Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Download 61.26 Kb.
|
Aholiga maishiy xizmat ko’rsatish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Rejaning maqadi
- 3. Rejaning strategiyasi
- 5. Xizmat ko’rsatish
- 6. Rejani amalga oshiradigan manzil Qashqadaryo Respublikasi Qarshi shahri 7. Mehnat resurslari
- 8. Bino haqida malumot
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI. Amaliy topshiriq Mavzu: Aholiga maishiy xizmat ko’rsatish Fan: Loyihani boshqarish Bajardi: 015-18 guruh talabasi Qobilov M Toshkent 2022 1.Kirish Biznes rejada aholiga maishiy xizmat ko`rsatish va sport bilan shug`illanish uchun basseyn, fitnes zal, unda sog`liq uchun foydali bo`lgan choylar, taomlar, sharbatlar tashkil qilinadigan joy. Moliyaviy-iqtisodiy hisoblardan bozor tahlili, namunaviy o`xshash korxonalarining ishini o`rganishdan kelib chiqqan holda loyiha tashabbuskori ushbu loyihaning iqtisodiy foydaliliga ishonadi. Biznes reja tuzishda ish tartibida to’plangan ma’lumotlardan iborat: obyektning joylashgan manzili, tashabbuskori haqida ma’lumot, asosiy rejalashtirilgan iqtisodiy ko’rsatkichlar, sarflanadigan mablag’larning hisobi va boshqa ma’lumot, kunlik smenalik ish tartibi. 2. Rejaning maqadi Rejaning asosiy maqsadi aholini sport bilan shug’illanib sog’lig’ini tiklashga yordam berishdir bulardan suzish bu sog’liq uchun juda foydalidir fitnes ham shu kabi bunda aholini ish bilan ta’minlash trener ayollar uchun va erkaklar uchun, bufet uchun oshpaz har xil sog’liq uchun foydali taomlar, sharbatlar tashkil qilish maqsadida. 3. Rejaning strategiyasi Aholiga maishiy xizmat ko’rsatish muassasasini tashkil qilish sportni rivojlantirishga qaratilgan bo’lib hududimizda bu sohada ishlab turgan tadbirkorlar va kichik korxonalar yo’qligi sababli hududimizni rivojlantirish aholini sog’lig’iga jiddiy e’tibor qaratishdir. Bizda bunday joy yo’qligi sababli aholining ko’p qismi shaharga borib kelishadi bunda asosan shaharni rivojlantirish aholini sog’liqini yahshilash sportni rivojlantirish madaniy xordiq chiqarish uchun tuzilgan va bu sohada tadbirkor izlanish ishlarini o’rgangan holda tadbirkor kelajakda ushbu sohda o’sish, texnologik yangilanish va mahsulot, xizmat sfatining ko’tarilishiga katta potensial bor ekanligiga ishonch bildiriladi. Loyiha doirasida quyidagi xizmat ko’rsatishni tashkil etilishi nazarda tutilgan: Aholiga maishiy xizmat ko’rsatish sog’lig`ini yaxshilash uchun va madaniy xordiq chiqarish maqsadida quriladigan inshoat. Ushbu reja doirasida quyidagi ishlarni amalga oshirish nazarda tutilgan: Basseyn qurish: Fitnes zal: Sog’liqga foydali taomlar, sharbatlar uchun bufet: 4. Bozor Yuqorida aytib o’tilgandek, bugungi kunda o’ziga yarasha bir qancha qiyinchiliklar bor ekanligi aniqlandi. Ushbu qiyinchiliklar mahsulot va xizmatlarning sifatining pastligidan kelib chiqadi. Tadbirkor bu qiyinchiliklarni zamonaviy texnologiyalarni qo’llanishi orqali sifatli va zamonaviy xizmatlarni ko’rsatish yangi texnalogiyalarni o’rganish orqali sifatli xizmat ko’rsatish rejalashtirilgan. Ushbu ish-harakatlar orqali bozorga tez kirib kelishni raqobatni yengishni va o’z mijozlariga ega bo’lishga imkoniyat yaratadi. Raqobatni yengishning strategiyasi yuqori sifatli xizmat ko’rsatish aholi uchun qulay narx yuqori sifatli mahsulot mijozlar uchun har tomonlama qulaylik yaratishdir. Hozirgi kunda kichik –biznesni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilgan. Bu orqali aholi ish bilan ta’minlanadi ushbu loyihaning eng ahamiyatli tarafi shundaki bunday inshoat hali bizning hududda yo’qligidir. Asosiy mijozlar shu hududda yashovchi aholidir. 5. Xizmat ko’rsatish Xizmat ko`rsatish dasturi ushbu sohaga mos bo’lgan yurgizish talablaridan kelib chiqgan holda hisoblangan. Loyiha doirasida maxsus uskuna va hom-ashyolar sotib olish rejalashtirilgan. Xizmat ko’rsatishga kerakli mahsulotlarni yetkazib beruvchi sherik tadbirkorlik sub`ektlarning o’zlarining mahsulotlariga kafillik berishadi va kadrlarni o’qitib tayyorlashga yordam berishadi. Kadrlarni o’qitish va tayyorlash ishlab chiqarish jaroyonida maslahat va ko’rsatish yo’llari orqali amaga oshiriladi. 6. Rejani amalga oshiradigan manzil Qashqadaryo Respublikasi Qarshi shahri 7. Mehnat resurslari Loyiha bo’yicha boshqaruvchi tadbirkorning o’zi bo’lib, yana 2 nafar suzish bo`yicha ayollar va erkaklar uchun trener, fitnes uchun 2 trener, administrator, oshpaz. 6 nafar ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan. 8. Bino haqida ma'lumot Bino qurilishi mo'ljallangan joy shahar markazi ya'ni aholi uchun qulay bo'lgan joyda joylashishi rejalashtiriladi 2 qavatdan iborat bo'lgan, birinchi qavatida administratsiya bo'limi, hojatxona va ayollar hamda erkaklar uchun alohida basseyn joylashadi, ikkinchi qavatida fitnes zali hamda hammom va kichik oshxona unda asosan choylar, sharbatlar, parhezbop taomlar salatlar bo'lishi rejalashtirilgan. 9. Xulosa Hisob-kitoblarning natijalari ushbu rejaning amalga oshirilishida 1, 5 yil ichida katta natijalarga erishish va aholi bandligini ta’minlash ko`rsatadi. Kelajakda kredit yoki sherikchilik yordam orqali qo’shimcha rejalarni amalga oshirishga mustahkam asos yaratadi. Reja aniq maqsad va natijalarni ifodalab amalga oshirishga katta yordam ko`rsatadi. Ushbu rejaning muallifi rejaning maqsadli va kerakligiga ishonadi. Download 61.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling