Texnologiyalardan foydalanish usullari mavzusida tayyorlagan
O`quvchilarning o`qishga bo`lgan faolligini oshirishning didaktik asoslari
Download 0.8 Mb.
|
Ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti
O`quvchilarning o`qishga bo`lgan faolligini oshirishning didaktik asoslariO`qitishda faollashtirish prinsipini muvaffaqiyatli amalgam oshirishda asosiy o`rinni ijodiy mavzudagi mustaqil ishlar oladi. Xilma-xilligi: mashqlarni programmalashtirish, testlar O`quvchilarning intiluvchanligini oshirish harakatchanlikni kuchaytirish bilan emas, maxsus intelektual vositalar yordamida o`qituvchining teskorligi, o`quvchilarning o`z hoxish-irodasi va jismoniy kuchlari aniq maqsadga ya`ni o`qishga va tarbiyalanishga qaratilishi kerak. Bilishga bo`lgan intiluvchanlikning fiziologik asosi hozirgi holat bilan oldingi holatning mos kelmasligi xisoblanadi. O`quvchini aktiv bilishga bo`lgan intiluvchanligini oshirish bosqichida yo`naltirilgan tekshiriash refleksi, tashqi muhitdagi o`zgarishlarning o`rganizmga noodatiy tasirini o`rganish asosiy o`rinda turadi. Tadqiqotchilik refleksi miya katta yarimsharlarini faol halatga keltiradi. Tadqiqotchilik refleksini uyg`otish – bilish faoliyatining ajralmas sharti. Bilishga bo`lgan faollikning bosqichlari (Shalamova T.I 1982y) Birinchi bosqich – aktivlikni uyg`otish. O`quvchining intiluvchanligi, tushunishi, eslab qolishi va bor bilimini aytib berishi, uni amalda qo`llash usulini bilishi bilan xarakterlanadi. Bu bosqich o`quvchining iroda kuchining doimiy emasligi, o`uvchida chuqur o`rganishga qiziqishning yo`qligi, savollarning yetishmasligi (“nega?”) bilan ajralib turadi. Ikkinchi bosqich – interpretatsion faollik. Hodisalar va jarayonlar o`rtasidagi bog`liqliklarni o`rganishga intilish, o`zgargan sharoitda bilimlarni amalda qo`llash ko`nikmalariga ega bo`lishi bilan xarakterlanadi. O`ziga xos ko`rsatkichlari: boshlagan ishni oxirigacha yetkazishga intilishi, qiyinchilik tug`ilganda mashqni bajarishdan voz kechmaslik va boshqa yo`lini qidirishga bo`lgan iroda mexnatining chidamligi. Uchinch bosqich - ijodiy. Qiziqish va intilish bilan faqatgina chuqur kirib boorish emas, shu maqsadga yangi usul o`ylab topish bilan xarakterlanadi. O`ziga xos xususiyatlari – o`quvchining yuqori iroda sifatlari, maqsadga erishishdagi tirishqoqligi va doimiy bilim olishga bo`lgan qiziqishi. Faollikning bu bosqichini hayajon, xilma-xil darajadagi tushunchalar shu bilan bir qatorda, o`quvchi nima biladi, nima uning shaxsiy tajribasida uchragan va yangi ma`lumot, yangi hodisa ta`minlaydi. Faollik, ishchanlikning sifati kabi ajralmas qismi xisoblanadi va o`qitishning xohlagan prinsipi ko`rsatkichi bo`ladi. O`qityishni hayot bilan bog`lash o`quvchilarni o`qitishning tarkibiy qismi xisoblanadi, o`quv bilan hayot orasidagi boshliqni to`ldirish mumkin, bu faqatgina o`quvchilarning faol o`qitish holatidagina bo`lishi mumkin. Ilmiylik prinsipi o`quvchilarning faol ishchanlik asosini tashkil qiladi. Shu bilan birga o`rganilayotgan hodisaning asosiga o`quvchilarning ishchanligi bilan chuqur kirib boorish kerak. O`zlashtirilgan bilimning mustahkamligi faqatgina o`quvchilarning faol o`qitish jarayonida bo`lishi mumkin. Ko`zga tashlanish prinsipi, asosan yakka aniq va abstrak, bilimni o`z ixtiyori bilan o`zlashtirish, o`quvchilarning faol fikrlashida ko`rinadi, asosan aniqlikdan abstraklikka o`tish bosqichida va aksincha abstraktlikdan aniqlikka o`tishda ko`rish mumkin. Kollektiv o`qitish sharoitida individual yondoshish prinsipida har bir o`quvchini jarayonga qo`shishni taklif qiladi. Shu bilan birga faollik darajasi o`quvchilarning haqiqiy oquv darajasiga bog`liq. Shu tariqa o`qitishdagi faollik prinsipi sistemadagi barcha prinsiplar bilan dialektik bog`lanishda bo`ladi. O`quvchilarning o`itishdagi faolligi vositalariga quyidagilar kiradi: o`quv materiali, shakli, metodi va o`qitish uslublari. O`quvchining vazifasiga bilishga bo`lgan ishchanligini umumiy oshirishgina emas, balki yo`naltirilgan bilimini rivojlantirish va usullarini o`rganishdagi faolligini oshirish hamkiradi. Muammo – bu doim bilmasligini bilish, qoniqtiradigan ma`lumotning talab qilingan darajada yetishmasligi. Mustaqil ishga xos belgilar: mustaqil ish maqsadining bo`lishi, aniq topshiriqning bo`lishi, mutaqil ish natijasini aniq belgilash, mustaqil ish natijalarini tekshirish shakllarini aniqlash, topshiriq olgan har bir o`quvchining bajarishi shartligi. Mustaqil ish tarkibiga kiradigan asosiy talablar: topshiriqning ma`nosi o`qitishning didaktik maqsadlariga va tarbiyaga qatiy to`g`ri kelishi kerak; topshiriqning tarkibi va metodik aparati mustaqil o`rganishning hamma bosqichlarini o`z ichiga olishi kerak; har bir o`quvchining mustaqil ishini mukammal bajarishi uchun ishlarda variativ mashqlarning hamma xili ishlatishi kerak. O`qituvchining vazifasi – faqatgina o`rgatish emas, balki o`rganish jarayonini boshqarish, tarbiyalash va o`quvchining rivojlanishiga yordam berishi kerak. O`quvchining vazifasi – o`zida qimmatli xulq atvorni shkllantirgan holda o`qish va o`z-o`zini tarbiyalash orqali rivojlanish. N.A. Menchinskaya o`quvchilarning faollik darajasiga qarab o`qish jarayonini boshqarishning ikki shaklini farqlagan. Ulardan birinchisi o`quvchilarni qattiq reglament asosida o`qitish. Bunga algaritm asosida o`qitish kiradi. Boshqarishning boshqa shakli – qidirilayotgan topshiriqni bajarishga yo`naltirish emas, balki ular oldiga muammoli topshiriq qo`yish bo`lib xisoblanadi. Muammoli o`qitish o`quvchilarning fikrlashini faollashtiribgina qolmay qidirilayotgan topshiriqni qidirish mobaynida shu fanga qiziqish ham uyg`onadi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling