Texnologiyasi


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

Qo ypechak — poyasi uzun bo‘lib, boshqa o‘simliklarga chirmasliib 
o'sadi. Bargi yuraksimon ko‘rinishda bo‘ladi. Guli yirik, pushti rang­
da, kamaygulga o ‘xshab yakka-yakka joylashadi. Mevasi-chanog‘i du- 
maloq shaklda va qo‘ng‘ir tusda bo'ladi. Juda tez o ‘sadi, yo‘qotish 
uchun tez-tez o ‘toq qilinishi kerak.
Ildizpoyali begona о ‘tlardan g‘umay, beshbarmoq, ajriq, bug‘doyiq, 
qizilqiyoq, qiyoq, qamish, salomalaykumlar ko‘proq uchrab, ildiz 
poyasi yer ostida joylashadi. Ildiz poyasining bo‘g‘imlaridan qo'shimcha 
ildizlar o ‘sib chiqadi. Ildizpoya bo‘lagi, parchasi yerga tushib qolganida 
ham undan yangi o ‘simlik o ‘sib cliiqa beradi, shuning uchun yo‘qotish 
ancha qiyin.
‘umay — g‘allasimonlar oilasiga kiradi, ildizpoyali o ‘t. Poyasi 1,5 
metrgacha o ‘sadi. Ostki qismidan shoxlaydi. Barglari keng, silliq, o‘zak 
tomiri bo‘rtib turadi, bargining chetlari g‘adir-budir. Poyasining uchida 
ro‘vagi bo‘ladi.
R o‘vagi yirik boshoqchalardan iborat bo‘ladi. Har bir ro‘vakda 
500 dan 800 donagacha yaltiroq, ochqo‘ng‘ir yoki sarg‘ish tusli 
urug‘lari bo‘ladi. Ulardan chiqqan yosh o'simlik ikki-uch oyda voyaga 
yetgan g‘umayga aylanadi. Ildizpoyasi bo‘g‘im -bo‘g‘imli, yeming 1,5 
metr chuqurigacha o ‘sadi, yo‘g‘on, oq rangli bo‘ladi. G ‘umay ildiz­
poyasi tuproqning 35-40 sm lik qatlamida ancha ko‘p bo ‘ladi. Bir 
bo‘g‘imdan iborat boMgan kichkina parchasidan yangi g£umay o ‘simligi 
o‘sib chiqa beradi.
Salomalaykum — poyasi 30 sm gacha o ‘sadi. Silliq, uch qirrali 
o‘simlikdir. Bargi uzun, silliq, o‘zak tomiri yo‘g‘on bo‘ladi. Poya uchiga 
shoxchali to'pgul o ‘mashib, to ‘pguUda 5-10 ta qo‘ng‘ir boshoqcha 
b o ‘ladi. Ildizpoyasida tuganaklar paydo b o 'lib , tuganaklarning 
yo‘g‘onligi 1-2 sm, bo'yi 2-5 sm ga yetadi. Ushbu tuganagi qayerga 
tushsa ham, butun yoz bo‘yi tez o'sadigan poyalar chiqadi. Yer us- 
tidagi poya, bargi o ‘toq, chopiq va kultivatsiyada yo‘q qilinadi, biroq 
yer ostiga ancha chuqur о ‘sib ketgan mayda ildizchali tuganaklari 
yo‘qolmaydi va yangidan-yangi poyalar o‘sib chiqa beradi. Shuning
34


uchun ham, bu o ‘simIik karantin o ‘simligi deyiladi. Yo‘q qilish uchun 
butun mavsum davomida yemi ishlab turish lozim.
Bug‘doyiq. Bu o ‘tning ildizpoyasi uzun bo‘ladi, tuksiz, bo‘yi 60- 
120 sm ga yetadi. Bargi uzun, boshog‘i ingichka, tik va dag‘al, doni 
cho‘ziq. Bu o ‘t ildizpoyasi vositasi bilan ham ko'payadi. Ildizpoyasi 
10-12 sm chuqurhkda joylashib, juda shoxlab ketadi. Shoxlardan juda 
ko‘p yangi o ‘simliklar o ‘sib chiqadi. Kurtakli ildizpoya parchasidan 
yangi o ‘simliklar o ‘sib chiqa beradi.
Parazit begona o'tlar
Bir yillik parazit begona o‘tlar (devpechak, zarpechak, shumg‘iyalar) 
da yashil barg bo‘lmaydi, boshqa madaniy ekinlarga yopishib o‘sib, shiras- 
ini so‘radi. Devpechak va zarpechaklar oqish, sarg‘ish, qizg‘ish va qizil 
tusdagi uzun ipsimon poyadan iborat bo‘ladi.Bular tez o‘sadi, yonidagi 
o ‘simlikka chirmashib oladi. Natijada pechak chirmashib olgan o‘simlik 
nimjon bo‘lib, qurib qoladi.
Beda zarpechagi — sarg'ish, qizg‘ish, qo‘ng‘ir rangdagi ipsim on 
ingichka poyalardan iborat bo‘ladi. Bedaning ostki qismini o‘rab oladi.
Shum g‘iya — ekinlar yonidan o ‘sib chiqib, ildizidagi shirasini 
so‘radi. Ekin zaiilashadi va quriydi. Shumg‘iyada yashil barg bo‘lmaydi. 
Poyasi yo‘g‘on, seret. Shumg‘iya, pomidor, baqlajon, tamaki, kar- 
toshka, poliz ekinlarida, kungaboqar va moyli ekinlarda paydo boMadi. 
30 sm gacha o ‘sadi. Mevasi chanoq, chanoq ichida juda ko‘p va mayda 
urug‘i bo ‘ladi. 1 tup shumg‘iya 100 mingtagacha urug‘ beradi. Urug‘i
10 yilgacha saqlanadi. Unga qarshi kurashda ekinlarga sifatli ishlov 
berish, almashlab ekish. ularni urug‘ boylashiga yo‘l qo‘ymay, yo‘q 
qilib turish choralari ko‘riladi.

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling