Tez ijtimoiy moslashuvga bolalarning ijtimoiy moslashuvi


Shaxs sotsializatsiyasining makro (grekcha macros «katta»), mezo – (mesos «o‘rta») va mikro (micros «kichik») omillarini farqlaydilar


Download 0.8 Mb.
bet7/12
Sana18.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1584880
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
SO’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Shaxs sotsializatsiyasining makro (grekcha macros «katta»), mezo – (mesos «o‘rta») va mikro (micros «kichik») omillarini farqlaydilar.
Makro omillar – inson yashaydigan mamlakat, jamiyat, davlat hamda dunyoviy planetar jarayonlar – ekologik, demografik, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy vab.
Mezo omillar etnik ko‘rsatmalarni shakllantirish, shaxsning milliy hayot va etnikaro munosabatlarning u yoki bu hollarini qabul qilishi, insonlarning o‘z eposi (xalqi) tarixi va hozirgi hayoti haqida qarashlari va fikrlari; bola yashaydigan va rivojlanadigan mintaqaviy shart-sharoitlarning ta’siri; yashaydigan joy turi (shahar, tuman markazi, qishloq); ommaviy kommunikatsiya vositalari va b.
Mikro omillar - yaqingina makonni va ijtimoiy muhitni tashkil qiladigan oila, ta’lim muassasalari, tengdoshlar guruhi va b. mana shu yaqingina muhitni, ya’ni bola o‘sadigan muhitni sotsium yoki mikrosotsium deb atashadi.
Sotsium (yaqin muhit) – bola sotsiolizatsiyasi uchun muhim ahamiyatga ega. Bu yaqin ijtimoiy muhitni bola asta-sekin o‘zlashtiradi. Boshida u (bola), asosan, oilada rivojlanadi, so‘ng yangi muhitlarni o‘zlashtiradi – maktabgacha muassasalar, maktab, maktabdan tashqari muassasalar, o‘rtoqlar davrasi, diskotekalar va h.k. YOsh o‘tgan sari bola tomonidan o‘zlashtirilgan ijtimoiy muhit «hududi» tobora kengayib boradi. Ijtimoiy tarbiya
Pedagogikaning asosiy mezoni – tarbiya. Tarbiya – ijtimoiy hayotning abadiy va umumiy mezoni. Pedagogika bolalar tarbiyasini shaxs ahloqiy xislatlarini shakllantirishning maqsadga qaratilgan jarayoni sifatida ko‘rib chiqadi.
Biroq bu tarbiya jarayoni har doim ham etarli darajada samarali bo‘lmaydi. Yuqorida ijtimoiy ta’lim vazifasini ko‘rib chiqib, ko‘rsatdiki, bolada muayyan bir ijtimoiy bilim, malaka va ko‘nikmalar shakllanishi kerak. Ularning shakllanishi jarayoni, masalan, otaga, onaga g‘amxo‘r, e’tiborli, mehribon, rahmdil munosabatlarning shakllanishi bilan bog‘liq. Agar qandaydir sababga ko‘ra bolada ijtimoiy bilimlar shakllanmagan bo‘lsa, demak, munosabatlar shakllanmagan, ya’ni unga zarur bo‘lgan ijtimoiylashuvda qandaydir shaxs xislatlari ham shakllanmagan. Shuning uchun ijtimoiy pedagogik faoliyat jarayonida boladagi shunday ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan xislatlar shakllangan bo‘lishi kerak – shuni o‘zi ijtimoiy tarbiyaning vazifasidir.
Ya’ni, ijtimoiy tarbiya deganda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatli bola shaxsi xislatlarining shakllanishi maqsadga qaratilgan jarayoni tushuniladi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling