Texnologiyasi


 -§. 0 ‘zbekistonda sug‘oriladigan hududlarning tuprog‘i


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

3 -§. 0 ‘zbekistonda sug‘oriladigan hududlarning tuprog‘i
0 ‘zbekistonda sug'oriladigan tuproqlar asosan Sirdaryo, Amu- 
daryo, Zarafshon, Chirchiq, Qashqadaryo, Surxondaryo va boshqa 
daryolar mavjud vodiylarda joylashgan.
Daryolaming ustki qiyaliklarida bo‘z tuproqli yerlar, vodiylarida 
esa o ‘t!oq, o ‘tloq-to‘qay va to ‘qay hamda sho‘rxok yerlar joylashgan. 
Yerosti suvi chuqur bo'lgan cho‘llarda taqir, taqirsimon va boshqa 
sho‘rxok yerlar joylashgan.
0 ‘zbekistondagi umumiy sug‘oriladigan maydonning taxminan 
46%i bo‘z tuproqli yerlardan iborat.
Bo‘z tuproqlar zonasining yozi issiq, qishi iliq bo‘lib, villik yog‘in 
miqdori 200 mm dan 600 mm gacha. Bo‘z tuproqlar zonasi quyi 
qismidan yuqori qismigatomon och tusli, tipik v ato‘q tusli tuproqlar- 
gabo'linadi.
Och tusli bo ‘z tuproqlar. Bu xildagi tuproqlar M irzacho‘1, Zaraf­
shon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Vaxsh daryolarining yuqori teras- 
sasi, Farg‘ona vodiysini o ‘rab turgan tog‘ etagi qiyaliklari va adirlarda 
hamda boshqa joylarda uchraydi. C ho‘llar bilan chegaralangan. Tarki­
bida l-l,5 % g ac h a chirindi bo‘ladi, chirindili qatlam i 10-12 sm, 
uning ostidagi 15-20 sm li qatlam bir muncha och tusli bo‘lib, unda
14


oq dog‘ shaklidagi ohaklar, pastki qatlami esa sho'rlangan bo‘ladi. Och 
tusli bo‘z tuproqlar suvni yaxshi o ‘tkazadi, biroq tarkibi unchalik yax­
shi emas. Azot 0,08 % ni, fosfor 0,13%ni, kaliy 1,8 % ni tashkiJ etadi.
Tipik (asl) bo ‘z tuproqlar. Toshkent, Samarqand, Qashqadaiyo viloyat- 
laridagi, qisman Namangan, Andijon, Surxondaryo viloyatlaridagi dengiz 
sathidan 400-700 metr yuqori bo‘lgan tog‘ oldi yonbag‘irlarida, yuqori 
va o'rta terassalarida, qisman adirlar va tog‘oldi past tekisliklarida joylash- 
gan. Tipik bo‘z tuproqlar joylashgan yerlar bir m unchayuqoriroq 
boiganligi uchun unchalik issiq emas, semam, yillik yog‘in miqdori 
300-500 mm bo‘lib, yog‘inlar asosan qish va bahor oylarida tushadi. 
Chirindi miqdori 2,5% dan 3 % gacha, qadimdan sug'orib kelinadigan 
yerlardal,4% dan 1,8% gachaboradi.Tipikbo‘z tuproqlaming mexanik 
tarkibi yirik changli qumoqdir. G ‘ovak tuzilgari, nam va havorii yaxshi 
o‘tkazadi, sug‘orilganda qayta sho'rlanmaydi. Ancha unumdor, ularga or­
ganik va mineral o‘g‘itlar solinsa, ekiniar hosili ortadi. Sug‘orish paytida 
yuviladi. Tarkibida 0,08-0,12% azot, 0,1-0,2% fosfor bor.
To ‘q tusli b o ‘z tuproqlar. Bu tuproqlar tog‘ oldida, to g ‘ yon 
bag‘irlarining quyi qismida, tog‘osti qiyaliklarida va daryo vodiylarida 
joylashgan, y a ’ni C hirchiq, O hangaron vodiylariga, C him kent 
atroflariga, Farg‘ona vodiysining sharqiy qismiga to ‘g‘ri keladi. Iqlimi 
unchalik sovuq emas, yillik yog‘in miqdori 400-500 mm, yog‘ingarchilik 
bahor faslida cho‘zilishi mumkin. Tuproq tarkibidagi chirindi 2,5-4% 
ni tashkil etib, qatlami 60 sm ga yetadi. Donador, o ‘zidan suv va 
havoni yaxshi o ‘tkazadi.
Bo'z tuproqlar zonasidagi daryolarning quyi terassasida, tog‘ daryosi 
sohillarining quyi qismida o‘tloq, o‘tloq-to‘qay va botqoq tuproqlar 
ham uchraydi.
0 ‘tloq tuproqlar. Bu joylarda sizot suvlari 1 m dan 3 m gacha pastda 
joylashgan, sho‘rlanmagan. Sirdaryo, Zarafshon daryolarining o'rta 
oqimi, Qashqadaryo, Surxondaryo va Vaxsh daryolarining quyi oqimida 
tarqalgan o ‘tloq tuproqlar esa sho‘rlangan bo‘ladi.
0 ‘tloq tuproqlar suvni o ‘zidan yaxshi o ‘tkazadi, tuproqning yu­
qori qatlami qumoq va soz mexanik tarkibli tuproqdir. Tarkibida 0,71- 
1,78% gacha chirindi bor.
0 ‘tloq-botqoq tuproqlar. Bunday tuproqlarda yerosti suvi 0,7-1,2 m 
chuqurlikda joylashgan. Mexanik tarkibi og‘ir tuproq. 0 ‘tloq-botqoq 
tuproqlar agar och tusli bo‘z tuproqlar zonasiga to ‘g‘ri kelsa, odat-
15


da, sho‘rlangan, tip ik b o ‘z tuproqlar zonasidabo‘lsa, sho‘rlanmagan 
bo‘ladi. 0 ‘tloq-botqoq tuproqlar o‘zlashtirilgan bo‘lib, tarkibida chirindi 
bilan birga azot va fosfor ham ko‘proq.

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling