Texnologiyasi
Kuzgi shudgorlashning paxta hosildorligiga ta’siri
Download 16 Kb. Pdf ko'rish
|
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`
Kuzgi shudgorlashning paxta hosildorligiga ta’siri
Tajriba o ‘tkazilgan joy Hosildorlik, s\ga Hosildorlikni ortishi bahorgi haydash kuzgi shudgorlash s\ga % O 'zbekiston paxtachilik ilm iy-tadqiqot instituti 32,6 34,9 2,3 7,1 F arg 'o n a tajriba fihali 34,8 42,2 7,4 21,2 X orazm tajriba filiali 45.6 53,5 7,9 17,3 Kuzgi shudgorlash muddatlari va yer haydash chuqurligi Kuzgi shudgorlash 5-10-noyabrga qadar o‘tkazilgani m a’qul. Kuzgi shudgorlashda yer haydash chuqurligi tuproq qatlamining qalinligi, zichligi, almashlab ekish dalalari hamda ularning o ‘t bos- ganligiga qarab, shuningdek, tuproq va iqlim zonalari b o ‘yicha tabaqalashtirilishi kerak. Respublikaning shimoliy va o‘rta zonalaridagi och tusli kulrang tup- roqlarda, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, N am angan, Farg‘ona viloyatlarining o ‘tloq tuproqlarida hamda Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari va Qoraqalpog‘istonning tog‘li tumanlarida tarqalgan 1 Jadval “ Paxtachilik” kitobidan olindi. 40 o‘tloq, kuchli agroirrigatsion cho‘kindili tuproqlarda 30-35 sm, bahor erta boshlanadigan, kuz esa iliq kelib, uzoqqa cho‘ziladigan tumanlar- da, Andijon viloyatining unumdor och tusli kulrang tuproqlarida, shuningdek, Sirdaryo viloyatining dehqonchilik qilinadigan janubiy zonalarida 35-40 sm, Mirzacho‘lning sizot suvlar yuza joylashgan va eskidan haydalib kelinayotgan och kulrang tuproqlarida yer 45 sm chu- qurlikda yumshatilib, 28-30 sm chuqurlikda shudgorlanadi. Ustki qismi yarim metr chuqurlikda bo‘lgan yopishqoq, sho‘rlangan o ‘tloq tuproq hamda haydalma qatlami berch bo‘lgan, mexanik tarkibi og‘ir bo‘lgan tuproqlar 50-60 sm chuqurlikda yumshatiladi va 28-30 sm chuqurlikda shudgor qilinadi. Qumli yoki toshloq yerlarda qurni yoki shag‘al qatlami yuqoriga chiqmaydigan chuqurlikda haydaladi. O'tloq va o‘tloq-botqoq tuproqlarda yer haydash chuqurligini har yili 2-3 sm ga chuqurlatib borish bilan 30 sm ga yetkazish kerak. Yangidan o ‘zlashtiriladigan yerlarda birinchi va ikkinchi yillari hay dash chuqurligi 20-22 sm atrofida bo‘ladi va keyingi yillarda 2-3 sm dan qo‘shib boriladi va 30 sm ga yetkaziladi. 10—rasm . K u ltiv a to r- larning ish a ’zolari: 1- y a s s i q ir q u v c h i p i- chog'i; 2-bir to m o n - la m a yassi q irq u v c h i p ic h o g 'i; 3 -g ‘ozpanja; 4 -p m jin a li tishlar; 5- egat ochgich 41 Tuproqni erta bahorda va ekish oldidan ishlash Yerlami erta bahorda va ekin ekish oldidan ishlashdan asosiy maqsad shuki; — kuz, qishda va erta bahorda to'plangan namni saqlash; — mayda, donador, yumshoq qavatli tuproq hosil qilish; — urug'ni bir xil chuqurlikka ekish; — urug‘larni to ‘liq unib chiqishini ta ’minlash; — unayotgan begona o ‘tlam i qirib tashlash; — dala sathini tekislash; — sho'r tuproqlarda tuzning yuqoriga ko‘tarilishiga y o l qo'ymaslik. Yemi erta bahorda, agar yerlar kuzda haydalgan bo'lsa, birinchi navbatda borona qilinadi. Bunda tuproqning 8-10 sm, qatlami yetilgan paytda boronalash boshlanadi. Yog‘ingarchilik kam bo‘ladigan zonalarda boronalash fevral oyining o ‘rtalari va mart oyining boshlarida, boshqa zonalarda m anning o‘rtasi va uchinchi o ‘n kunligida o ‘tkaziladi. Erta bahorda yemi faqat, bir marta boronalash tavsiya etiladi. Yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lib, yer beti qatqaloq bo‘lgan paytda ikkinchi marta borona qilish mumkin. Yaxob suvi berilgan, qishda sho‘ri yuvilgan tuproqlar ancha zichlashadi, bunday yerlarda traktor orqasiga borona tirkalib, chizel- lanadi yoki diskalanadi. Erta bahorgi ishlovlar zanjirli traktorlar bilan olib borilgani m a’qul, chunki g‘ildirakli traktorlar yemi zichlashtirib yuboradi. Ekin ekish oldidan (yoki 5-10 kun ilgari) yerlar haydalgan yu- zasining holatiga qarab quyidagicha ishlanadi: a) begona o ‘tlardan nisbatan toza joylar bir yo‘la mola tirkalib borona qilinadi. Begona o ‘tlardan toza yerlarda ekish oldidan tekislash yoki yengil mola va tekislagich bilan ishlash kifoya qiladi; b) o'rtacha o‘t bosgan maydonlar 6-8 sm chuqurlikda kultivatsiya qilinadi yoki yassi kesuvchi ish a ’zolari o'rnatilgan holda 10-12 sm, chuqurlikda chizellanadi va u bilan biratoMa boronalanadi hamda mola bostiriladi; v) haydalgan va yaxob suvi berilgan maydonlar ag'dargichi olib tashlangan hamda borona bilan mola tirkalgan omoch bilan 16-18 sm chuqurlikda yumshatiladi; g) kuchli begona o'tlar bosgan maydonlarda ham yuqoridagi kabi tadbir o'tkaziladi; 42 d) kuzda shudgor qilinib, sho‘ri yuvilgan, sho‘rlangan tuproqlar chizel orqasiga borona yoki mola tirkalgan holda zichlashgan qatlam chuqurligida yumshatiladi. Mexanik tarkibi og‘ir tuproqlar orqasiga mola tirkalgan chizcl yordamida 20-22 sm chuqurlikkacha tuproq qat lami yumshatiladi. Mexanik tarkibi yengil va o ‘rtacha holatdagi o ‘tloq tuproqlar dis- kalanadi va borona hamda mola bosiladi. Yerga traktor va qishloq xo'jalik mashinalarini ko‘p kiritib bo‘lmaydi. Ular tuproqni zichlashtirib yuboradi, natijada tuproq berchlashadi va bunday tuproq qatlami saraton oftobidan so‘nggina maydalanadi. Ana shunday qatlamlarga ekilgan chigit uruglaridan unib chiqqan g‘o‘zaning o‘sish va rivojlanishi orqada qolib ketadi, natijada paxta hosili kamayadi. Bahor ob-havosi turlicha keladi: ba’zida seryog‘in, ba’zida quruq bo'ladi. Ana shunday sharoitda ekin ekish oldidan yerga ishlov berish- da mutaxassislar va yerli dehqonlaming tavsiyalarini hisobga olib, eng qulay yumshatish turlari qo‘llanilishi kerak. H ar bir ekin uchun tuproqqa ishlov berish alohida va turlicha boladi. Nazorat savollari 1. Dehqonchilik tizimining qonunlarini bilasizmi? 2. Dehqonchilikda almashlab ekishning ahamiyati nimada? 3. Hozirda amal qilinayotgan almashlab ekishda qaysi ekinlar asosiy o ‘rinda turibdi? 4. Yemi kuzda haydashning ahamiyatini nimalarda deb bilasiz? 5. Yemi haydash chuqurliklari nimalarga bog‘liq? 6. Yer haydashning muddati bo‘ladimi? 7. Bedapoyalar, kuchli begona o ‘t bosgan sharoitlarda yer hay- dashda nimaga e’tibor beriladi? 8. Yemi ekish oldidan nima uchun ishlash kerak? 9. Yemi boronalashdan maqsad nima? 10. Qanday sharoitda kultivatsiya qilinadi? Download 16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling