Texnologiyasi
S u g ‘oriladigan yerla rd a zovu rlar qurish va uning afzalligi
Download 16 Kb. Pdf ko'rish
|
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`
S u g ‘oriladigan yerla rd a zovu rlar qurish va uning afzalligi.
Sug‘oriladigan yerlarda tuproqning meliorativ holatini yaxshilab tur ish maqsadida zaxi kam qochirilgan, juda kam qochirilgan va sizot suvining oqimi yo‘q uchastkalarda sun’iy zovur quriladi. Zovurlaming gorizontal, tik va kombinatsion xillari bor. Sug‘oriladigan yerlaming butun foydalanish davrida ishlaydigan doimiy va kuchli sho‘rlangan yerlaming sho'rini biryo'la yuvish vaqtida doimiy zovur bilan birgalikda bir-ikki yil mobaynida foydalaniladigan muvaqqat- vaqtinchalik zovurlar quriladi. Zovur qurilgan sharoitda sug‘oriladigan yerlardan sizot suvlari sathi rejimini va minerallashuvini rostlash hamda tuproq sho‘ri bar- qaror ketkazilishini ta ’minlash mumkin. Gorizontal zovur tarmog‘i zovurlar va gidrotexnika inshooti bor kollektorlardan iborat bo‘lib, bularning vazifasi ortiqcha sizot suvlari- ni sug‘oriladigan maydon chegarasidan sun’iy ravishda olib ketishdir. Gorizontal zovurlar ochiq yoki yopiq bo‘ladi. Amalda 2,5-3,5 metrli chuqur zovurlar 1,2 metrli sayoz zovurlarga nisbatan samarali bo'ladi. Gorizontal yopiq zovur qurilishida tuproq qatlami, sizot suvlarining haqiqiy chuqurligi, tuproqning suv-fizik xossalari, talab etilayotgan zax qochirish m e’yori, zovur o ‘lchaini, zovurlar orasidagi masofa, zovur tubining eni, qiyalik hosil qilish kattaligi, quvurlar diametri kabi ko‘plab holatlar va o ‘lchamlar hisobga olinadi. Yopiq gorizontal zovurlar quvurining suv kiradigan teshiklari quvuming hamma yuziga nisbatan 0,3-0,5% ni tashkil qilishi kerak. Sizot suvlar zovur tubiga qurilgan quvurlaming teshigidan sizib kiradi va nishabi olingan to- monga yo‘naiadi. Yopiq zovuming ochiq zovurdan afzalligi shundaki, yopiq zovur qurilganda, yerdan to'liq foydalaniladi. Sug‘oriladigan yerlarda tik zovur qurish yuqori samaralar beradi. Tik zovur qurishda diametri 25-30 sm bo‘lgan po‘lat trubadan foydala- 75 niladi. Truba yaxlit va teshikli qismlardan iborat bo‘ladi. Trubaning teshikli qismi shag‘al to ‘kilgan qismi bilan birga suzg'ichni hosil qiladi. Yerosti suvlari chuqurlikda o‘matilgan elektr nasoslari bilan tortib olinadi. Tik zovur texnik jihatdan takomillashtirilgan zovurlar xiliga kiradi, u sho‘rlangan tuproqlardan tuz ketkazilishini tezlashtirish, bosimli yerosti suvlari bor zonalarda sizot suvlarini chuchuklashtirishni ta’minlaydi. Download 16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling