Texnologiyasi
-§ . Begona o ‘tlar va ularga qarshi kurash
Download 16 Kb. Pdf ko'rish
|
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`
5 -§ . Begona o ‘tlar va ularga qarshi kurash
Begona о ‘tlar haqida tushuncha Ekinlar orasida yowoyi holda o‘sadigan va ulaming rivojlanishiga xalaqit beradigan o‘simliklarga begona o ‘tlar deyiladi. Begona o‘tlar 29 dalalarda, o‘tloqlarda, bog‘ va tokzorlarda, uvat va yo‘l yoqalarida, ariq, zovur bo‘ylarida va boshqa joylarda uchraydi. Begona о ‘1 laming zarari. Ekinlar o ‘sadigan dalalardagi begona o‘tlar tuproqdagi suv va oziq moddalami so‘rib oladi. Begona o ‘tlar tez va qalin o‘sib, asosiy ekinni siqib qo‘yadi. Natijada tuproq yuzasidagi issiqlik 2-4° gacha pasayadi. Yorug‘lik yetishmasligidan fotosintez jarayoni sekinlashadi, quruq moddalar yetarlicha hosil bo‘lmaydi. 0 ‘simlik nim- jon, nozik bo‘lib o ‘sadi va hosildorlik kamayadi. Begona o ‘tlar madaniy o‘simliklarga qaraganda tuproqning haydal ma qatlamidagi oziq moddalami tezroq va ko‘proq o‘zlashtiradi. Masalan, lattatikan g‘alla ekinlariga nisbatan azotni 1,5 marta, kaliyni ikki marta tez va ko‘p o ‘zlashtiradi. Yoki olabo‘ta bug‘doy, arpa va makkajo‘xori ekiniga nisbatan 2-3 marta ko‘p suv ichadi. Begona o ‘tlardan, ayniqsa, sho‘ra, m achin, g ‘umay, yovvoyi gultojixo‘roz kabilar g‘alla ekinlari orasidan olib tashlanmasa, g‘alla pishgunga qadar qurib, yog'och kabi qattiq bo‘lib, don o ‘rish kombayn- larining ishiga xalaqit beradi, don o ‘rish qismlariga o ‘ralashadi, uni sindiradi, qurigan begona o‘tlaming barg, poya, urug'lari paxta va don sifatini buzadi. Ish unumi pasayadi. Begona o ‘tlar suv yo‘llarini to ‘sib qo‘yadi, ildizi kuchli begona o ‘tlar yerni kuzda haydash davrida omochlarga shikast yetkazadi. Ketmon chopig'i o‘tkazishda g‘o‘za ko‘chatlari ham chopilib keta- di. Kuchli o‘t bosgan yerlarda g‘o ‘za ko‘chatlari 25-30%ga kamayib ketish hollari bo'lganligi kuzatilgan. Begona o ‘tlar ekinlarning zararkunanda va kasalliklarini tarqatuv- chi manba hamdir. Chunki o ‘rgumchakkana, o‘simlik biti, ko‘k qurt, ko'sak qurti, karadrina kabi zararli hasharotlar aw al begona o ‘tlarda paydo bo‘lib, so‘ngra g‘o ‘zani zararlashga o‘tadi. Turli kasalliklarning zam burug', bakteriya, viruslari begona o ‘tlar va tuproq orasida qishlab ko‘payadi. M asalan, karadrina ba- horda qo‘ypechakda rivojlanadi, keyin g‘o ‘zani zararlaydi. Bo‘ztikan, sutlama, pechak va yantoqda o ‘rgumchakkana, pechakda shira, b o ‘ztikan va pechakda beda tunlam i, urug‘h o ‘r, karadrina rivojla nadi, so‘ng ular madaniy o ‘simliklarni zararlaydi. G ‘o ‘zaning eng xavfli kasalliklaridan biri bo ‘lgan vilt zam burug‘i tuproqda, begona o'tlam ing poyasi, bargi, ildizida bo'lib, kasallik tarqatish makoni hisoblanadi. 30 Begona o ‘t urug‘lari ko’pincha dalaga yaxshi tozalanmagan ekin urug‘iari bilan kirib keladi. Ekin ekilmaydigan tashlandiq yerlar, ch o llar, yaylovlar begona o'tlam ing tarqalish joyi hisoblanadi. Begona o ‘t urug‘lari shamol, suvlar, uy hayvonlari, odam va trans port vositalari yordamida uzoq joylarga tarqaladi. Masalan qoqio't, lattatikan, oqbosh, sutcho'p, bo‘ztikan, qamish kabi begona o'tlarning uchmali urug‘lari shamol yordamida bir necha kilometr masofaga tar- qalishi mumkin. Qo‘ytikan, sho‘ra, yovvoyi gult.ojixo‘roz kabilar il diz bo‘g‘zidan yaxlit uzilib, shamolda dalalar bo‘ylab dumalab yuradi va yo‘l-yo‘lakay urug‘ini to'kib boradi. G ‘umay, shamak, kurmak, semizo‘t, ituzum, g‘o ‘zatikan, chirmovuq va boshqalar suv orqali tarqaladi. Chorva hayvonlarining go'nglari orqali ham begona o ‘t urug‘lari tarqaladi. Shuning uchun go‘ngni yerga solishdan oldin, al- batta, chiritish lozim. G ‘umay va ajriqning ko‘p yillik ildiz poyalari yemi ishlashda bo‘linadi, mavdalanadi, qirqilib ketadi va tarqaladi. Kuzatishlardan m a’lum bo'lganki, suv yo‘li bir bo ‘lgan, yonm a- yon joylashgan sabzavotchilik xo‘jaligidan paxta yetishtiruvchi xo‘jalik yerlariga 7-8 xil begona o ‘tlaming urug‘lari suv yuzasida oqib o ‘tadi. Ba’zi begona o‘t urug-lari va mevalarida har xil qanotcha, uchma tuk va pufakchalar bo'lganidan, ular shamol oqirni bilan juda uzoq joylarga (tarqalaveradilar. Cho‘l, dashtlarda ko‘pincha shamol uyurmalari o‘tiami uchirib, uzoq masofaga keltirib tashlaydi. Begona o ‘tlarning biologik xususiyatlari K o‘pchilik begona o'tlar asosan erta pishib, urug‘ tugadi. Madaniy o‘s.imliklaniing hosilini yig‘ib olingunga qadar begona o‘t urug‘i yetilib, yerga to‘kiladi. Biologik xususiyatlari bo‘yicha begona o‘tlar qisqa umr- lilarga, bir yoki ikki yilliklarga (ikki pallali va bir pallalilarga) va ko‘p yilliklarga (ikki pallalilarga va bir pallalilarga) bo‘linadi. Begona o‘tlaming urug‘lari har xil haroratda unib chiqadi. Masalan, yulduz o‘tining urug‘i 3° haroratda, yaltirbosh urug‘i 10-12° da, bir yillik begona o ‘tlardan gultojixo‘roz, kurmak, qo‘ytikan 23-27° da, g'umay, ajriq va qo‘ypechak urug‘lari 25-30° da unib chiqadi. Begona o'tlar ko‘p urug‘ beradi. Uni quyidagi jadvalda yaqqolroq ko‘ramiz. Begona o ‘tlar qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lib, ildiz tizimi chuqur joylashadi. Sharoitga yaxshi moslashib oladi. Bular madaniy o ‘simlikka nisbatan suvda qiyin eriydigan oziq moddalami ham yaxshiroq o‘zlashtiradi. 31 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling