Tez ijtimoiy moslashuvga bolalarning ijtimoiy moslashuvi


Tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi


Download 0.8 Mb.
bet9/12
Sana18.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1584880
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
SO’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi rus klassik pedagoglari ishlarida ham o‘z aksini topgan. K.D.Ushinskiy (1824-1871) o‘zining asosiy «Inson tarbiyaning mazusi sifatida» degan psixologik-pedagogik asarida yozgan ediki, bola tarbiyasi va ta’limi uchun tarbiya prinsiplari va qoidalarini bilish, balki inson tabiati asosiy qonunlarini bilish, ularni har bir aniq holda tatbiq qila olish lozim. K.D.Ushinskiy fiziologiya, gigiena va psixologiya (diqqat, xotira, tasavvur, hislar, iroda) asoslarini oldindan o‘rganish zaruriyatini asoslab berdi, buning asosida so‘zlash qobiliyatini, ahloqiy, estetik va diniy hislarni, didaktikani o‘rganishga o‘tish mumkin


Madaniyat bilan uyg‘un bo‘lish prinsipi.
Antik jamiyatdagi faysuflar va pedagoglar shaxs shakllanishi va madaniyat
o‘rtasidagi chuqur bog‘liqlikni tahlil qilganlar. SHu narsaga SHarq Uyg‘onish davri mutafakkirlari va qomusiy olimlari bo‘lgan Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, XII asr insonparvari Alisher Navoiy ham o‘z asarlarida tayanganlar. Bunda ikkita muhim tezis belgilandi: shaxs madaniyat orqali shakllanadi, har qanday madaniyat asosiy boyligi esa insondir. O‘tmish faylasufi va pedagoglari hisoblardiki, madaniyat yuqori ahloqiy insonni shakllantirishning zaruriy va eng muhim omilidir.
Madaniy uyg‘un bo‘lish prinsipi pedagogikada A.Disterveg (XIX asr) bilan ilgari surilgan. U hisoblardiki, tarbiya qilishda joy va vaqt shart-sharoitlarini, ya’ni inson tug‘ilgan vaqti va joyini, bir so‘z bilan aytganda butun zamonaviy madaniyatni e’tiborga olish zarur. Butun insoniyat, har bir halq va har bir avlod madaniyat rivojlanishining ma’lum bir pog‘onasida turadi – bu ajdodlar bilan ular tarixi natijasi sifatida qoldirilgan meros. Madaniy uyg‘un bo‘lish prinsipi muayyan tashqi, ichki va ijtimoiy madaniyat asosida o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilishni bildiradi. Distervegga ko‘ra tashqi madaniyatbu ahloq turmush, iste’mol qilish me’yorlari ichki madaniyat insonning ma’naviy hayoti. Ijtimoiy madaniyat ijtimoiy munosabatlar va milliy madaniya
Rossiya pedagogikasida madaniy uyg‘un bo‘lish g‘oyasi K.D.Ushinskiy asarlarida berilgan edi. U shu haqida yozardiki, agar biz ziyoli inson va fuqaroni tarbiyalamoqchi bo‘lsak, yozish, o‘qish, sanash, malakasidan, o‘z dini, o‘z vatani, uning tabiati, georafiya, tarix, madaniyatni bilishidan boshlash kerak. K.D.Ushinskiy asarlarida bu g‘oya xalqchilik g‘oyasi sifatida aks ettiriladi.
Xalqchilik deganda K.D.Ushinskiy har bir xalqning o‘ziga xosligini uning tarixiy rivojlanishi, geografik va tabiiy shart-sharoitlari bilan shartlanishi orqali tushungan.
Madaniy uyg‘un bo‘lish g‘oyasi pedagogikamizda Abdulla Avloniy bilan berilgan. Bu g‘oya uning «Turkiy guliston yohud ahloq» degan asarlarida Vatanga muhabbat sifatida aks ettiriladi.
«Inson tug‘ilgan va o‘sgan shaharni, yozadi A.Avloniy - hamda shu shahar joylashgan mamlakatni shu inson Vatani deb ataydilar... biz, Turkistonliklar, hayotimizdan ham afzal o‘z quyoshli o‘lkamizni sevganimizdek, arablar ham o‘z Arabistonini, uning issiq qumli cho‘llarini, eskimoslar o‘z SHimolini, abadiy muz va qorlar bilan qoplangan eng sovuq erlarini sevadi»2.


1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling