Texnologiyasi
Turli organik o ‘g ‘itlar tarkibidagi azot, fosfor, kaliy miqdori
Download 16 Kb. Pdf ko'rish
|
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`
Turli organik o ‘g ‘itlar tarkibidagi azot, fosfor, kaliy miqdori
0 ‘g‘itlarning 1 tonna o‘g ‘it tarkibida kg. turi N 11 - azot R 2 0 5 - fo sfo r K2 О - kaliy Q o‘y va echkilarning g o ‘ngida: - quruq holida b o ‘Isa 16 5 14 - x o ‘l holida b o ‘Isa 5 2,5 7 Ot go'ngida 5 2,5 6 Qoramol go'ngida 4 2,5 5 C h o ‘chqa go'ngida 4 2,5 6 Ipak qurti chiqindisi: - quritilganda 50 10 - - h o ‘lligida 25 5 - P airanda tezagida 34 16 8 H ojatxona axlatida 4,4 1,5 1,2 Torfda 10-112 2,1 2,3-8,4 Har xil mollarning aralash go'ngida 4 2 5 Yangi qir tuproq va ariq 0,6 1,2 0,7 loyqasida roqni ishlash yengillashadi, kam yuviladi, namlikni saqlaydi, yog‘in- sochinda ham qatqaloq bo‘lmaydi, havo issiqlik tez o‘tadi. Tuproq unumdorligining yaxshilanishida gumus yoki dehqon ibo- rasi bilan aytganda, chirindiga rnunosabat alohida o ‘rin tutadi. 0 ‘tkazilgan agrokimyo tadqiqotlari shuni ko‘rsatyaptiki, hozirda 0 ‘zbekiston tuproqlarining asosiy qismi chirindiga muhtoj. Tuproqni chirindi bilan boyitishda xalqimizda tajriba ko‘p. Bu tajriba organik o ‘g‘itlardan foydalanish hamda uzoq vaqt ishlovdan qolgan tuproqlami ekin maydonlariga solishdan iborat. G o‘ng va boshqa organik o ‘g‘itlar tarkibidagi foydali mikroorganizmlar ko‘pligi jihatidan barcha kimyo- viy o ‘g‘itlardan bir necha marta yuqori ko‘rsatkichga ega. Aytaylik, mahalhy o ‘g‘it chirindiga aylandi. Chirindi ko‘p yerda esa, chuval- changlaming ko‘payishi uchun tabiiy muhit vujudga keladi. Bir dona chuvalchang yil davomida ming kilogramm tuproqni o‘zidan o ‘tkazadi. Natijada tuproq donador bo‘lib, suv va havo o ‘tkazish faoliyati yax- shilanadi. Ayni vaqtda bir tonna chirigan go'ngda 15 kg sof azot, 10 kg fosfor, 16 kg kaliy bo‘ladi. Chirindi miqdori ko‘p bo‘lgan dalalarda 45 yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari ekologik jihatdan barcha talablarga javob bera oladi. Qishloq xo'jaligi rivojlangan davlatlarda organik va mineral o ‘g‘itlaming nisbati teng olib boriladi. Tuproq unumdorligini boyitishda ilmiy asoslangan m e’yorga hamma birdek amal qiladigan bo‘lsa, may- don birligi hisobiga mahsulot yetishtirish barqaror bo‘lib turadi. Bu nihoyatda muhimdir. G o'ng miqdorini, uning tarkibidagi moddalarning foydaliligini oshirish uchun har bir bosh hayvon va parranda tagiga to'sham a solib borish kerak. Masalan, to'shama (somon, poxol, torf, qamish, sholi qipig'i, hazon va shaltoqni shimib oladigan narsalar) solib turish bilan, bir kecha-kunduz davomida qoramoldan 15-20 kg, buzoqdan 5-10 kg, otdan 15-20 kg, toydan 5-10 kg, qo'y va echkidan 1,2-2,5 kg, cho'chqadan 1,2-2,5 kg va parrandadan 20-30 gramm hisobida go'ng to'plash mumkin. To'shamani quyidagi miqdorda solish kerak. Bir bosh: — qoramolga 3-6 kg; — otga 3-4 kg; — qo'y, echkiga 0,5-1 kg. G o 'n g n i m axsus g o 'n g x o n a la rd a saq lab c h iritis h zaru r. Go'ngxonalar inolxonalardan karnida 50 m narida xo'jalikda boqiladi- gan chorva hayvonlarining bosh soniga qarab quriladi. Masalan, 200 bosh qoramol boqiladigan chorva fermalarida bo'yi 21 metrli, eni 9 metrli va chuqurligi 1 metrli go'ngxonadan ikkita quriladi. Go'ng uyumi balandligini 2 metrgacha ko'tarish mumkin. Go'ngxona qilishda chiqarilgan tuproqlar o'raning ikki tomoniga solinadi. O'raning devorlari suyri qilib chopib tushiriladi. Bunday о ra?n traktor pritsepi bilan kirib o'tadigan bo'ladi. O'raning ikki boshi ochiq va qiyalikdan iborat bo'ladi. O'raning tagi, devorlari somonli loy qilib suvalishi kerak.O'ratagiga20-30 sm qatlam qilish uchun sholi qipig'i, somon, mollaming ovqatiga yaramaydigan xashaklar solinadi. Dalaning o'zida ham go'ngxona qilinadi. Buning uchun kartalarning chetiga go'ng uyumi (eni 4 metr, balandligi 1,5-2 metr, uzunligi go'ng miqdoriga qarab) qilinadi. Go'ngxonadagi hamda dalada karta chetidagi go'ng uyumlari ham usti tuproq bilan yopib zichlanadi. G o'ngxonalam i go'ng tashiydigan avtotransport bilan zichlanadi. 46 — qoramoldan 6 tonna; — otdan 4 tonna; — qo‘y-echkidan 0,5 tonna; — 2 yoshgacha yosh moldardan 4 tonna; — buzoqlardan 1,5 tonna. G o ‘ngxonadagi yoki dala chetida qilingan go‘ng uyumlari miqdori- ni hisoblab chiqish mumkin. Bir kubometr (1 m 3) da: — zichlanmagan yangi go'ng 300 kg; — zichlanganda 400 kg; — chala chiritilganda 700 kg; — batamom chiriganda 900 kg gacha bo‘ladi. G o'ng qisman chiritilgan holda ishlatiladi. Uni uyum yoki chu- qurlardan kavlab olishda ustidan ostiga qarata tikkasiga kesib olinishi, dalaga go‘ngsochqich yordamida solinishi kerak. G o ‘ng birinchi navbatda eskidan haydalib, ko‘p yillardan beri paxta va boshqa ekinlar yetishtirib kelinayotgan maydonlarga solinadi. Tayyor go‘ng kuzgi shudgor oldidan gektariga kamida 15-20 tonnadan solinadi. G o ‘nglar yer betida turib qolsa, uning tarkibidagi uglerod bilan azot havoga uchib ketadi, foydali xususiyatlari kamayib ketadi. T o‘la chiritilgan, quritilgan go‘ng g‘o ‘za o‘suv davrida mineral o ‘g‘itlarga aralashtirib solinsa, yaxshi foyda beradi. Shunday qilingan- da, hosildorlik gektariga qo'shimcha 2-3 sentnerdan ortadi. Bu holatda har tonna ammiakli selitraga 2-2 ,5 tonna chirigan go‘ng qo‘shib ishlatish mumkin. Kompost tayyorlash Kompost uchun turli chiqitlar asqotadi. Eski uy-joy, devor tu p roqlari, has-xashaklar, barglar, hovli chiqindi-axlatlari, kul, g‘o‘za po‘choq, turli po‘choqlar, loyqalar, zovur bo‘yidagi tuproqlar, qishloq xo‘jalik mahsulotlarining chiqitlari aralashtirilib, bir m etr balandlik- da uyum qilinib, vaqti-vaqti bilan suv sepib, ag'darib turiladi. Shun day qilinganda 2-3 oy va undan uzoqroq muddatda aralashma chirib, bir xil qoramtir moddaga aylanadi. Buni yerga solish mumkin. Hojatxona axlatlaridan ham kompost tayyorlanadi. Buning uchun bir tonna hojatxona axlatga bir tonna quruq tuproq hisobida aralashma tayyorlab, uyib quyiladi. Ushbu aralaslima 1-1,5 oy mobaynida chirin diga aylanadi va yerga solinadi. Bunday kompost tarkibida (bir tonnasi- 47 da) 6-7 kg azot, 3-4 kg fosfor va 2 kg gacha kaliy bo‘ladi. Ushbu kompost har qanday o‘simlikni o‘stirish uchun yerga solinishi mumkin. Yerga solingan axlat chirib, parchalanib undagi oziq moddalar o ‘simlik hazm qiladigan shaklga aylanadi. 0 ‘simlik qoldiqlari va o'tin kulida fosfor bilan kaliy moddasi ko‘p bo'ladi, shuning uchun ular beda ekiladigan tuproqlarga solinsa, samarali bo'ladi. G o'ng, kompost va boshqa chirindili aralashm alarni har bir xo'jalikdagi yer uchastkalarining tuproq xaritagrammasiga nisbatan mineral o'g'itlari kam bo'lgan joylaiga navbatlab solish, tuproqni chirindiga boyitishda to'g'ri usul b o ia r edi. Xo'jalikda bir yil mobaynida tayyor- lanadigan chirindilar miqdorini hisoblab chiqib, go'nglanadigan yer uchastkalari yillar bo'yicha navbatlanib qo'yiladi. Bunday usul qoilanilganda, eng birinchi navbatda, ancha «kambag'allashib» qolgan yer uchastkalari to'liq (gektariga 40 tonnagacha) go'nglanadi. Nazorat savollari 1. O'simlik o‘g‘itlari to ‘g‘risida gapirib bering. 2. 0 ‘g‘itlaming ahamiyatini bilasizmi? 3. 0 ‘g‘itlami solish bilan tuproqda qanday o ‘zgarishlar bo‘ladi? 4. Kimyoviy o‘g‘itlardan foydalanishda tuproq va o‘simlikning qan day xususiyatlari hisobga olinadi? 5. Organik (mahalliy) o ‘g‘itlarning ahamiyatini bilasizmi? 6. Organik o ‘g‘itlarining xillarini so‘zlab bering? 7. Organik o‘g‘itlarining tarkibida qanday moddalar bo'ladi? 8. Chiritilgan go'ng tarkibidagi elementlami bilasizmi? 9. G o'ng miqdorini nimalar hisobiga ko'paytirish mumkin? 10. Go'ngxona qanday tashkil etiladi? 11. G o'nglar tuproqqa qanday usulda solinadi? 12. Chorva hayvonlaridan yil mobaynida qancha go'ng olinishi mumkin? 13. Kompost qanday tayyorlanadi? Download 16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling