita o`zaro munosabatlarda bo`lmagan xorijiy davlatlar bilan.
Agar birinchi yo`nalish, O`zbekistonni kam xarajatlar sarflab, keng ko`lamda xom
ashyo, tayyor mahsulotlar, texnalogiyalar, fan-texnika axborotlari bozoriga kirib
borishini ta`minlasa, unga qudratli transport tarmoqlari va aloqa vositalaridan
foydalanish imkoniyatini yaratsa, ikkinchi yo`nalish, respublika iqtisodiyotini keng
ravishda jahon hamjamiyatiga birlashuvining iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy
asoslarini yaratish imkonini beradi..


23
Milliy daromadning bir qismi,jumladan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar,
korxona foydasidan to‘lanuvchi soliqlar va korxonaning taqsimlanmaydigan
foydasi amalda uy xo‘jaliklari qo‘liga kelib tushmaydi. Aksincha, uy xo‘jaliklari
oladigan daromadning bir qismi,masalan, ijtimoiy to‘lovlar – ular mehnatining
natijasi hisoblanmaydi.
Shaxsiy daromad ko‘rsatkichini topish uchun milliy daromaddan uy
xo‘jaliklari qo‘liga kelib tushmaydigan daromadlarning yuqoridagi uchta turini
chiqarib tashlashimiz hamda joriy mehnat faoliyatining natijasi hisoblanmagan
daromadlarni unga qo‘shishimiz zarur.
Shaxsiy daromaddan soliqlari to‘langandan keyin, uy xo‘jaliklarining to‘liq tasarrufida
qoladigan daromad shakllanadi.
Soliqlar to‘langandan keyingi daromad shaxsiy daromaddan shu daromad
hisobidan to‘lanadigan soliqlar miqdorini chiqarib tashlash yo‘li bilan hisoblanadi.
Soliqlar to‘langandan keyingi daromad uy xo‘jaliklari eng oxirida ega bo‘ladigan
daromad hisoblanib,alohida shaxs va oilalar o‘z tasarrufida bu daromadlarning bir
qismini iste’mol uchun sarflaydi va boshqa qismini jamg‘armaga yo‘naltiradi.
Milliy mahsulot hajmining aniq baholanishiga hufyona iqtisodiyot ta’sir
ko‘rsatadi. Xufyona iqtisodiyot - bu tovar-moddiy boyliklar va xizmatlarning
jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan harakati, ya’ni davlat boshqaruv
organlaridan yashirin holda alohida fuqarolar va ijtimoiy guruhlar o‘rtasida amalga
oshiriluvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardir. Bu munosabatlar o‘z ichiga
iqtisodiy faoliyatning barcha hisobga olinmagan, tartibga solinmagan turlarini
oladi. Xufyona iqtisodiyot tarkibiga quyidagilar kiradi:
1) jinoyatga aloqador iqtisodiyot – rasmiy iqtisodiyot tarkibiga iqtisodiy
jinoyatning kiritilishi (boyliklarning talon-taroj qilinishi; nazoratning har qanday
shaklidan yashiringan holdagi hufyona iqtisodiy faoliyat – narkobiznes, qimor
o‘yinlari, fohishabozlik; daromadlarni noiqtisodiy qayta taqsimlash shakli
sifatidagi fuqarolarning shaxsiy mulkiga qarshi umumjinoiy harakatlar –
bosqinchilik, shaxsiy mulkni zo‘rlik bilan tortib olish, o‘g‘irlash, reket);


24
2) soxta iqtisodiyot – hisobga olish va hisobotlarning amaldagi tizimiga soxta
natijalarni haqiqiy natija sifatida kirituvchi rasmiy iqtisodiyot (qo‘shib yozishlar);
3) norasmiy iqtisodiyot – iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasidagi norasmiy o‘zaro
aloqalar tizimi bo‘lib, u mazkur sub’ektlar o‘rtasidagi shaxsiy munosabatlar va
bevosita aloqalarga asoslanadi;
4) yashirin ikkalamchi iqtisodiyot – yakka tartibdagi va kooperativ
faoliyatning nazoratdan yashiringan, ya’ni qonun tomonidan taqiqlangan yoki
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan turi.
2
3. Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari
Milliy mahsulotni hisoblashda milliy hisoblar tizimidan foydalaniladi. Milliy
hisoblar tizimi (MHT)– bu barcha asosiy iqtisodiy jarayonlarni, takror ishlab
chiqarish sharoitlari, jarayonlari va natijalarini tavsiflovchi o‘zaro bog‘liq
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, tasniflar va guruhlar tizimi.
MHT BMT tomonidan e’lon qilingan «Milliy hisoblar va yordamchi jadvallar
tizimi» nomli hujjat asosida xalqaro statistikada standart tizim sifatida 1953 yildan
boshlab qo‘llanila boshladi. Hozirgi davrda dunyoning 100 dan oshiq
mamlakatlarida, shu jumladan O‘zbekistonda mazkur tizim keng qo‘llaniladi.
Milliy hisoblar tizimi asosini yig‘ma balanslar tashkil qiladi. Bunga daromad va
xarajatlar balansi misol bo‘lishi mumkin. Daromadlar xo‘jalik birliklari va aholi
umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlarning boshqa turlari, amortizatsiya)
summasini aks ettiradi. Xarajatlar to‘rtta guruhdan iborat bo‘ladi: iste’mol,
investitsiyalar, davlat xaridi, sof eksport. Milliy hisoblar makroiqtisodiyotning
me’yordagi – muvozanatli holatga erishish darajasini aniqlashga yordam beradi.
Ushbu milliy hisoblar tizimi asosida YaIM uch xil usul bilan hisoblanishi
mumkin:
Birinchi usul – bu YaIMni hisoblashga qo‘shilgan qiymatlar bo‘yicha
yondashuv. Bunda milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari bo‘yicha yaratilgan
2
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va isloh etish – barqaror o‘sishni
ta’minlashning bosh yo‘li. Respublika ilmiy-amaliy anjumani ma’ruzalar
tezislari. – T.: TDIU, 2018 yil 16 aprel.


25
qo‘shilgan qiymatlar qo‘shib chiqiladi (YaIM tarmoq va ishlab chiqarishlar
bo‘yicha). Bu usul bilan hisoblangan YaIM alohida tarmoqlarning shu mahsulotini
yaratishdagi o‘rnini va hissasini aniqlash imkonini beradi.
Ikkinchi usul – bu YaIMni hisoblashga sarf-xarajatlar bo‘yicha yondashuv.
Bunda mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot (xizmat)lar hajmini
sotib olishga qilingan butun sarflar qo‘shib chiqiladi. Milliy iqtisodiyotda ishlab
chiqarilgan pirovard mahsulotlarni mamlakat ichida xo‘jalikning uchta sub’ekti –
uy xo‘jaliklari, davlat, tadbirkorlar hamda tashqaridan chet ellik iste’molchilar
sotib olishi mumkin.
Uy xo‘jaliklarining iste’mol sarflari - bu kundalik ehtiyojdagi tovarlarga,
xizmatlarga, uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlariga va boshqalarga
qilinadigan sarflardir.
Investitsion sarflar– tadbirkorlik sektorining asosiy kapitalni yalpi
jamg‘arishga qiladigan sarflaridir. Investitsion sarflar asosan uchta qismdan iborat:
a) tadbirkorlar tomonidan mashina, uskuna va stanoklarning barcha xaridi; b)
barcha qurilishlar; v) zahiralarning o‘zgarishi.
Birinchi guruh elementlarning «investitsion sarflar» tarkibiga kiritilish sababi
aniq; qupilishlarning bunday sarflar tarkibiga kiritilishi, o‘z-o‘zidan aniqki,yangi
fabrika, ombopyokielevatop qupilishiinvestitsiyalar shakli hisoblanadi. YaIM
tarkibiga tovar zahiralarning ko‘payishi, ya’ni ishlab chiqarilgan, lekin mazkur
yilda sotilmagan barcha mahsulotlar kiritiladi. Boshqacha aytganda YaIM o‘z
ichiga yil davomidagi zahiralar va ehtiyotlar barcha o‘sishining bozor qiymatini
oladi.Zahiralarning bu o‘sishi YaIMga joriy ishlab chiqarish hajmi ko‘rsatkichi
sifatida qo‘shiladi.
Zahiralar kamayganda, bu kamayish YaIM hajmidan chiqarilishi zarur.
Zahiralarning kamayishi yil davomida milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgandan
ko‘proq mahsulot sotilganligini bildiradi. Boshqacha aytganda jamiyat mazkur yilda
ishlab chiqarilgan barcha mahsulotni va bunga qo‘shimcha oldingi yillardan qolgan
zahiralarning bir qismini iste’mol qilgan bo‘ladi.


26
Milliy hisoblar tizimidaYaIMni hisoblashda yalpi,xususiy va ichki
investitsiyalar tushunchasidan foydalaniladi. Xususiy va ichki investitsiyalar mos
ravishda xususiy va milliy kompaniyalar amalga oshiradigan investitsion sarflarni
bildiradi. Yalpi investtitsiyalar o‘z ichiga joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida
iste’mol qilingan mashina, uckuna va qurilmalarning o‘rnini qoplash uchun
mo‘ljallangan barcha investitsion tovarlar ishlab chiqarishni, hamda iqtisodiyotda
kapital qo‘yilmalar hajmiga har qanday sof qo‘shimchalarni oladi. Yalpi
investitsiyalar mohiyatiga ko‘ra iste’mol qilingan asosiy kapitalni qoplash
summasini va investitsiyalarning o‘sgan qismidan iborat bo‘ladi. Boshqa
tomondan sof xususiy ichki investitsiyalar tushunchasi joriy yil davomida
qo‘shilgan investitsion tovarlar summasini tavsiflash uchun ishlatiladi.
Davlat sarflari– bu mahsulotlarni va iqtisodiy resurslarni,xususan ishchi
kuchini sotib olishga davlatning (boshqaruvning quyi va mahalliy organlari bilan
birga) qilgan barcha sarflarini o‘z ichiga oladi.
Chet elliklarning milliy iqtisodiyot tovarlariga sarflari xuddi mamlakat
ichidagi iste’molchilik sarflari kabi milliy ishlab chiqarish darajasiga bog‘liq. Shu
sababli YaIMni sarflar bo‘yicha hisoblashda tovar va xizmatlarga chet elliklarning
sarflari, ya’ni eksport qiymati ham qo‘shiladi. Boshqa tomondan, iste’mol va
investitsion sarflar hamda davlat mablag‘larining bir qismi import qilingan, ya’ni
chet elda ishlab chiqarilgan tovarlarga sarflanadi. Milliy ishlab chiqarish umumiy
hajmi asossiz oshib ketmasligi uchun import hajmi YaIM tarkibidan chiqariladi.
Eksport va import miqdorlari o‘rtasidagi farq tovar va xizmatlarning sof eksporti
yoki oddiy qilib sof eksport deyiladi. Sof eksport ijobiy va salbiy bo‘lishi
mumkin. Agar eksport importdan ortiq bo‘lsa ijobiy, import eksportdan ortiq bo‘lsa
salbiy bo‘ladi.


27
Xulosa
Bozor iqtisodiyoti rejalashtirishni ham, bashorat qilishni ham inkor etmaydi va
ulardan avvalgi buyruqbozlikni chiqarib tashlagan holda foydalanishni tavsiya
qiladi. Rejalashtirish va bashorat qilish menejmentning funktsiyalari bo’lib, u yoki
bu vaqt oralig’ida biznes strategiyasini aniqlashga yo’naltiriladi. Bashorat qilish
rejalashtirishga 
nisbatan 
ko’proq 
ehtimoliy 
xarakterga 
ega 
bo’ladi.
Rejalashtirish va bashorat qilish doimo kelajakka yo’naltirilgan bo’ladi. Ular
rivojlanish 
istiqbollarini 
belgilashda 
bir-birini 
to’ldirib 
turadi.Bashorat
rejalashtirishning dastlabki bosqichidir.
Milliy iqtisodiyot hufyona sektorining hodimlari bir qator yashirin faoliyat
turlaridan oladigan o‘zlarining daromadlarini yashirishga harakat qiladi. Bundan
tashqari ochiq iqtisodiyotda band bo‘lganlar ham o‘zlari oladigan daromadlarining
bir qismini yashirib ko‘rsatish mumkin. Masalan, tadbirkor maxsulot sotishdan
olgan daromadining bir qismini, ishchi rasmiylashtirishsiz yoki naxd pul to‘lashga
kelishib oladigan daromadini deklarasiyada ko‘rsatmasligi mumkin. Inflyasiya
darajasi qanchalik katta va soliqlar yuqori bo‘lsa, shaxslar qo‘lidagi real daromad
shunchalik kamayadi, bu ularning naqd pul yoki natural tovar ayirboshlash orqali
daromad olishga qiziqishini oshiradi. Xufyona iqtisodiyot miqiyosi haqida rasmiy
ma`lumotlar bo‘lmasada, ko‘pchilik baxolashlar uning hajmi YaMMning 5-15%
ni, ayrim mamlakatlarda 30-40% ni tashkil qilishini ko‘rsatadi. Bundan tashqari
hufyona iqtisodiyot rasmiy iqtisodiyotdan tezroq o‘sib borishini tasdiqlashga
dalillar ham bor. Nihoyat, axolining qancha qismi yashirin iqtisodiyot yoki
faoliyatga jalb qilingan bo‘lsa, daromadning shuncha qismi soliq hujjatlaridan
yashiriladi, bu ishsizlikka taalluqli rasmiy hisobot ma`lumotlarining oshirilib
ko‘rsatilishiga olib keladi. Hufyona iqtisodiyot va yashirin faoliyat natijalari
YaMMda hisobga olinmaydi va demak uning real hajmini kamaytiradi. Bundan
tashqari YaMM (YaIM)ga ta`sir ko‘rsatuvchi shunday omillar ham mavjudki
ularning ta`siri natijasida ishlab chiqarish hajmining ko‘rayishi jamiyat


28
farovonligining oshishiga olib kelmasligi mumkin. Masalan, YaMM ishlab
chiqarish va uning o‘sishi, atrof muhitga salbiy ta`sir ko‘rsatish bilan birga boradi.
Bu havo va suvning ifloslanishi, shovqin, zararli chiqitlar hamda atrof muxit
buzilishining boshqa turlaridir. O‘z-o‘zidan aniqki, atrof muxitning ifloslanishi
bilan bog‘liq chiqimlar iqtisodiy farovonlikka salbiy ta`sir ko‘rsatadi. YaMMni
ishlab chiqarish bilan bog‘liq atrof muxitning ifloslanishini bartaraf qilishga
ketadigan chiqimlar hozirgi vaqtda yalpi ishlab chiqarish hajmidan chiqarilmaydi
va shunday qilib YaMM moddiy faravonlik darajasini oshirib ko‘rsatadi. YaMM
hajmi qanchalik katta bo‘lsa, atrof muxitning ifloslanishi va YaMM miqyosining
oshirib ko‘rsatilishi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Rejalashtirish korxonaga quyidagi vazifalarni bajarish imkonini beradi:
birinchidan, nimani, qaerda va qancha miqdorda ishlab chiqarish kerak,
ikkinchidan, ishlab chiqarish uchun qanday va qancha resurs va quvvatlar kerak
bo’ladi, uchinchidan xarajatlar qay darajada qoplanadi va foyda (daromad) hajmi
qanday bo’ladi. Rejalashtirishda xato va kamchiliklar qanchalik kam bo’lsa, ishlab
chiqilayotgan reja va bashoratlarning ishonchli va hayotiyligi shunchalik yuqori
bo’ladi.
Norma va normativlar rejalashtirishning muhim elementlari bo’lib, ular
ishlab chiqarishning u yoki bu maqsadlariga sarflanuvchi resurslarning maksimal
yoki minmial chegarasini belgilab beradi. Norma va normativlar progressiv
bo’lishi va vaqti-vaqti bilan qonunchilikda belgilangan tartibda qayta ko’rib
chiqilishi lozim.


29

Download 226.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling