Tez buziluvchi oziq-ovqatlarni sanitar-gigiyenik tekshiruvi:sut,go’sht, tunuka idishdagi konservalar sifatini baholash Reja
1. Sut mahsulotlari, sutning biologik ozuqalik qimmati
2. Go’sht va go’sht mahsulotlari
3.Tuxum va tuxum mahsulotlari
4. Oziq-ovqat mahsulotlarini konservalash
Sut – biologik jihatdan juda qimmatli mahsulot! - Sut tarkibida oqsillar, yog’lar, uglevodlar, fosfatidlar, yog’da eriydigan vitaminlar, mineral tuzlarni uchraydi. Sut tarkibidagi aminokislotalar mutanosibligi umumiy ovqat tarkibidagi aminokislotalar miqdori mutanosibligini ta’minlaydi.
Sut tarkibidagi oqsillar
Kazein(kazeinogen)- fosfoprotein bo’lib, molekulasidagi fosfor, fosforli kislota ishtirokida oksiaminokislota b.n birgalikda murakkab efir hosil qilishda ishtirok etadi.
Laktoalbumin – tarkibida ko’p miqdorda lizin va fenilalanin tutadi.O’sishda muhim bo’lgan triptofan uchraydi.
Laktoglobulin - antibiotiklik xususiyatiga ega. Oqsil zardobi fraksiyasi hisoblanadi
2.7%
0.4%
81.69%
12.1%
0.2%
6%
Sut tarkibda asosiy 3 tur oqsillar bor. Sutdagi oqsillar miqdori hayvonning turiga va boqilishiga ham bog’liq.
Sut tarkibi
1
4
1.Sut yog’i-mayda dispers va emulsiya holatida bo’ladi. Zarrachalari 0.1-10mkm bo’lib, soni 1 mlndan, 2 mlrdgacha yetadi. 1 kun turgan sutda yog’ qatlami qalinligi 2.4-10 smsgaccha yetishi mumkin. Yog’ miqdori yaxshi parvarish qilingan zotli sigirlar suti tarkibida 6-7%ga borishi mumkin.
2.Sutdagi uglevodlar sut qandi, laktoza ko’rinishida bo’ladi. Bu sutdagi yagona uglevod bo’lib, boshqa oziq mahsulotlarida uchramaydi.Sigir sutida α, ayollarda esa βko’rinishi uchraydi.Ichakda laktoza bo’lishi undagi foydali ichak tayoqchalarining bir me’yorda o’z faoliyatini bajarilishini ta’minlaydi.
3.Mineral moddalar-Sut tarkibidagi o’zlashtirib bo’ladigan Ca bilan fosfat bor. Sut tarkibida kalsiy noorganik tuz(78%) va kazein birikmasi (22%) bo’ladi. Sut limon kislota tutishi bilan boshqa oziq mahsulotlaridan ajralib turadi.
2
3
4. Vataminlar- kam miqdorda bo’lsada deyarli hamma vitaminlar bor. Sutda vitaminlardan tashqari juda muhim bo’lgan fermentlar, immunitet hosil qiluvchi antitoksinlar, agglyutininlar, presipitinlar, opsoninlar uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |