Texnologiyasi


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

Changlanish. Otalik changdonidagi changning onalik tumshuqchasiga 
kelib tushishi — changlanish deb ataladi. 0 ‘zi-o‘zidan changlanadi- 
gan o ‘simliklarga arpa, bug‘doy, no ‘xot, loviya, pom idor, g‘o ‘za 
o ‘simliklari kiradi. 0 ‘simlikning onalik guli tumshuqchasiga boshqa gul 
changdonidagi chang kelib tushsa — chetdan changlanish (karam, 
lavlagi kabi o‘simliklar) deyiladi. Ekinlardan yuqori va sifatli hosil 
olish uchun sun‘iy changlash tadbiri olib boriladi. Asalari boqish 
bilan (g‘o ‘za gulini changlaydi) sifatli asal moddasi va yuqori paxta 
hosili yetishtiriladi. Guldagi otalik changi (hujayralar) — erkaklik urug‘i 
bo‘lib, urug‘ kurtakdagi hujayralar onalik tuxumidir. Onalik tumshuq­
chasiga kelib tushgan chang onalik tugunchasiga o ‘sib kiradi va uzun, 
ingichka nay hosil qiladi. Chang naychaning uchi urug‘ kurtakni teshib 
kiradi. Urug‘ kurtak ichida murtak xaltasi va uning ichida tuxum hu- 
jayrasi bo‘ladi. Chang nayining uchi murtak xaltasida yoriladi, sper- 
malardan (um g‘ hujayra) biri tuxum hujayrasining yadrosi bilan
spermaning ikkinchisi esa ikkilamchi hujayra bilan qo‘shilishadi. Sper- 
malaming biri tuxum hujayrasi bilan qo‘shilib, um g‘ murtagini hosU 
qiladi. Ikkinchi sperma murtak xaltasidagi ikkilamchi hujayra bilan 
qo‘shilib urug‘ endospermasining ichki qismlarini vujudga keltiradi.
24


U rug‘ kurtak urug‘langandan keyin gul so‘liydi-gultojibarglari 
to ‘kiladi — otalik, onalik qismlari quriydi. Gul o ‘mida qolgan onalik 
tugunchasi tez o ‘sadi va mevaga aylanadi, urug‘ kurtak esa urug‘ hosil 
qiladi. Chetdan changlangan o ‘simliklaming avlodi hamisha serhosil va 
yuqori sifatli bo‘ladi. 0 ‘zidan changlanuvchi o'simliklaming avlodi 
unchalik hosildor bo‘lmaydi.
Seleksiya - urug‘chilik ishlarida navlararo chatishtirish usuh keng 
qo‘llanilmoqda. Bu esa, gektaridan olinadigan hosildorlikni 15-20 va 
undan ko‘p foizga oshirish imkonini beradi. Masalan, Xitoy va Rossiya 
davlatlaridan keltirilgan bug‘doylar chatishtirilib, «Chillaki» navi yara- 
tildi1. Bu nav ertapisharligi va yuqori hosil berishi bilan xarakterlidir. 
So‘nggi 2-3 yildan buyon «Chillaki» navidan ilg‘or dehqon va fermer, 
shirkat xo‘jaliklarida gektaridan o'rtacha 85-108 sentnergacha, ayrim 
tumanlarda 60-80 sentnerdan bug‘doy hosili yetishtirilmoqda.
Meva. Gulning onalik tugunchasi urug‘lanib, o ‘sib, mevaga ayla­
nadi. Meva hosil bo‘lishda onalik a’zolarining tuzilishiga qarab, oddiy va 
murakkab mevalar hamda soxta mevalar paydo bo‘ladi. Sersuv mevalar 
rezavor va danakli mevalarga bo‘linadi. Smorodina, pomidor, qovun- 
tarvuz, qovoq, bodring, olma, nok, behi, limon, apelsin, manda- 
rinlar rezavor mevaga kirib, mevasi sersuv va ustki qismigina yupqa 
po ‘st bilan qoplangan bo‘ladi.
0 ‘rik, olcha, shaftoli kabi danakli mevalarda meva tevarakligi qattiq 
yog‘ochlikdan va qattiq danakdan iborat bo'ladi. Bu mevalaming eti 
sersuv. Ba’zi mevalar (bodom, yong‘oq) qattiq po‘choq bilan qoplan­
gan bo‘ladi.
Urug‘. Urug‘ kurtak urug‘lanib, urug' vujudga keladi. Urug‘lar bir 
pallali bo‘ladi. Ba’zi o ‘simlik mevalari (bug‘doy, arpa, mosh, loviya) 
urug‘ deb ataladi.
0 ‘simlikning urchishi. 0 ‘simliklar jinsiy va jinssiz yo‘l bilan urchiydi. 
Jinsiy yo‘l bilan urchiganda o‘simlik sirtida yoki ichida sporalar deb 
ataluvchi hujayralardan paydo bo‘ladi. Yangi o ‘simlik ana shu sporalar- 
dan hosil bo‘ladi. Lishayniklar mana shu yo‘l bilan, ba’zi o ‘simliklar 
(masalan, o ‘simlik ildizi, poyasi, barg qismlari) vegetativ yo‘l bilan 
ko‘payadi. 0 ‘simUk a’zolarining parchalaridan ko‘karib, o ‘sib ketadi. 
Bunday usul bog‘dorchilik, uzumchilik, gulchilik, terakchilikda keng 
qo‘llaniladi.
1 “A n dijonnom a” gazetasi m ateriallaridan olindi.
25


0 ‘simlik jinsiy yo‘l bilan urchiganda urug‘lanish hodisasi vaqtida 
ikki hujayra hamda ularning yadro va protoplazmalari birga qo'shilib, 
butunlay (ota va ona o‘simlikdan farqli) boshqacha xususiyatga ega bo‘lgan 
yangi organizm paydo bo‘ladi. Jinsiy urchitish ancha afzaliiklarga ega. 
Bunda urchish tezlashadi. Ahamiyatlisi shundaki, yangidan - yangi 
organizmlar hosil bo‘lad i, o ‘simliklami uzoqqa va katta maydonlarga 
tarqatish imkoniyati yaratiladi.

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling