Thesis · January 2022 doi: 10. 13140/RG


O‘zbekistonda sanoat tarmog‘ining rivojlanish istiqbollari


Download 389.04 Kb.
bet22/30
Sana23.12.2022
Hajmi389.04 Kb.
#1046968
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
Bog'liq
Productiontheoryandproducerequilibriumconditions

2.3 O‘zbekistonda sanoat tarmog‘ining rivojlanish istiqbollari


Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va uni kelajakdagi holatini oldindan bilish muhim hisoblanadi. Chunki kelajakdagi bo‘ladigan holatlarga iqtisodiyotni tayyorlab borish kerak. Bunda doimo davlat mamlakatning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozlariga suyangan holda ish olib boradi va shu orqali iqtisodiyotni doimo tartibga solib turadi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda sanoat tarmog’ini rivojlantirish bo‘yicha bir qator qonun hujjatlari qabul qilinmoqda. Ularga quyidagilarni misol sifatida keltirishimiz mumkin:

  • Avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishni ta’minlash, ilg‘or xalqaro tajriba asosida zamonaviy bozor mexanizmlari va boshqaruv usullarini joriy qilish, shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh ishlab chiqarishni yaratish maqsadida

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 2019yil 18-iyul, PQ-4397-sonli qarori;

  • Respublika to‘qimachilik sanoatining jadal rivojlanishini ta’minlash, yuqori sifatli va raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yirik xorijiy bozorlarga yanada ilgari surish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik va tikuvtrikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 14dekabr, PF-5285-sonli farmoni;

  • Tashqi bozorlarda xaridorgir bo‘lgan yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatdosh, sifatli mahsulot ishlab chiqarilishini ta’minlaydigan mineralxomashyo va qishloq xo‘jaligi resurslarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha yuqori texnologiyali zamonaviy ishlab chiqarishlarni barpo etishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish uchun g‘oyat qulay ishbilarmonlik muhitini vujudga keltirish, shuningdek, respublika mintaqalarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanish, buning asosida yangi ish joylarini tashkillashtirish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2017 yil 25 oktabr, PQ-3356-sonli qarori;

  • Jahon bozorida barqaror talabga ega, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatdosh to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni ta’minlash, shuningdek, kimyo xomashyosini chuqur qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy ilmiy yutuqlar va taraqqiy etgan innovatsiya texnologiyalarini ko‘llagan holda to‘qimachilik tarmog‘ida yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xomashyo bazasini kengaytirish, ichki sanoat kooperatsiyasini hamda import o‘rnini egallaydigan mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtiruvchi korxonalarni rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik sanoati xomashyo bazasini diversifikatsiya qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2017-yil 6oktabr, PQ-3314-sonli qarori;

  • Kimyo sohasining eksport salohiyatini kengaytirish, “O‘zkimyosanoat” AJ tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan eksport va import operatsiyalarining shaffofligini ta’minlash, raqobatdosh mahsulotlarni tashqi bozorlarga olib chiqish samaradorligini oshirish va belgilangan maqsadli parametrlarga erishish hamda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3236sonliqaroribilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Kimyo sanoatini rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo sanoati tashkilotlarining eksport-import faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 29-avgust, PQ-3246-sonli qarori;

  • Xalq iste’mol tovarlari, ayniqsa bolalar uchun tovarlar va badiiy hunarmandchilik buyumlari ishlab chiqarishni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, korxonalarni zamonaviy texnika va ilg‘or texnologiya bazasida qurish va texnika bilan qayta jihozlashni tugallash, raqobatbardoshli va importning o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish o‘sishini rag‘batlantirish, yengil va

mahalliy sanoat korxonalari ishini barqarorlashtirish va ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish maqsadida qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining “Yengil va mahalliy sanoatni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choratadbirlari to‘g‘risida” gi 1996-yil 29-aprel, 166-sonli qarori35.
Yuqorida qabul qilingan barcha qonun hujjatlari sanoat tarmog’ini rivojlantirishga xizmat qiladi. Quyida bu sohalarni rivojlantirish prognozlari bilan tanishib chiqamiz.

Download 389.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling