Texnologiyasi
Download 16 Kb. Pdf ko'rish
|
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`
2 4-§. G‘o ‘za guli
G ‘o ‘za guli ikki jinsli bo‘ladi. U gul bandi, yirik shona barglar, gulkosa, gultoj, chang ustunchasi va urug‘chidan iborat. Gul bandi o‘rta tolali g‘o ‘za navlarida 3-4 sm, ingichka tolali g‘o‘za navlarida undan uzunroq bo‘ladi. Shona barglari har xil kattalikda, cheti tekis, arra tishli bo‘lib 3 dan 15 tagacha bo‘ladi. Shonabarg shona va gulning oziqlanishida qat- nashadi hamda o ‘suv davri oxirigacha saqlanib qoladi. Gul kosachasi 5 ta kosabargning qo‘shilib ketishidan hosil bo'ladi, gul tojibargni tashqi tomondan o‘rab turadi. Gul kosachasining rangi yashil, qizg‘ish tusda, sirtida qoram tir bezchalar bor, ustki cheti tekis, to ‘lqinsimon yoki arra tishli bo'ladi. Gulkosa g‘o ‘za gullagandan keyin ham saqlanib qoladi. Gultojibarglar spiral shaklda o‘ralgan 5 ta gul bargdan iborat, bir- birining ustiga joylashgan bo‘ladi. Shakli teskari tuxum ponasimon ko‘rinishda. Gultojibarglarda mayda, qalin, siyrak bilinar-bilinmas dara- 86 jada qoramtir bezchalar va tomirlar bor. Gultojibargning ichki yuzasi tuksiz, tashqi yuzasi tukli, biroq tojibargning qo‘shni tojibarg ustiga mingashib turadigan ichki yuzasida ham tuklari bo‘ladi. Bu tuklai barglarning yopishib qoiishiga yo‘l qo‘ymaydi va shonadagi tojibaiglaming ochilishini osonlashtiradi. Gultojibarglaming rangi oq, och sariq, pushti, qizil, och binafsha va qoramtir qizg‘ish bo ladi. 0 ‘rta tolali g‘o‘zalarda och sariq, ingichka tolali g‘o‘zalarda sariq rangdadir. Bu rang gul ochil- gach, o‘zgarib ketadi va to‘q qizil, binafsha va zarg‘aldoq tusga kiradi. Chang ustunchasining asosi keng va seret bo‘ladi, urug‘ tugun- chasini zich qilib o ‘rab turadi, chang naychasi bo‘ladi. Chang ustunchasi, changdan va chang donachalari och sariqdan to ‘q sariq va qizg‘ish sariqqacha, pushti va qizil tusda bo‘lishi mumkin. Chang donachasi yirik sharsimon, och sariq, sariq yoki zarg‘aldoq rangda bo‘ladi. Gul urug‘chisi. Urug‘chi tugunchadan, ustunchadan va tum - shuqchadan iborat bo‘ladi. Tuguncha 3-5 uyali, ba’zida 2,6 va 7 uyali bo‘lishi mumkin. 0 ‘rta tolali g‘o ‘zalarda urug‘chi tugunchasi 4-5 uya li, ingichka tolali g‘o‘zalarda 3-4 uyali bo‘ladi. Urug‘chi ustunchasi ipsimon bo‘lib, uchi yo‘g‘on tortadi va tum- shuqchaga aylanadi. Tumshuqchasi uch-besh qirrali egatchaga o‘xshash spiral shaklida buralgan bo‘ladi. Tumshuqcha bo'lakchalarining chang o'tiradigan yuzasi tukli-so‘rg‘ichli, egatchalarida esa qora bezchalari bo‘ladi. 0 ‘rta tolali g‘o‘zalarda urug‘cha ustunchasi bilan tumshuqchaning qisqarganligi sababli urug‘chasi kaltaroq, ingichka tolali g‘o ‘za nav larida urug‘chi uzun va cho'ziq bo‘lib, changlardan ancha yuqoriga ko‘tarilib turadi. Nektardon xushbo'y shira chiqaradi, bu bilan o ‘ziga hasharotlar- ni, shuningdek asalarilami jalb qiladi. G ‘o ‘za guli nektardon, gul ichidagi va gul tashqarisidagi nektardonlarga bo‘linadi. Nektardonlar g‘o ‘za turiga qarab o ‘zidan har xil miqdorda shira ajratadi. Ingichka tola g‘o ‘za navlarida nisbatan shira ko‘p ajraladi. Hisoblarga qaraganda, sug‘oriladigan yerlarda g‘o ‘zadan gektariga 300-350 kg gacha shira yig‘ish mumkin. G ‘o‘za parvarishi yuqori agrotexnika asosida olib borilganda undan ham ko‘proq nektar bo‘ladi. Bu bilan asalarilar g‘o ‘za gullarining yaxshi changlanishi uchun sharoit yaratadi, paxta hosildorligini oshirish- ga yordam beradi. 87 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling