Tezlikni rostlash
Musbat deb, shunday teskari bog‘lanishga
Download 1.23 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Teskari elastik bog‘lanish
- Umumiy kuchaytirgichli EYU sxemasi
Musbat deb, shunday teskari bog‘lanishga aytiladiki, bunda uning Xtb signali topshiriq signaliga Xt muvofiq yo‘nalgan (3.1-rasmda "+" ishorasi) va xuddi shunday teskari manfiy bog‘lanish signali topshiriq signaliga qarshi yo‘nalgan bo‘ladi (3.1-rasmda "-" ishorasi).
Teskari bikr bog‘lanish shu bilan xarakterlanadiki, uning signali xam turg‘un , xam o‘tkinch rejimlarda ishlaydi. Teskari elastik bog‘lanish signali esa fakat tizimning o‘tkinch rejimlarida xosil qilinadi va EYUning dinamik xarakteristikalarini shakllantirishga xizmat qiladi. CHiziqli deb, shunday teskari bog‘lanishga aytiladiki, u matematik jixatdan chiziqli tenglamalar bilan ifodalanadi (algebraik, differensial va x.k). Qolgan barcha bog‘lanishlar nochiziqli bo‘ladi. Elektr yuritmalarda, ularning chiqish koordinatalarini (tezligi, tezlanishi va o‘rin joyini) rostlash uchun odatda tezlik, o‘rin joyi, tok va kuchlanish bo‘yicha teskari bog‘lanishlardan foydalaniladi. EYU lar texnologik jarayonlarni aniq borishini va uning sifatini tapminlash maqsadida, ko‘rsatilgan "ichki" teskari bog‘lanishlardan tashqari yuritmaga texnologik datchiklardan xam signallar beriladi, masalan xarorat, cho‘zilish, kesish kuchi, bosim, sarf xaqidagi. Bu xollarda EYU, texnologik jarayonlarni olib boruvchi ishchi mashina bilan birgalikda, avtomatik rostlash tizimini (ART-SAR) tashkil qiladi (3.2 - rasm). Bu tizimda, EYU asosiy rostlovchi qurilmadir, uning chiqishdagi signali Xchiq (masalan, tezlik) ishchi mashina IM uchun boshqaruvchi taosir bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichlar texnologik kursatkichlar topshiriq signalini Xtkt va tashqi taosir signali Xtt ni xisobiga o‘zgarishi bilan texnologik jarayonni oldindan belgilangan qoida asosida borishini tapminlaydi. 3.2-rasm. Texnologik jarayonni avtomatik rostlash sxemasi EYU uchun, bu xolatda, topshiriq signali Xt bo‘lib, u texnologik ko‘rsatkichlar topshiriq signali Xtkt va texnologik teskari bog‘lanish signali Xttb o‘rtasida xosil bo‘lgan natijaviy og‘ish signali (farq) bo‘ladi. Taokidlash kerakki, texnologik teskari bog‘lanish signallari bir nechta bo‘lishi mumkin, bunda elektr yuritma uchun topshiriq signalini ishlab chiqarish uchun EXM yoki mikroprotsessorlardan foydalaniladi. YUqorida taokidlangandek, baozida ijro organi harakatini boshqarish uchun, EYU ning bir nechta koordinatalarini (misol uchun tok, moment va tezlikni) rostlash kerak bo‘ladi. Bu hollarda, yopiq EYU lar quyidagi tuzilish sxemalarining biri orqali bajariladi. 3.3-rasm. Umumiy kuchaytirgichli EYU sxemasi Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling