Texnologiyasi


 -§ . Begona o ‘tlar va ularga qarshi kurash


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

5 -§ . Begona o ‘tlar va ularga qarshi kurash
Begona о ‘tlar haqida tushuncha
Ekinlar orasida yowoyi holda o‘sadigan va ulaming rivojlanishiga 
xalaqit beradigan o‘simliklarga begona o ‘tlar deyiladi. Begona o‘tlar
29


dalalarda, o‘tloqlarda, bog‘ va tokzorlarda, uvat va yo‘l yoqalarida, 
ariq, zovur bo‘ylarida va boshqa joylarda uchraydi.
Begona о ‘1 laming zarari. Ekinlar o ‘sadigan dalalardagi begona o‘tlar 
tuproqdagi suv va oziq moddalami so‘rib oladi. Begona o ‘tlar tez va 
qalin o‘sib, asosiy ekinni siqib qo‘yadi. Natijada tuproq yuzasidagi 
issiqlik 2-4° gacha pasayadi. Yorug‘lik yetishmasligidan fotosintez jarayoni 
sekinlashadi, quruq moddalar yetarlicha hosil bo‘lmaydi. 0 ‘simlik nim- 
jon, nozik bo‘lib o ‘sadi va hosildorlik kamayadi.
Begona o ‘tlar madaniy o‘simliklarga qaraganda tuproqning haydal­
ma qatlamidagi oziq moddalami tezroq va ko‘proq o‘zlashtiradi. Masalan, 
lattatikan g‘alla ekinlariga nisbatan azotni 1,5 marta, kaliyni ikki marta 
tez va ko‘p o ‘zlashtiradi. Yoki olabo‘ta bug‘doy, arpa va makkajo‘xori 
ekiniga nisbatan 2-3 marta ko‘p suv ichadi.
Begona o ‘tlardan, ayniqsa, sho‘ra, m achin, g ‘umay, yovvoyi 
gultojixo‘roz kabilar g‘alla ekinlari orasidan olib tashlanmasa, g‘alla 
pishgunga qadar qurib, yog'och kabi qattiq bo‘lib, don o ‘rish kombayn- 
larining ishiga xalaqit beradi, don o ‘rish qismlariga o ‘ralashadi, uni 
sindiradi, qurigan begona o‘tlaming barg, poya, urug'lari paxta va 
don sifatini buzadi. Ish unumi pasayadi. Begona o ‘tlar suv yo‘llarini 
to ‘sib qo‘yadi, ildizi kuchli begona o ‘tlar yerni kuzda haydash davrida 
omochlarga shikast yetkazadi.
Ketmon chopig'i o‘tkazishda g‘o‘za ko‘chatlari ham chopilib keta- 
di. Kuchli o‘t bosgan yerlarda g‘o ‘za ko‘chatlari 25-30%ga kamayib 
ketish hollari bo'lganligi kuzatilgan.
Begona o ‘tlar ekinlarning zararkunanda va kasalliklarini tarqatuv- 
chi manba hamdir. Chunki o ‘rgumchakkana, o‘simlik biti, ko‘k qurt, 
ko'sak qurti, karadrina kabi zararli hasharotlar aw al begona o ‘tlarda 
paydo bo‘lib, so‘ngra g‘o ‘zani zararlashga o‘tadi.
Turli kasalliklarning zam burug', bakteriya, viruslari begona 
o ‘tlar va tuproq orasida qishlab ko‘payadi. M asalan, karadrina ba- 
horda qo‘ypechakda rivojlanadi, keyin g‘o ‘zani zararlaydi. Bo‘ztikan, 
sutlama, pechak va yantoqda o ‘rgumchakkana, pechakda shira
b o ‘ztikan va pechakda beda tunlam i, urug‘h o ‘r, karadrina rivojla­
nadi, so‘ng ular madaniy o ‘simliklarni zararlaydi. G ‘o ‘zaning eng 
xavfli kasalliklaridan biri bo ‘lgan vilt zam burug‘i tuproqda, begona 
o'tlam ing poyasi, bargi, ildizida bo'lib, kasallik tarqatish makoni 
hisoblanadi.
30


Begona o ‘t urug‘lari ko’pincha dalaga yaxshi tozalanmagan ekin 
urug‘iari bilan kirib keladi. Ekin ekilmaydigan tashlandiq yerlar, 
ch o llar, yaylovlar begona o'tlam ing tarqalish joyi hisoblanadi.
Begona o ‘t urug‘lari shamol, suvlar, uy hayvonlari, odam va trans­
port vositalari yordamida uzoq joylarga tarqaladi. Masalan qoqio't, 
lattatikan, oqbosh, sutcho'p, bo‘ztikan, qamish kabi begona o'tlarning 
uchmali urug‘lari shamol yordamida bir necha kilometr masofaga tar- 
qalishi mumkin. Qo‘ytikan, sho‘ra, yovvoyi gult.ojixo‘roz kabilar il­
diz bo‘g‘zidan yaxlit uzilib, shamolda dalalar bo‘ylab dumalab yuradi 
va yo‘l-yo‘lakay urug‘ini to'kib boradi. G ‘umay, shamak, kurmak, 
semizo‘t, ituzum, g‘o ‘zatikan, chirmovuq va boshqalar suv orqali 
tarqaladi. Chorva hayvonlarining go'nglari orqali ham begona o ‘t 
urug‘lari tarqaladi. Shuning uchun go‘ngni yerga solishdan oldin, al- 
batta, chiritish lozim. G ‘umay va ajriqning ko‘p yillik ildiz poyalari 
yemi ishlashda bo‘linadi, mavdalanadi, qirqilib ketadi va tarqaladi. 
Kuzatishlardan m a’lum bo'lganki, suv yo‘li bir bo ‘lgan, yonm a- 
yon joylashgan sabzavotchilik xo‘jaligidan paxta yetishtiruvchi xo‘jalik 
yerlariga 7-8 xil begona o ‘tlaming urug‘lari suv yuzasida oqib o ‘tadi. 
Ba’zi begona o‘t urug-lari va mevalarida har xil qanotcha, uchma tuk va 
pufakchalar bo'lganidan, ular shamol oqirni bilan juda uzoq joylarga 
(tarqalaveradilar. Cho‘l, dashtlarda ko‘pincha shamol uyurmalari o‘tiami 
uchirib, uzoq masofaga keltirib tashlaydi.
Begona o ‘tlarning biologik xususiyatlari
K o‘pchilik begona o'tlar asosan erta pishib, urug‘ tugadi. Madaniy 
o‘s.imliklaniing hosilini yig‘ib olingunga qadar begona o‘t urug‘i yetilib, 
yerga to‘kiladi. Biologik xususiyatlari bo‘yicha begona o‘tlar qisqa umr- 
lilarga, bir yoki ikki yilliklarga (ikki pallali va bir pallalilarga) va ko‘p 
yilliklarga (ikki pallalilarga va bir pallalilarga) bo‘linadi.
Begona o‘tlaming urug‘lari har xil haroratda unib chiqadi. Masalan, 
yulduz o‘tining urug‘i 3° haroratda, yaltirbosh urug‘i 10-12° da, bir 
yillik begona o ‘tlardan gultojixo‘roz, kurmak, qo‘ytikan 23-27° da, 
g'umay, ajriq va qo‘ypechak urug‘lari 25-30° da unib chiqadi. Begona 
o'tlar ko‘p urug‘ beradi. Uni quyidagi jadvalda yaqqolroq ko‘ramiz.
Begona o ‘tlar qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lib, ildiz tizimi chuqur 
joylashadi. Sharoitga yaxshi moslashib oladi. Bular madaniy o ‘simlikka 
nisbatan suvda qiyin eriydigan oziq moddalami ham yaxshiroq o‘zlashtiradi.
31



Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling