Примечание [IK2]:
Korxona iqtisodiyotning bir bo’g’ini bo’lib, unda eng malakali kadrlar mujassamlangan hamda samarali boshqaruv - menedjment qo’llanib, resurslardan oqilona foydalanish va zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish masalalari hal qilinadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning yuqori sifat ko’rsatkichlarini saqlagan holda xarajatlarni minimallashtirish va daromad(foyda)ni maksimallashtirish deyarli har bir korxonaning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Fanning predmeti bozor munosabatlari sharoitlarida korxonalar faoliyatining nazariy va amaliy asoslarini, korxonalar faoliyatida iqtisodiy qonuniyatlarning namoyon bo’lishini, shuningdek, ularning ishlab chiqarish va xo’jalik faoliyati samaradorligini reurslardan oqilona foydalanish, ratsional boshqaruv, investitsion va tadbirkorlik faolligi asosida oshirish yo’llarini aniqlash bilan ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |