Texnologiyasi


-§. Tuproqning xossalari va tuzilishi


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

2-§. Tuproqning xossalari va tuzilishi
Tuproqning fizik xossalari dehqonchilik uchun muhim ahamiyat 
kasb etadi. Tuproqdagi fizik xossalar tuproqda kechadigan kimyoviy va 
biokimyoviy jarayonlarni tezlashtiradi. Tuproqdagi organik va mineral 
moddalar miqdoriga qarab, tuproqning fizik xossalari o‘zgarib turadi.
Tuproq g ‘ovakliligi. Tuproqning g‘ovakliligi deb tuproq zarracha- 
lari orasidagi bo‘shliqlarning umumiy hajmi yig'indisiga aytiladi va u 
foiz bilan ifoda etiladi. G ‘ovaklilik tuproq tarkibidagi mineral mod- 
dalarga va chirindilarga hamda tuproqning donadorligiga bog‘liq bo‘ladi. 
Asosan tuproqning haydalma qatlamida chirindi ko‘p bo ‘ladi. D e­
mak, tuproqning haydalma qatlamida g‘ovaklilik 55-70% gacha bo‘lsa, 
pastki, chirindisi kam bo ‘lgan qatlamda g‘ovaklilik darajasi 34-35% 
atrofida bo‘ladi.
Tuproqning suv xossalari. Suv o ‘simlik uchun hayotiy omil hisobla- 
nadi. Ekin urug‘larining unib chiqishi, o ‘sib, rivojlanishi uchun tup­
roqning namligi yetarli bo‘lishi kerak. Namlik kam bo‘lsa, o ‘simlik tup­
roqdagi ozuqani yetarli ola olmaydi, hosildorlik keskin kamayib ketadi.
Tuproqdagi suv 5 holatda bo‘ladi.
1. Gigroskopik suv. Tuproq zarrachalari sirtiga singigan holatda bo‘lib, 
harakat qilmaydi, Shuning uchun ham, o ‘simlik uni o ‘zlashtira ol­
maydi. Agar tuproq 100° dan yuqori qizdirilsa, gigroskopik suv 
bug'lanib chiqadi. Bunday suv miqdori havo namligining ortishi bi­
lan bevosita bog‘liqdir.
2. Pardali suv. Gikroskopik suvning ko‘payishi bilan tuproq 
zarrachalari yuzasida yupqa suv pardasi hosil bo ‘ladi. Bu suv suyuq 
holda asta harakat qiladi, o ‘simliklar bunday suvni qisman o ‘zlashtira 
oladi. Biroq u o ‘simlikning suvga bo'lgan ehtiyojini to ‘liq ta ’minlay 
olmaydi.
3. Kapillar suv. Tuproq zarrachalari orasidagi ingichka qilsimon 
yo'llar orqali pastdan yuqoriga qarab harakat qiladi. Bunday suvni 
o ‘simlik yaxshi o ‘zlashtiradi. Tuproq qatlamidagi qilsimon (kapillar)
11


yo‘Uar qanchalik ingichka (0,1-0,01 mm) b o ‘lsa, kapillar suvning 
yuqoriga qarab harakat qilishi shuncha tezlashadi.
4. Gravitatsion suv. Tuproq bo‘shliqlari orqali yuqoridan pastga 
qarab o ‘z og'irligi bilan harakat qiluvcni suvdir. Yog'ingarchilik, ekin- 
larni sug‘orish bilan gravitatsion suvning miqdori ortadi. Bu suv 
o ‘sinilik uchun asosiy suv manbayi hisoblanadi.
5. Sizot suv. Gravitatsion suvning tuproqning zich qatlamida 
to'planishi hisobiga hosil bo‘ladi va nishab tomonga harakat qiiadi. Si­
zot suv tuproq yuzasiga yaqinlasha borsa, botqoqlanish, tuproq 
sho‘rlanishi hosil bo‘ladi.
Tuproqning suv o ‘tkazuvchanligi
Tuproq qatlamlarining ustki qismidan pastga qarab m a’lum miq- 
dorda suvni o ‘tkazish xossasiga tuproqning suv o ‘tkazuvchanligi 
deyiladi. Tuproqning bu xossasi ma’lum vaqt icliida tuproq orqali o‘tgan 
m a ’lu m m iq d o rd a g i suv m iq d o rig a q arab a n iq la n a d i. Suv 
o'tkazuvchanlik tuproqdagi mineral m odda va chirindi miqdori, 
mexanik tarkibi, donadorligi va qovushmasiga bog‘liq bo ‘ladi. Kam 
chirindili, zich qovushmali tuproqlarning suv o‘tkazuvchanligi yomon, 
aksincha qumli, qumoq tarkibli va g‘ovak qovushmali tuproqlarning 
suv o ‘tkazuvchanligi yaxshi bo‘ladi.
Tuproqlarning suv bug‘lantirishia
Tuproq qatlamlaridan bug‘lanish orqali namlik sarf bo'lishiga tup­
roqning suv bug'lanish xossasi deyiladi. Tuproqning kapillar yo‘llari 
orqali pastdan yuqoriga harakat qiluvchi suvning bir qismi tuproq 
yuzasidan bug‘lanib ketadi.
Bunday bug‘lanish tabiiy omillarga bog‘liqdir. Havo salqinroq 
boiadigan shimoliy zonalarda havo sovuq bo‘lganligidan suv kam 
bug‘lanadi. Quruq dasht, ch o ‘l, sahro va iqlimi issiq zonalarda 
bug‘lanish tez kechadi.
Tuproqning havo xossalari va rejimi
Tuproqdagi mikroorganizmlarning hayot kechirishi hamda o‘simlik 
uchun tuproqdagi havo alohida rol o ‘ynaydi. Ekinlaming urug‘i unib 
chiqishi, o ‘simlik ildizining o ‘sib, rivojlanishi, tuproqdagi turli 
jarayonlarning kechishi va o'simliklarning oziq moddalam i yengil 
o‘zlashtiradigan holatga o ‘tisliida havoning xizmati kattadir. Tuproqdagi 
havo tarkibida azot, kislorod va karbonat angidrid bo ‘lib, miqdori 
o‘zgarib boradi. Atmosfera havosiga qaraganda tuproq havosida kislorod
12


kamroq bo‘ladi, karbonat angidrid esa ko‘proq bo‘ladi. Tuproq ha- 
vosida 20% atrofida kislorod bo‘lganda, o‘simlik yaxshi c ‘sa oladi va 
rivojlanadi. Tabiiy отШ аг — harorat, atmosferada bosimning o ‘zgarib 
turishi, shamol boMishi bilan — tuproq havosi atmosfera havosi bilan 
almashib turadi. Yog‘in-sochin, ekinlami sug‘orish tufayli tuproqdagi 
havo o'm ini suv egallab oladi. Tuproqdagi suvriing bug‘lanishi hiso- 
biga uning o ‘mida havo doimiy ravishda almashib turadi. Shunday qilib, 
tuproqda havo doimiy almashinib turadi. G ‘ovak qovushmali va nami 
kam bo‘lgan tuproqlarda, odatda, havo ko'p boiadi.
Tuproqning o ‘z qatlamlari orqali havoni o‘tkazish qobiliyatiga tu­
proqning havo o‘tkazuvchanlik xossasi deyiladi.
Tuproqning havo rejimini yaxshilash uchun organik va mineral 
o ‘g‘itlardan to ‘g‘ri foydalanish, yemi sifatli ishlash, ekinlarning qa­
tor oralarini yumshatish, qatqaloqni zudlik bilan yo‘qotish, sizot 
suvi yaqin yerlarda yerning zahini qochirish tadbirlari amalga oshirib 
borilishi kerak.
Tuproqning issiqlik xossalari
Tuproqda issiqlik harorati qanday paydo boiadi? Quyoshning quv- 
vati tuproqdagi organik moddalami parchalashi natijasida ajralib chiqa- 
digan issiqlik hamda yer ostidan ko‘tariladigan harorat hisobiga tuproq 
qiziydi. Chirindili qora tuproqlar va janubiy tomonga nishab bo ‘lgan 
yerlar tez va yaxshi qiziydi. Och tusli, o ‘simlik bilan qoplangan yer- 
laming tuprog‘i hamda nam tuproqlar sekin qiziydi.
Tuproqning issiqlik sig'imi deb, lg (solishtirma) yoki 1 sm3 (hajm) 
tuproqning 10°C gacha qizdirish uchun ketgan issiqlik miqdoriga ayti- 
ladi. Chirindili va semam tuproqlaming issiqhk sig‘imi yuqori bo‘ladi.
Tuproqning issiqlik о ‘tkazuvchanligi deb o ‘zi orqali issiqlik o'tkazish 
qobiliyatiga aytiladi va u Ism. qalinlikdagi Ism3 tuproqdan 1 sekundda 
o‘tgan issiqlik miqdori bilan belgilanadi. Chirindili tuproqlar issiqlikni 
sekin o ‘tkazadi va o ‘zida uzoq saqlab turadi. Chirindisi kam, struk- 
turasiz, zich holdagi tuproqlar issiqlikni yaxshi o ‘tkazadi, lekin uzoq 
saqlab tura olmaydi.
Tuproq reaksiyasi. Tuproq tarkibidagi mavjud bo‘lgan kislotali yoki 
ishqoriy sharoitda o ‘simliklar yaxshi rivojlana olmaydi. Odatda, tu p ­
roqlar neytral, kuchsiz kislotali yoki biroz ishqoriy bo‘lishi lozim. 
Masalan, bug‘doy, а ф а, qand lavlagi kabi ekinlarga neytral yoki 
biroz kislotali; kartoshka, pom id o rjav d ar ekinlari uchun biroz kislo-
13


tali tuproqlar m a’qul hisoblanadi. Tuproqning kislotaliligi eritmadagi 
vodorod ionlari (H +) bilan va ishqoriyligi gidroksid guruhi ionlari 
(OH ) mavjudligi bilan aniqlanadi. Tuproq reaksiyasi PH bilan ifoda 
etiladi va uning qiymati 7 ga teng bo‘lganda neytral, 7 dan katta bo‘lganda 
ishqoriy, 7 dan kichik bo‘lganda esa kislotali hisoblanadi. 0 ‘simliklaming 
normal o ‘sishi uchun tuproqning kislotaliligi (PH) 3,5 dan kichik,
9 dan katta bo‘lmasligi kerak.
Nazorat savollari
1. Tuproq xossalariga nimalar kiradi?
2. Tuproq g‘ovakliligi deb nimaga aytiladi?
3. Tuproqning qaysi qatlamida g‘ovaklilik yuqori bo‘ladi?
4. Tuproqdagi suv xossalarini so‘zlab bering.
5. Tuproqning issiqlik xossalarini tushuntirib bering.
6. Tuproq reaksiyasi nima?

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling