4) yakka tartibdagi tadbirkor uchun — ushbu Kodeksning 51-bobida belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda, ushbu bo‘limda nazarda tutilgan jami daromad va xarajatlar o‘rtasidagi farq; Soliq ob’ekti 5) zimmasiga oddiy shirkat ishlarini yuritish yuklatilgan shaxs uchun — birgalikda ishlab chiqarilgan tovarni (ko‘rsatilgan xizmatni) realizatsiya qilishdan olingan daromad va birgalikda ishlab chiqarilib realizatsiya qilingan tovarga (xizmatga) to‘g‘ri keladigan birgalikdagi faoliyatga kiritilgan mablag‘lar summasi o‘rtasidagi farq. Soliq Kodeksning 295-moddasiga muvofiq aniqlanadigan, soliq solinishi lozim bo‘lgan foyda summasi soliq bazasi hisoblanadi. Soliq bazasini ushbu bo‘limda belgilangan tartibda va shartlarda aniqlashda soliq to‘lovchi daromadlarining va (yoki) xarajatlarining (zararlarining) ayrim turlari maxsus qoidalar bo‘yicha inobatga olinishi yoki inobatga olinmasligi mumkin. Yuridik shaxslarning jami daromadlari tarkibiga quyidagilar kiradi: - tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olinadigan daromadlar; Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan, shu jumladan yordamchi xizmatlar tomonidan realizatsiya qilishdan qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i chegirib tashlangan holda olingan tushum tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromaddir. Boshqa daromadlarga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalardan olinadigan daromadlar kiradi. Jumladan: Boshqa daromadlarga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalardan olinadigan daromadlar kiradi. Jumladan: - asosiy vositalari va boshqa mol-mulki chiqib ketishidan olinadigan daromadlar;
- asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni moliyaviy ijaraga berishdan olinadigan daromadlar;
- tekin olingan mol-mulk, mulkiy huquqlar, shuningdek ishlar va xizmatlar;
- inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tovar-moddiy zaxiralar hamda boshqa mol-mulk qiymati tariqasidagi daromadlar;
- valyuta hisobvaraqlari bo‘yicha kursdagi ijobiy farq;
- hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillardagi daromadlar;
- dividendlar va foizlar;
- royalti va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |