Tez ijtimoiy moslashuvga bolalarning ijtimoiy moslashuvi


Biologik va ijtimoiy omillar


Download 0.8 Mb.
bet5/12
Sana18.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1584880
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
SO’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Biologik va ijtimoiy omillar
Biologik omillar. Biologik irsiyat insonni inson qiladigan umumiylikni hamda insonlarni tashqi va ichki jihatdan turli qiladigan farqlanishni aniqlaydi. Irsiyat deganda bolalar genetik dasturiga kiritilgan muayyan xislat va xususiyatlarning ota-onadan bolaga o‘tilishi tushuniladi.
Nasldan bola inson organizmi, inson asab tizimi, inson miyasi va sezgi a’zolarini oladi.
Ota-onalardan bolalarga tana tuzilishi xususiyatlari, soch rangi, ko‘z, teri rangi kabi bir insonni boshqa insondan farqlaydigan tashqi omillar o‘tadi. Nasldan asab tizimining ba’zi bir xususiyatlari ham o‘tadi. Bular asosida asab faoliyatining ma’lum bir turi rivojlanadi.
Inson rivojlanishida intellektual xislatlarning o‘tishi masalasi juda muhimdir. Filolog va psixologlar tadqiqotlariga ko‘ra qobiliyatlar nasldan o‘tmaydi, faqat qobiliyatlarni rivojlantirish uchun potensial imkoniyatlar hisoblangan qobiliyat nishonalari o‘tadi.
Bola rivojlanishida irsiyat ahamiyati haqida gapirganda irsiy tabiatga ega bo‘lgan bir qator kasallik va patologiyalarning mavjudligini e’tiborga olish lozim. Masalan, psixik buzilishlar (shizofreniya), qon kasalligi (gemofiliya), endokrin buzilishlar (pakanalik). Ota-onalar alkogolizmi va giyohvandligi nasl uchun salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tashqi omillar bo‘lgan atmosferaning, suvning ifloslanishi, ekologiyaning buzilishi ham bola rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Jismoniy kamchilikli (ko‘rlar, karlar, tayanch-harakatlantiruvchi apparatning buzilishi va b) bolalar tug‘ilishi ko‘paymoqda.
Shunday bolalar uchun muloqotda bo‘lish jamiyatga «kirish» ancha murakkabdir. Bular bilan maxsus tayyorlangan pedagoglar shug‘ullanadi.
Ijtimoiy omillar
Inson bo‘lib etishish uchun faqatgina biologik irsiyatning o‘zi kifoya emas. Inson faqat sotsiolizatsiya jarayonida, ya’ni muloqotda, boshqa insonlar bilan o‘zaro ta’sirda shaxs bo‘lib etishadi. Inson jamiyatidan tashqarida ma’naviy, ijtimoiy, psixik rivojlanishi sodir bo‘la olmaydi. Bu fikrni barchaga ma’lum hollar, ya’ni inson bolasi hayvonlar orasida o‘sgani yanada mustahkamlaydi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling