Texnologiyasi
Download 16 Kb. Pdf ko'rish
|
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`
O'simlikning о ‘sishi va rivojlanishi
0 ‘simlik o‘sganda hajmi kattalashadi. Rivojlanganda esa, o‘suv nuqtadagi hujayrada murakkab sifat o‘zgarishlar ro‘y beradi, ya’ni gul, meva, urug‘ hosil bo‘ladi. Sifat o‘zgarishlari ro‘y beradigan davr rivojlanish deyiladi. Rivojlanish davrida o‘siinlikda birorta o ‘zgarish sodir bo'ladi. Masalan, unib chiqish davrida — o'simlik yer betida ko‘rinadi; tuplanish davrida poyalaydi, gullash davri bo‘ladi va hakazo. Urug'ning unib chiqishi Urug‘ning unib chiqishi uchun yetarli miqdorda namlik, havo va issiqlik kerak. Urug'ning bo‘rtishi, zarur oziq moddalarning erislii uchun suv kerak. Har uchala omildan birortasi b o ‘lmasa, u m g‘ ko‘karmaydi. Urug‘ o ‘sayotganda nafas oladi, ya’ni kislorod sari'qila di. Kislorod urug‘ ichidagi organik moddalami oksidlab qo‘yadi. Bun day organik tnoddadagi uglerodga kislorod qo‘shilib, gaz, suv va issiq lik paydo bo‘ladi. Har qanday tirik organizm, albatta, nafas oladi. Hayvonotlarda ham, o ‘simlik!arda ham kislorodsiz hech qanday tirik- lik jarayoni kechmaydi. 0 ‘sayotgan urug' kimyoviy o ‘zgarishlar natijasida (kraxmai, moy, oqsil) eritma holiga keladi, so‘ngra bu eritmadan urug‘ murtagi foy- dalanadi. Kimyoviy o ‘zgarishlar urug‘dagi fermentlar ta ’sirida bo‘ladi va kraxmai qandga aylanadi. Ana shunday sharoitda murtak urug‘ po‘stini yorib, kurtakchadan poya ko‘karib chiqadi. Dastlabki ildizlar tez rivojla- nadi. Bug‘doy undirilib, kraxmai qandga aylangan ko‘karish davrida sumalak pishirilsa, mazali va to ‘yimli boMadi. 0 ‘simlik hayotida suvning ahamiyati Suv o ‘simlik hayoti uchun zarur omildir. Urug‘ni quruq holida bir necha yil saqlash mumkin. Ammo urug‘ h o ‘llansa, muayyan haroratda tezda o ‘sa boshlaydi va suvda erigan oziq moddalar, suv o ‘simlikka uning ildiz tukchalari orqali kiradi. Ildizning naysimon to ‘qimalariga, undan yirikroq ildizga va poyaga o ‘tadi. Poyadagi naysi- 26 mon to ‘qimalariga, undan yirikroq ildizga va poyaga o ‘tadi. Poyadagi naysimon to ‘qimalar orqali suv yuqoriga ko‘tarilib, shoxchalarga, undan barg bandiga va barg tomirlariga o ‘tadi. Suv barg etining bulutsimon g'ovak to‘qimasiga tushib, bu yerda fotosintez jarayonida ishtirok etadi, ortiqcha qismi barg og‘izchalari orqali bug‘lanib, havoga ko‘tariladi. 0 ‘simliklar bir gramm organik modda hosil qilish uchun 200 grammdan 500 grammgacha suvni o'zidan o ‘tkazib, bug‘latib yuborishi kerak. 0 ‘simlikda suv doimo harakatda bo‘ladi. Suvni k o ‘p sarflaydigan o ‘sim lik lar suvsevar, kam sarflaydiganlari qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklar deyiladi. Masalan, beda, sholi, g‘o‘za, karam o ‘simliklari suvsevar o'simliklar jumlasiga kiradi. Tariq, maxsar, oqjo‘xori, o ‘rik, bodom, yong‘oq, yantoq kabi ko‘plab o‘sitnliklar qurg'oqchilikka chidamli bo‘lib, ildizlari tarmoqlanib o‘sadi va ko‘plab ildiz tukchalari hosil qiladi. Masalan, g‘o‘za o‘simligi gullash, ko‘saklash davrida chanqatib qo‘yilsa shona, gul, tugunchalarini to‘kib yuboradi. 0 ‘simlik hayotida oziq moddalaming ahamiyati 0 ‘simlikning asosiy qismi kislorod, vodorod va ugleroddan ibo rat bo ‘lib, o ‘simlik ushbu elementlami suvdan hamda havodagi kar- bonat angidrid gazidan oladi. 0 ‘simlik hujayrasining shilimshiq mod- da- protoplazmasi tarkibida kislorod, vodorod, azot, fosfor, oltin- gugurt, kaliy, magniy, kalsiy, krem niy, tem ir, m arganets, bor, mis va boshqa elem entlar bo‘ladi. Bular 0 ‘simlikning o ‘sishi va rivojlanishi uchun xizmat qiladi. Azot hujayra protoplazmasining oqsil modda tarkibiga kiradi. Fosfor hujayra yadrosida bo ‘ladi hamda o 'sim lik n in g nafas olish jaray o n id a q atn ash ad i. S huningdek, 0 ‘simlikning gullashi, hosil tugishi va urug‘ berishiga yordamlashadi. Kaliy o‘simlik poyasini baquwat qiladi. Mevani to ‘liq bo‘lishi va krax- mal to ‘planishiga ta ’sir qiladi. Kalsiy moddasi o ‘simlik ildizining yaxshi o ‘sishiga yordam beradi. Kalsiy yetishmasa, ildiz chiriydi. Magniy moddasi xlorofill donachalari tarkibiga kiradi. 0 ‘simlikda ko‘proq azot yetishmovchiligi bo‘lib turadi. Azot m od dasi dukkakli o ‘simliklar (beda, sebarga, mosh, no ‘xat, loviya kabi- lar) ildizida alohida bakteriya - tuganak bakteriyasi yashaydi. Mana shu bakteriyalar havodagi azotni mineral azotga aylantiradi. Tuganak bakteriyasi tuproqdan ildizga kiradi, ildizning shu yerida kichikroq g‘udda tuganak paydo bo‘ladi. Bu bakteriyalar o ‘simlikdagi uglevod bilan to ‘yinib, yashaydi va havodagi azotni o ‘zlashtirib, uni 27 o‘simlikka bop holga keltiradi. Shuning uchun dukkakli ekin ekilgan yerda azot ko‘p to'planadi. Ushbu ekinlardan so‘ng boshqa ekin ekil- ganda m o‘l hosil beradi. Bo‘z tuproqlarda uch yil beda o‘stirilgan yerda ildizlari bilan qo'shib hisoblanganda bir gektarda o‘rtacha 650-750 kg gacha azot to ‘planadi. 0 ‘simlik hayotida issiqlikning ahamiyati 0 ‘simliklaming yosh davrida pastroq issiqlik, o'sgan sayin (gul- lash, hosil tugish davrlarida) yuqoriroq issiqlik kerak bo‘ladi. Bug‘doy, suli, аф а, javdar singari ekinlaming urug'larini ko‘karishi uchun 1- 2° issiqlik kerak bo‘lsa, eng qulay issiqlik 25° bo‘lishi kerak. Sholi, oq jo ‘xori, makkajo‘xori, g‘o‘za ekinlarining urug'lari uchun 10-12°C kerak boiadi. Issiqlik o'simlikning rivojlanishiga katta ta’sir qiladi. G ‘o ‘za o'simligi uchun optimal harorat 25-30° hisoblanadi. Agar harorat 25° dan pasaysa, g'o'zaning rivojlanishi sekinlashadi, 17° dan pastlab ketsa, g‘o‘zaga yomon ta’sir ko'rsatadi. Harorat 36-37° dan ortib ketsa, o ‘simlik to'qimalarini qizdirib yuboradi. 40° dan ortganda esa, guldagi chang- laming hayotchanligi yo'qoladi, changlanish yomon o'tadi. Gullar urug‘lanmasdan to'kilib ketadi. G ‘o ‘za navlariga qarab, ko'saklar ochilishi uchun 1560° dan 2000° gacha foydali harorat olishi kerak. 0 ‘simlik hayoti uchun yorug'likning ahamiyati 0 ‘simlikdagi organik moddaning paydo bo'lish hodisasi yorug'likda yuz beradi. 0 ‘simlik qorong‘uda ham o ‘sadi. Biroq yashil barg, poya o ‘rniga oqish-sariq barg-poya chiqaradi. Qorong‘ida o ‘simlik bo‘yi cho‘ziladi, yoruglikda esa, bo'yiga cho'zilishi sekinlashadi. Shuning uchun ham, kartoshka yoruqqa yoyib, ko‘kartirilganda uning “ko‘zi”dan chiqadigan o ‘simtasi cho'zilib ketmay, balki 0,5 sm, ko‘tarilgan holda qoladi. 0 ‘simliklar, umuman, kunduzgiga qaraganda kechasi tez o‘sadi. 0 ‘simliklaming nafas olishi 0 ‘simliklar inson va hayvonlar singari nafas oladi. Masalan, una boshlagan u ru g ‘, o ‘sayotgan poya, ildiz ko ‘p havo (kislorod) bo lish in i talab qiladi. Nafas olish jarayoni o‘simliklardagi assimi- latsiya jarayoniga, ya’ni uglerodni o'zlashtirish jarayoniga butunlay qarama-qarshi bir hodisadir. 0 ‘simlik uglerodni o ‘zlashtirayotganida karbonat angidrid gazni yutib, kislorodni clnqaradi. Nafas olishda esa, aksincha, kislorodni yutib, karbonat angidrid gazni chiqaradi. 0 ‘simlik uglerodrii yutganda quyosh energiyasini o ‘zlashtiradi, nafas 28 olishda esa, energiyani issiqlik sliaklida chiqaradi. Ana shuning uchun ham, unayotgan, ya’ni nafas olish jarayoni kuchli kechayotgan urug‘ qizib ketadi. Urug‘ning semamligi oshirilganda, nafas olishi ham kuchayadi. Ikkinchi tom ondan nafas olish jarayoniga issiqlik katta ta’sir qiladi. Issiqlik qancha yuqori bo'lsa, nafas olish shuncha kuchayadi. Nafas olishning bu kuchayishi havo harorati 40-45 daraja bo ‘lguncha davom etadi. Harorat bundan oshganda, o ‘simlk quriy boshlaydi. 0 ‘simlik hayotini, unga tashqi muhit ta’sirini bilib olgach, o'simlikning o ‘sishi va rivojlariishini boshqarishim iz, ekinlar hosilini oshirib borishimiz m umkin bo‘ladi. Nazorat savollari 1. Nima uchun o‘simlik tirik oiganizm deyiladi? 2. 0 ‘simlik o ‘suv davrida nimalarga ehtiyoj sezadi? 3. 0 ‘simliklarning ahamiyati nimalarda bilinadi? 4. 0 ‘simlik hujayrasi qanday qismlardan tuzilgan va bu qismlarning ahamiyati nimadan iborat? 5.’0 ‘simlik uchun ildizning ahamiyati nimada? 6. 0 ‘simlik poya, barglari qanday tuzilgan va ulaming ahamiyati qanday? 7. 0 ‘simlik bargida qanday jarayon bo‘ladi va uning o ‘simlik hayoti- da ahamiyati bormi? 8. 0 ‘simlik guli qanday tuzilgan? 9. 0 ‘simlikda changlanish va urchish hodisasi qanday kechadi? 10. Chetdan changlanishning afzalligi bormi? 11. 0 ‘simlikda meva qanday hosil bo‘ladi? 12. 0 ‘simlikda qanday jarayonlar yuz beradi? 13. 0 ‘simlik hayoti uchun suvning qanday ahamiyati bor? 14. O'simlikning asosiy oziq moddalari nimalardan iborat? 15. 0 ‘simlik hayotida yorug‘likning qanday ahamiyati bor? 16. 0 ‘simlik qanday nafas oladi? Download 16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling