Thesis · January 2022 doi: 10. 13140/RG


-rasm. To‘qimachilik, kiyim, teri mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’atlari22


Download 389.04 Kb.
bet18/30
Sana23.12.2022
Hajmi389.04 Kb.
#1046968
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30
Bog'liq
Productiontheoryandproducerequilibriumconditions

2.1.2-rasm. To‘qimachilik, kiyim, teri mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’atlari22.
Respublika qayta ishlovchi sanoatining tarmoq tarkibida ulushi jihatidan uchinchi o‘rinda turuvchi navbatdagi muhim ishlab chiqarish bu - mashina va uskunalarni ishlab chiqarish, ta’mirlash va o‘rnatish, avtotransport vositalari, treylerlar, yarim pritseplar va boshqa tayyor metall buyumlarni ishlab chiqaruvchi sanoat tarmog‘i hissasiga to‘g‘ri keladi.
Respublika mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati - mashinasozlik, elektrtexnika sanoati, dastgoxsozlik va asbobsozlik sanoati, anjomsozlik, ko‘tarma - transport mashinasozligi, traktor va qishloq xo‘jalik mashinasozligi, mashina va uskunalarni ta’mirlash kabi sanoat tarmoqlaridan tashkil topgan22.
Hozirgi kunga kelib mamlakatimizda mazkur sanoat tarmog‘iga tegishli bo‘lgan avtomobillar, avtobuslar va traktorlar, avtomobillar uchun akkumulyatorlar va qo‘rg‘oshinli akkumulyator batareyalari, kuchlanish transformatorlari, markazdan qochma nasoslar, kompressorlar, avtomobil dvigatellari, g‘alla o‘ruvchi kombaynlar, seyalkalar, o‘rgichlar, konditsionerlar, mikroto‘lqinli pechlar, elektr changyutgichlar, sovutgich va muzlatgichlar, kir yuvish mashinalari, televizorlar va elektr dazmollar kabi asosiy turdagi mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
Respublikamizda mashinasozlikning turli tarmoqlari, xususan, qishloq xo‘jalik mashinasozligi sezilarli darajada rivojlangan. Toshkent, Chirchiq qishloq xo‘jalik mashinasozlik zavodlari shular jumlasidandir. Yirik mashinasozlik markazlari: Toshkent, Samarqand, Andijon, Chirchiq, Namangan, Navoiy va boshqalar.
Statistik ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, mashina va uskunalarni ishlab chiqarish, ta’mirlash va o‘rnatish, avtotransport vositalari, treylerlar, yarim pritseplar va boshqa tayyor metall buyumlarni ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’atlari 2013 - 2016 yillar oralig‘ida muntazam pasayish xarakteriga ega bo‘ldi.
Ushbu tarmoqda ishlab chiqarishning eng yuqori o‘sish sur’atlari 2013 yilda qayd etilgan bo‘lsa, eng quyi o‘sish sur’atlari esa 2016 yilda qayd etildi (2.1.3-rasm).

2.1.3-rasm. Mashina va uskunalarni ishlab chiqarish, ta’mirlash va o‘rnatish, avtotransport vositalari, treylerlar, yarim pritseplar va boshqa tayyor metall buyumlarni ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’atlari23.
Respublika qayta ishlovchi sanoati tarmoq tarkibining tahlili, mazkur tarkibda aksariyat quyi texnologiyali ishlab chiqarishlarning ulushi yuqori ekanligini ko‘rsatadi. Bu esa respublika qayta ishlovchi sanoatining tarmoq tarkibini takomillashtirishni talab etadi.
Qayta ishlovchi sanoatning tarmoq tarkibini takomillashtirishning eng muhim omili bu - yuqori texnologiyali sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarni rivojlantirishdan iboratdir.
Iqtisodiy faoliyat turlarining xalqaro tasniflagichiga ko‘ra, yuqori texnologiyali tarmoqlar ishlab chiqarishini farmatsevtika, tibbiy - kimyoviy, botanik mahsulotlar ishlab chiqarish, ofis, hisoblash va kompьyuter mashinasozligi, radio, televizor va kommunikatsiya jihozlari va apparatlari, optik instrumentlar, yuqori aniqlikdagi soatlar ishlab chiqarish hamda aerokosmik apparat va mahsulotlar ishlab chiqarishlari tashkil etadi24.
Sanoat tarmog‘i tuzilmasiga baho berishda shu tuzilmadagi tarmoqlar sanoat mahsuloti ulushining shakllanish qonuniyatini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, sanoat tarmoqlari o‘rtasida maqbul mutanosiblikni shakllantirish tarmoqda tarkibiy siyosat olib borishning asosiy sharti hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, respublika qayta ishlovchi sanoatining tarmoq tarkibidagi siljishlarga baho berish alohida iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lib, shu orqali ishlab chiqarishdagi samaradorlikni yanada to‘liqroq va aniqroq o‘rganish imkoniyati yuzaga keladi.
Hisob - kitoblar shuni ko‘rsatadiki, respublika sanoat mahsuloti ishlab chiqarish tarkibida ayrim sanoat tarmoqlarining mahsulot ishlab chiqarish ulushi pasaygan. Biroq, ushbu tarmoqlardagi pasayish nisbiy xarakterga ega bo‘lib, ularda qator yillar davomida ishlab chiqarish hajmining mutlaq o‘sish tendensiyasi kuzatiladi.
Tahlillarning ko‘rsatishicha, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish tuzilmasidagi siljishlarni miqdoriy baholash natijalari tarmoqda tub tarkibiy o‘zgarishlar sodir bo‘lganligini ko‘rsatadi. Quyida O‘zbekiston Respublikasi ishlab chiqaradigan
sanoat tarmog‘idagi mutlaq va nisbiy tarkibiy siljishlar indeksi keltirilgan bo‘lib, unga ko‘ra sanoat tarmog‘ida tub tarkibiy siljishlar sodir bo‘lganligini ko‘rish mumkin (2.1.3-jadval).

Download 389.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling