«Korxona iqtisodiyoti» fanining ob’ekti, predmeti, maqsadi va boshqa fanlar bilan aloqasi
«Korxona iqtisodiyoti» xuddi boshqa fanlar kabi birinchi o’rinda o’rganish funktsiyasini bajaradi. Uning mahsulot ishlab chiqarish moddiy-texnika resurslarini sarf qilishni talab qilishi bilan, xodimlar mehnati ularga haq to’lash va rag’batlantirishning boshqa shakllari bilan, daromad hajmi esa xarajatlar miqdori va bahoni shakllantirish bilan bog’liq bo’lgan qo’shma korxonalarda sodir etiluvchi hodisa va jarayonlarni o’rganishi va izohlashi mo’ljallangan. Bunda gap qandaydir omillarni oddiy tarzda konstatatsiya qilish haqidagina emas, balki korxonalar iqtisodiy hayotining mohiyatini anglash, ularning iqtisodiy ahvolini yaxshilash yo’llarini tanlash, baholash va tahlil qilish, eng muhim iqtisodiy jarayonlarni prognozlashtirish va modellashtirish haqida ham boradi.
Mazkur fanning tadqiqotlari ob’ekti - bu kichik, o’rta va yirik korxonalar bo’lib, ular turli mulk shakliga ega bo’ladi hamda O’zbekiston Respublikasining qonunchiligi asosida tashkil qilinadi. Hozirgi kunda iqtisodiy faoliyatning, moddiy ishlab chiqarishning joriy va istiqbolli rivojlanish strategiyasi hamda mamlakat iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashning asosiy og’irligi aynan korxonalar “elkasi” ga yuklatilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |