Texnologiyasi
Sug‘orishni ekinlarga ishlov berish bilan bog ‘lab olib borish
Download 16 Kb. Pdf ko'rish
|
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`
Sug‘orishni ekinlarga ishlov berish bilan bog ‘lab olib borish.
Qa to r oralari kultivatsiya qilinib, tuproq yumshatiladigan ekinlarni o'stirishda suvdan tejab-tergab, isrof qilmasdan foydalanish mumkin. G ‘o ‘za, qand lavlagi, makkajo'xori, kanop, kartoshka kabi qator ekinlar sug‘orilgandan so‘ng «yetilishi» bilan obi-tobida qator oralari kultivatsiya qilinib yumshatilishi muhim agrotexnik tadbir hisobla nadi. Bunday qilinganda, suv tejaladi, o ‘simlik ildiziga havo, issiqlik boradi, natijada o ‘sish va rivojlanish m e’yorida o ‘tadi, o'simlikning oziqlanish rejimi yaxshilanib ekin hosildorligi 60% gacha ortadi. Shu bilan bir qatorda, suvdan so‘ng kultivatsiya o‘tkazilganda, tuproq yuzasidan bug'lanish kamayadi, tuzning kapillar bo‘ylab yuqoriga ko'tarilishi sekinlashadi. Agar suvdan keyin tuproq ishlanmasa yoki ishlov berish kech o ‘tkazilsa, foyda o ‘miga zarar keltirishi mumkin. Bunday sharoitda tuproq yuzasidan namlik intensiv bug'lanadi. Bu bilan sug‘orish davri qisqaradi, o ‘z navbatida, q o ‘shim cha suv sarflash talab qilinadi. Sug'orilgan maydonga qancha tez ishlov berilsa, tuproqdagi nam shuncha yaxshi saqlanib qoladi va g‘o‘za hamda boshqa chopiq qilinadi- gan ekinlar uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Kuzgi-qishki va erta bahor davrlarida suvdan foydalanish rejasi bug'doy, а ф а va boshqa kuzgi don ekinlari, beda, ildiz mevali o‘simliklarni sug‘orish, sho‘rlangan yerlaming sho‘rini yuvish, bog‘lar, tokzorlar, tomorqalami sug‘orishni qamrab oladi. Kuzgi-qishki va erta bahor davrlari uchun reja tuzish tartibi vegetatsiya davri uchun ham reja tuzishning aynan o ‘zidir. Biroq yeming sho‘rini yuvish maqsadida sug‘orish davrlarida sug‘orish tarmog‘i va inshootlar sho‘r yuvish muddati qisqa (20-30 kungacha) bo‘lganligi uchun maksimal o‘tkazish qobiliyati bilan zo‘riqib ishlaydi, chunki sho‘rlangan yerlami yuvish muddatlarini sovuq tushib qolganligi uchun kuzda, ekin muddatlari yaqin bo‘lganligi sababli bahorda qisqartirishga to'g'ri keladi. Download 16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling