Texnologiyasi


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

0 ‘simlikning ichki tuzilishi
0 ‘simlikning ildiz, poya, barg, gul, meva, urug‘lari yaqqol ko‘zga 
tashlanib, uning rangi, tuzilishi, hajmi k o ‘rinib turadi. Biroq, 
o'simlikning ichki qismlari — hujayralami yuz, ming va undan ham 
kattaroq qilib ko‘rsatadigan mikroskoplarda ko‘rib, uning bo‘yi, eni 
va qalinligini o‘lchash, harakatini aniqlash mumkin.
Hujayra. 0 ‘simlikning barcha a’zolarida hujayralar bo‘ladi. Hujayra 
ichi toza, silliq modda-shilimshiq bilan to ‘lgan bo‘ladi. Buni pro- 
toplazma deyiladi. Protoplazma genlari o'rtasidagi bo ‘sh joylar vakuol 
deb ataladi. Hujayra ichidagi shilimshiq moddaning bir qismi berch 
tuguncha holida bo‘lib, yadro deyiladi. Yadro va protoplazm a hujay- 
raning eng muhim qismidir. Bular to ‘yinadi, o ‘sadi, nafas oladi, 
harakat qiladi va urchiydi. Hujayra yadrosi bir qancha murakkab jarayon- 
lardan keyin ikkiga bo‘linadi. Bu bilan hujayra ham ikkiga bolinadi. Bu 
hujayralar ham bo'linishda davom etadi. 0 ‘simlik a’zolaridagi hujayralar 
xilma-xil ko‘rinishda, katta-kichiklikda bo‘ladi. Hujayra po ‘sti mus- 
tahkam modda — kletchatkadan iborat.
To'qimo. Yonma-yon turgan bir xil hujayralar to ‘qimani tashkil 
etadi. 0 ‘simlik a ’zolarida to ‘qim alar turlicha b o ‘ladi. M asalan, 
o ‘tkazuvchi to ‘qima uzun hujayralardan iborat bo'lib, ingichka tom o- 
ni bilan bir-biriga ulashib, uzun nay hosil qiladi. Ushbu naylar orqali 
mineral va organik moddalar harakat qiladi. To'qim alar so‘ruvchi, 
qoplovchi bo‘lishi mumkin.
O'simlikning tashqi tuzilishi
Ildiz. Ildiz, aw alo, o ‘simlikni tuproqda mahkam uslilab turadi. 
0 ‘simlik, asosan, tuproqdagi suv va suvda erigan oziq moddalami 
ildizi orqali oladi. 0 ‘simlik ildizlari 2 xil: o ‘q ildiz va popukli ildiz 
bo‘ladi. G ‘o ‘za, beda o ‘simliklari o ‘q ildizli va g'alladonli o ‘simliklari 
popuk ildizli bo‘ladi. G ‘o ‘zaning ildizi 2,4-2,6 m, beda ildizi esa 10-15 
m gacha chuqurlikka o ‘sadi. Bug‘doy, arpa, sholi kabi o ‘simliklarda 
yon ildizlar bosh ildiz bilan barobar o ‘sib, popuk hosil qiladi. Ildizlar 
soqolga o ‘xshab ketadi. Professor Maksimovning hisoblashicha, 1 tup 
kuzgi javdarning dastlabki ildizlari 143 donaligi, ildizdagi shox-bu- 
toqlar 14 mln. donaligi, ularni bir-biri bilan ketma-ket ulanganda 
600 kilometrga yetishi aniqlangan.
0 ‘simlik ildizi. 1) ildiz uclii, 2) o ‘sish zonasi, 3) so‘ruvchi qismi, 
ildiz tukchalari bilan birga va 4) ildizning tuksiz qismidan iborat bo‘ladi.
20


l- r a s m . K o ‘p o'riladigan 
raygrasning ildizlari.
2—rasm. Ildiz xillari: 
1-bug‘doyning popuk ildizi; 2-lav - 
lagi ildizi; 3-g‘o ‘zaning o ‘q ildizi
Ildiz tukchalari orqali tuproqdagi suv va unda erigan oziq moddalar 
so‘riladi va ildiz tukchalaridan naychalarga, so‘ng ildizning yo‘g‘on 
qismiga, poyaga, barg va mevasiga qarab harakat qiladi.
Poya. Ildiz orqali olingan tuproqdagi suv va suvda erigan oziq m od­
dalar poya yordamida barglarga, barglarda paydo bo‘lgan organik modda 
yana poya yordamida ildizga, meva va boshqa a’zolarga tomon harakat 
qiladi. Poya barglami quyosh nuri tushadigan holatda ushlaydi, natijada 
bargda organik modda hosil bo‘ladi. Poya vegetativ ko‘pavish xususiyatiga 
ham ega. 0 ‘simlik poyalarining ko‘iinishi har xil. Daraxt poyalarga daraxt, 
butalar kiradi. 0 ‘tlar o ‘t poyadan iborat. Kovak poyalar ham bo‘ladi. 
Bunga qamish, bug‘doy, arpa, suli kabi ekinlar poyasi kiradi. Oqjo‘xori, 
kungaboqar ekinlari g‘ovak poyali hisoblanadi. Poyalar tik turuvchi 
(g‘o‘za), yer bag‘irlab o‘suvchi (poliz ekinlari), chirmashib o ‘suvchi 
(loviya), ilashib o ‘suvchi (no‘xat) poyalarga boMinadi.
Ildiz poya tuproq ichidagi poya hisoblanadi, masalan, bug‘doyiq, 
kattabosh kabi o‘tlar, g‘allasimon o ‘simliklar, ba’zi g‘umay kabi be- 
gona o ‘tlar ildiz poyadan iborat. Kartoshka ham o ‘simlikning tuproq 
ichidagi poyasidir.
0 ‘simlik poyalaridan kurtak, qo ‘shim cha kurtaklar chiqishi 
mumkin. Poyaning yon kurtagidan o ‘simlik shoxi o ‘sib chiqadi. Agar
21


poya yoki yon shox uchki kurtakdan o ‘sib chiqsa, bunday shoxlarni 
o‘suv shoxi deyiladi, yon shoxdan o‘sib chiqib, uchki kurtak g‘unchaga 
aylansa, bunday shoxni hosil shoxi deyiladi.
0 ‘simlik poyasining ichi yirik va mayda hujayralardan iborat bo‘ladi. 
Mayda hujayralarning bir guruhi naysimon shaklda bo‘ladi. Bulami 
nay to ‘qima deyiladi. Bu to ‘qimalar uzun tolalar tutam ini hosil qiladi. 
Poya tagidan yuqoriga tomon ko‘tarilgan tolalar tutam idan har bir 
bargga qarab, ayrim nay tola tutamlari ajralib chiqadi. Ushbu nay tola 
tutami barg shapalog‘iga mayda tomir ko‘rinishida taraladi. Nay-tola 
tutamining poya sirtiga yaqin joylashgan qismi lub, tutamning poya 
ichiga joylashgan qismi yog‘ochlik, poyaning markaziy qismini o‘zak 
deyiladi. Barcha o ‘tsimon va bir yillik daraxtsimon o ‘simliklarning 
poyalari ana shunday tuzilgan.
Barg. 0 ‘simlik bargi havodan oziq moddalar olib, suvni bug‘lantirib 
turadi. Bug‘lanish davrida tuproqdan ildiz, poya orqali suv va suvda 
erigan oziq moddalar bargga ko‘tariladi. Bargdan suv bug‘lanishi bois 
yozning jazirama issiq paytlarida ham o‘simlik qizib ketishdan saqlanadi.
Barg po ‘sti bargni ost va ust tomondan qoplab oladi. Po‘stning 
hujayralari o ‘ta nafisdir, u quyosh yorug‘ligini barg ichiga bemalol 
o ‘tkazib beradi. Barg po‘sti hujayralari orasida juft-juft joylashgan 
alohida hujayralar ham bor. H ar bir juft hujayra orasidagi yoriqcha
- og‘izcha deyiladi. Tashqi havo mana shu og‘izchalardan kiradi, barg 
ichidagi suv bug‘i va turli xil gazlar ham shu og‘izchalardan chiqadi. 
Og‘izcha hujayralari kechasi yopilib, kunduzi ochilib turadi. Ko‘pchilik 
o'simlik barglarida og‘izchalar barg shapalog‘ining ost tom onida joy- 
lashadi. Og‘izchalar juda ko‘p, ba’zan miUiontagacha bo‘ladi. Barg po‘sti 
ostida barg eti bo‘lib, unda juda yupqa hujayralar bo ‘ladi. Ushbu hu- 
jayralaming protoplazmasida alohida dumaloq donachalar joylashadi. 
Bu donachalam i yashil tusga kiritib turadigan alohida modda bo‘lib, 
uni xlorofill deyiladi. Xlorofillning yashil rangdahgini bihsh uchun 
bargni ezib, spirtga solamiz. Xlorofill spirtda eriydi, barg donachalari 
erimaydi, balki rangsiz bo‘lib qoladi.
Quyosh nuri barg ichiga kiradi. Quyosh nuri energiyasini xlorofill 
donachalar o ‘ziga singdirib oladi. 0 ‘simhk karbonat angidridning kar- 
bon (uglerod) ini olib, kraxmal hosil qilish uchun sarflaydi. Bundan 
ajralgan kislorod barg og‘izchalari orqali tashqariga chiqib ketadi. Mana 
shu murakkab jarayon fotosintez deb ataladi. Barg ichida hosil bo'lgan
22


kraxmai keyinchalik qandga aylanadi, qand suvda oson eriydigan bo‘lgani 
uchun suv bilan birga o ‘simlikning boshqa barcha a ’zolariga tarqaladi. 
0 ‘simlikning har xil to ‘qirna va hujayralarida qanddan oqsil, moy, 
vitamin, kauchuk hamda boshqa moddalar hosil boladi.
Gul. 0 ‘simlik ko‘pincha urug‘idan ko‘payadi. U m g‘ paydo bo‘lishi 
uchun dastlab bu o ‘sim!ik voyaga yetishi, gullashi va shu guldan meva 
(ichida urug‘) hosil bolishi kerak. 0 ‘simlik bargining qo‘ltig‘idan yon 
shox chiqib, ushbu yon shoxda gul paydo bo‘ladi. Gulning o‘simlikka 
tutashgan joyi gul bandi hisoblanadi. Gul bandming kengaygan qismini
- guidon deyiladi. Guldonda gulning hamma qismlari joylashadi. Qism- 
lar to'garak - to ‘garak holida boladi. Yasliil bargchalardan iborat bolgan 
birinchi to ‘garak - gulkosani tashkil etadi. Ikkinchi to ‘garakni gul- 
tojibarglar tashkil etadi. Uchinchi to‘garakda gul otaliklari joylashadi. 
Otaliklarda gul changi hosil bo‘ladi. Gul changi gul onaligini chang- 
laydi. Gul otaligining changdoni ichida chang joylashadi. Changni mik- 
roskop orqali ko'rish mumkin. Gul markazida gul onaligi boMadi. Gul 
onaligini ng ostki qismi tuguncha deyiladi. Onalik tugunchasi bitta, 
ikkita, uchta yoki ko‘p xonachalardan iborat. Bu xonachalaming ichida 
mayda oqish donachalar joylashadi. Bunga urug‘ kurtak deb ataladi. 
Bu urug‘ kurtaklar urug‘lanib, urug‘ hosil qiladi. Ba’zi o ‘simliklarda 
(masalan, olma daraxtining gulida) onalik tugunchasi guldonning ichida
3—rasm . P oyaning shox- 
lardshi: 1-g‘o ‘zaning h o ­
sil shoxi; 2 -g ‘o ‘z a -n in g
o ‘suv shoxi.
4 —rasm . G ‘o ‘za g ulining 
k o 'n d a la n g kesim i: 1-gul 
bandi; 2-shona barg; 3-gul 
k o s a ; 4 - g u lto jib a r g ; 5 - 
changchi: 6 -tuguncha; 7- 
urug‘cha tum shuqchasi.
5-rasm . G ‘o ‘za guli va bar- 
g id a s h ira d o n (n e k ta r- 
nik)lam ing joylashuvi: 1- 
gul tashqarisidagi; 2-gul 
ichidagi sliiradon; 3-barg 
shiradoni.
23


bo‘lib, gulning boshqa qismlari onahk tugunchasining ust tomonida 
joylashadi. B unday tugunchani quyi tu g uncha deyiladi. B a’zi 
o‘simliklarda (masalan, g‘o ‘za, beda) onalik tugunchasi guldondan 
yuqorida boiadi. Buni ustki tuguncha deb ataladi.
Gulda shiradon bo‘lib, undan shira chiqib turadi. Hashoratlar shirani 
va gul changini olib, gulni changlatadi. Gulning asosini otalik va onalik 
a’zolari tashkil etadi. 0 ‘simlik gullarida ham otalik, ham onalik joylashgan 
bo‘lsa, bunday gullami qo‘sh jinsli gul deyiladi. Bunga g‘o ‘za, beda, 
olma, pomidor, qalampir va boshqalar kiradi. Ba’zi o‘simliklaming gullarida 
yolg‘iz otalik yoki onalik a’zolari boiadi. Bunday gullami yakka jinsli gul 
deyiladi. Gulda yolg‘iz otalik boisa — erkak gul, yoliz onalik bo‘Isa — 
urg‘ochigul deyiladi. Agar bir o‘simlikda yolg‘iz otalik, ikkinchi bir 
o‘simlikda yolg‘iz onalik a’zosi bo‘lsa, ikki uyli o‘simlik deb ataladi, chunki 
otalik ham, onalik ham ikkita o‘simlikda, yani 2ta uyda bo‘ladi. Masalan, 
terak, tol, nasha o‘simliklarida shunday. Bir o‘simlikning o‘zida gullariga 
yolg‘iz otalik a’zosi yoki onalik a’zosi joylashgan o‘simliklar ham bor. 
Buni bir uyli o‘simliklar deyilib, qovoq, qovun, bodring, makkajo‘xori 
kabilar ana shunday o ‘simliklar jumlasiga kiradi.

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling