Texnologiyasi
Download 16 Kb. Pdf ko'rish
|
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`
- Bu sahifa navigatsiya:
- G ‘o ‘za shoxlari
Poya va shoxlari
G ‘o‘zaning poyasi tik, shoxlanuvchan, pishiq, asosiy poya va o‘suv, hosil shoxlaridan iborat. G ‘o ‘za poyasining balandligi 70-150 sm gacha boradi, ingichka tolali g‘o ‘za poyalari esa 125-200 sm gacha o ‘sadi. Poyada barglar navbat bilan spiral holda joylashadi. Poya tukli, tuksiz bo'ladi. Rangi yashil, qoramtir qizil yoki qizil bo ‘lishi mumkin. Poyaning quyoshga qaragan tomoni qizil rangda ko‘rinadi. Poyaning pastki ildiz bo‘g‘zi yaqinigacha jigarrangda boiadi, chunki bu joy po‘kak to‘qimalar bilan qoplangan bo‘ladi. G ‘o ‘za shoxlari Asosiy poyaning barg qo‘ltig‘idagi kurtaklaiidan g‘o‘za shoxlari o‘sib chiqadi. G ‘o ‘za chinbarg chiqargan davrgacha o ‘suv kurtagi shikast- lanib qolgan taqdirda urug‘barg qo‘ltig‘idan shox chiqishi mumkin. G ‘o ‘zaning (monopodial) o ‘suv shoxi va (simpodial) hosil shoxi bo'ladi. 0 ‘suv shoxi asosiy poyaning pastki qismidagi kurtakdan, hosil shoxi o‘suv shoxi yuqorisidagi barg qoitiqlaridan o ‘sib chiqadi. 0 ‘suv shoxi asosiy poyadan o'tkir burchak hosil qilib, bo‘yiga qarab to‘g‘ri o‘saveradi. Bu shox bir kurtakdan o‘sib chiqqanligi uchun monopodial shox deb ataladi. Bu baquwat shox bo‘lib, agar asosiy poya (zararlanib) o‘sishdan to'xtasa, eng baquwat bitta yoki ikkita o ‘suv (monopodial) shox asosiy poyaning o ‘mini egallaydi. Monopodial shoxning barg qo‘ltig‘idan ikkinchi tartib o‘suv shoxlari o ‘sib chiqadi. Simpodial shox o‘sish xarakteri va tuzilishi jihatidan monopodial shoxdan tubdan farq qiladi. Jumladan, u asosiy poyadan o ‘tmas bur chak hosil qilib chiqadi. Barglar qo‘ltig‘idagi kichik piramida shaklidagi birinchi shona pay do b o ‘lishiga qarab, birinchi hosil (simpodial) shoxini aniqlash mumkin. 84 Sim podial shoxlar asosiy poya barg q o ‘ltig‘idagi kurtakdan rivojlanib, bitta bo‘g‘im hosil qiladi va uning uchi gul kurtak chiqarish bilan tugaydi. Ushbu barg qo‘ltig‘idagi kurtaklardan bittasi rivojlan- gach, ikkinchi bo‘g‘im paydo bo‘ladi va ikkinchi bo‘g‘im oralig‘i uchida navbatdagi barg va gul kurtak shakllanadi. 0 ‘rta tolali g‘o ‘za navlarida birinchi hosil shoxi 4-7, ingichka tolali g‘o ‘za navlarida esa, 3-9 barglar qo‘ltig‘idan chiqadi. G ‘o ‘za navining ertapisharligi birinchi hosil shoxi chiqqan joyga qisman bog‘liq bo‘ladi. Sug‘oriladigan yerlarda turli sharoitda g‘o‘za 1-4 ta monopodial va 15- 20 ta simpodial shox chiqaradi. Hosil shoxining har qaysi bo‘g‘im oralig‘i ketma-ket alohida o ‘sganligi uchun ular bir necha pog‘onadan iborat bo‘ladi va zig-zag, ya’ni tirsak shaklini oladi. Hosil shoxi shu tartibda rivojlangani uchun simpodial shox nomini olgan. G ‘o ‘zada hosil shoxlarining o‘sishi o‘suv shoxlarinikiga qaraganda boshqacharoq bo‘ladi. 0 ‘suv shoxlari awal sekin o‘sadi, keyin tezlasha- di va oxirida o‘sish yana tekislashadi. Hosil shoxlari dastlab tezroq o ‘sib, keyin o‘sish sekinlashadi va pirovardida o‘smay qoladi. Shunga mutanosib ravishda, hosil shoxlaridagi bo‘g‘im oraliqlari ham turli uzunlikda bo‘ladi. Bunda asosiy poyaga yaqin turgan oraliqlari kevingilarga qaraganda oziq m oddalar bilan yaxshiroq ta ’minlanadi, b o ‘g‘im oraliqlari asosiy poyadan uzoqlashgan sari oziqlanishi kamroq bo'ladi. Demak, asosiy ozuqa asosiy poyaga yaqinroq turgan hosil a’zolarida ushlanib qolib, ul aming shakllanishi uchun sarflanadi. Download 16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling