Texnologiyasi


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet49/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

G ‘o ‘za chigiti
Ko‘sak ichida chanoqlar bo‘lib, chanoqlarda chigitli paxta yetiladi. 
Har bir chanoqda 5 tadan 10 tagacha, bir dona ko‘sakda esa, 25 
tadan 50 tagacha chigit joylashadi.
Chigit tuxumsimon, uzunligi 12-14 mm va diametri 6-8 mm bo‘ladi. 
Chigit murtak, ichki va tashqi qobiq, urug‘band va tashqi tomonini 
qoplab olgan tuklardan iborat. Tuklar uzun va qisqa bo‘ladi. Uzun 
tuklar tola, qisqalarini linter deyiladi.
Chigit qanchalik yetilgan, og‘ir bo‘lsa, undan unib chiqqan ni- 
hollar shunchalik baquwat rivojlanadi va hosildor bo'ladi. Chigit 50- 
200 mg va undan og‘irroq bo‘lishi mumkin.
Chigitning murtagi (mag‘zi) ikkita urug‘palladan, o‘sish nuqta- 
si, urug‘palla osti tirsagi va boshlang‘ich ildizdan iborat bo‘ladi. Chigit 
unishida urug‘palladan urug‘barg, o ‘sish nuqtasidan poya, uruglpalla 
osti tirsagidan urug'barg osti o ‘sib, urug‘pallani tuproqdan tashqariga 
olib chiqadi. Boshlang'ich ildizidan o ‘q ildiz o ‘sib chiqadi.
Paxta tolasi
Tola chigitni sirti tomonidan o'rab turadi va chigit yerga ekilganda, 
tolalar haddan tashqari namlanishdan, tuproq nami ko‘p b o isa, 
chirib ketishdan saqlab qoladi. Agar namlik kam boisa, uni yetarli 
miqdorda saqlab turadi.
Paxta tolasi uzaygan bitta hujayradan iborat boiadi. Urug1 kurtakning 
tashqi epidermis hujayrasining rivojlanishi natijasida tola hosil bo‘ladi.
G ‘o‘za gullaganda, paxta tolasi o‘sa boshlaydi. Chigitdagi qisqa tola­
lar ham urug‘kurtak epidermis hujayrasining o ‘sishidan hosil bo‘ladi, 
biroq ular sekin o ‘sgani uchun qisqa b o iib qoladi.
Tola ikki davrda rivojlanadi. Birinchi davrda tola uzunasiga o ‘sadi, 
15-16 kun o‘tgach, haqiqiy uzunligining yarmiga yetadi. 25-30 kun 
o'tgach esa, qolgan qismi o‘sib, o‘sishdan to ‘xtaydi. Ikkinchi davrda 
tolaning ichki qismida o ‘zgarish sodir bo‘ladi, ya’ni selluloza to ‘planadi, 
u qalinlashadi va ko‘saklar yetilib qariguncha, ushbu jarayon davom 
etadi. Tola boshqa hujayralar kabi po‘st, protoplazma, mag‘iz va hu­
jayra shirasidan iborat. Tolalar yetilgan sari buraladi, hujayradagi shira 
quriy boshlaydi. Ko‘saklar ochilgandan so‘ng tolaning qurishi tezlashadi. 
Tola ko‘p buralsa, uning pishiqligi va sifati shuncha ortadi.
Bitta chanoqdagi bir nechta chigit rivojlanib siqiladi, bukiladi va 
chigit tolalari bir-biri bilan kirishib ketadi. Natijada, ko‘sak ochilgan-
89


dan so‘ng chanoqdagi tolali chigitlar bir-biridan ajralmay turadi. 
M e’yorida yetilgan tola yaltirab ko‘rinadi.
Tola uzunligi.
G ‘o ‘za turiga qarab tolalar uzunligi 18-20 mm dan 
45-50 mm gacha, ba’zan 55-60 mm gacha yetadi. Ingichka tolali g‘o‘za 
navlarida tolalar uzun bo'ladi. Hindiston g'o'zasining tolasi kalta, Af- 
rika-Osiyo g'o'zasining tolasi uzunroq bo'ladi. Vest-Indiya orollari- 
dan tarqalgan o'rta tolali g'o'za navlarida tola uzun va Si-Ayland Amerika 
g'o'zasi ingichka tolali g'o'za bo'lib, tolasi juda uzun bo'ladi.
O'zbekistonda ekilayotgan o'rta tolali g'o'za navlarida tola uzunligi 
33-36 mm, ingichka tola g'o'za navlarida 38-42 mm gacha bo'ladi.
Tola qanchalik uzun bo'lsa, sanoat to'qimachiligi uchun muhim 
hisoblanadi, chunki gazlama chidamli bo'ladi.
Tolaning ingichkaligi mikron bilan o'lchanadi, ya’ni 7 dan 30 
mikrongacha bo'ladi. Ko'proq tolalar diametri 15-20 mikronli bo'ladi.
Tolaning ingichkaligi metrik nomer bilan ifoda etiladi. Metrik no- 
mer 1 g tolaning metr hisobida yoki 1 mg tolaning mm hisobida 
umumiy uzunligini bildiradi. O'rta tolali g'o'za navlarida tolasining metrik 
nomeri 4500 dan 6500 gacha, ingichka tolali g'o'za navlarida 6500 
dan 8000 gacha bo'ladi.

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling