Thesis · January 2022 doi: 10. 13140/RG
II BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SANOAT TARMOG‘INING TAHLILI VA RIVOJLANISH YO‘NALISHLARI
Download 389.04 Kb.
|
Productiontheoryandproducerequilibriumconditions
II BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SANOAT TARMOG‘INING TAHLILI VA RIVOJLANISH YO‘NALISHLARI2.1 O‘zbekiston sanoat ishlab chiqarishining tarmoq tuzilishi va dinamikasiIshlab chiqaradigan mahsulotining iqtisodiy mazmunini bir xilligi, ishlatiladigan xomashyo va asosiy materiallarning o‘xshashligi, ishlab chiqarish texnik bazasi va texnologik jarayonlarining hamda ma’lum kasbdagi kadrlar tarkibining umumiyligi, ijtimoiy mehnatni tashkil etish darajasi va shakllarining bir biriga o‘xshashligi, bir so‘z bilan aytganda umumiy xususiyatga ega bo‘lgan korxonalar majmui - tarmoqni tashkil etadi. Sanoatning tarmoq tuzilishi turli mezonlar asosida turlicha tasniflanadi. Masalan, mulk shakllariga qarab sanoatning tarmoq tuzilishi davlat, nodavlat va aralash sektorga8, sanoat ishlab chiqarish texnologik nuqtai nazaridan tasniflanganda yuqori, o‘rta yuqori, o‘rta quyi va quyi sanoat tarmoqlariga9, mahsulotning yakuniy iste’moliga qarab, sanoat tarmoqlari yakuniy iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlariga, oraliq tovarlar ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlariga, investitsiya tovarlari hamda yuqori texnologiyali investitsiya tovarlari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlariga bo‘linadi10. Ayrim manbalarda sanoat 2 ta yirik tarmoqqa ham ajratiladi. Bular, yoqilg‘i - xomashyo tarmoqlari hamda qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari. Bunda yoqilg‘i - xom ashyo tarmog‘i tarkibiga, yoqilg‘i - energetika majmui, metallurgiya, qurilish materiallari sanoati va paxta tozalash sanoati kabilar kiritiladi11. Sanoat tarmoqlari odatda uch asosiy mezon asosida ajratiladi1213: xom ashyo birligi bo‘yicha ajratilgan sanoat tarmoqlari (mashinasozlik va metallni qayta ishlash, o‘rmon, yog‘ochni qayta ishlash vassellyuloza - qog‘oz sanoati va h.k.); iste’mol birligi, ya’ni muayyan maqsadda mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlar (yengil va oziq-ovqat, qurilish, elektr energetika va b.); texnologik jarayon asosida tashkil etilgan sanoat tarmog‘i (kimyo sanoati). Demak, sanoatning tarmoq tuzilmasi - uning tarkibi, tarmoqlar o‘rtasidagi nisbatlar va ularning o‘zaro bog‘liqlik darajasi tushuniladi. Tarmoq tuzilmasi sanoat taraqqiyoti darajasini belgilaydi hamda unda yuz bergan va yuz beradigan o‘zgarishlarni aks ettiradi. Tarmoq tuzilmasiga binoan quyidagi jihatlarni aniqlash mumkin14: ijtimoiy mehnat taqsimoti va kooperatsiyaning darajasini; sanoat va milliy iqtisodiyotning ilmiy - texnik salohiyatini; mamlakat va uning viloyatlari sanoatining rivojlanish darajasini; mehnat unumdorligi yoki iqtisodiy samaradorlik darajasini; aholining moddiy farovonligi va madaniy darajasi o‘sganligini; ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlari bilan iste’mol buyumlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlari o‘rtasidagi ishlab chiqarish aloqadorligini. Hozirgi kunda respublikamizning umumiy sanoat tarmog‘i iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagi seksiyalarga bo‘linadi15: tog‘ - kon sanoati va ochiq konlarni ishlash; qayta ishlash sanoati (ishlab chiqaradigan sanoat); elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash; suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish. Tog‘ - kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoati ko‘mir, lignit, neft, tabiiy gaz, metall rudalarini qazib olish va tog‘ - kon sanoatining boshqa turlari bilan shug‘ullanadigan korxonalar faoliyatini o‘z ichiga oladi. Qayta ishlash sanoatiga oziq - ovqat mahsulotlari, ichimliklar, tamaki, to‘qimachilik, rezina va plastmassa mahsulotlari, kiyim - kechak, charm va kimyoviy mahsulotlar, asosiy farmatsevtika mahsulotlari va dori darmonlar, koks va neftni qayta ishlash mahsulotlari, yog‘och va po‘kak buyumlar, pohol va to‘qish uchun materiallar, qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari, mebel, boshqa noruda mineral mahsulotlar, mashina va uskunalarni ishlab chiqarish, ta’mirlash va o‘rnatish, avtotransport vositalari, treylerlar, yarim pritseplar va boshqa tayyor metall buyumlar, yozilgan materiallarni nashr qilish va aks ettirish, qora va rangli metallar va ulardan buyumlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar kiritiladi. Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari elektr energiya, bug‘, gazsimon yoqilg‘ini ishlab chiqarish, yetkazib berish, tarqatishni ta’minlaydi. Suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish korxonalari suvni qayta ishlash (tozalash), suv bilan ta’minlash, oqova suvlarini tozalash, transportirovka qilish va tozalash, chiqindi tashlaydigan o‘ralarni tozalash va ishlov berish, chiqindilarni yig‘ish, tozalash va utilizatsiya qilish, rekultivatsiya qilish xizmatlarini ko‘rsatish bilan shug‘ullanadilar. Statistik tahlillar shuni ko‘rsatadiki, respublikamiz umumiy sanoatining tarmoq tuzilmasida ishlab chiqaradigan sanoatning hissasi yuqori bo‘lib, keyingi yillarda mazkur sanoatning ulushi ushbu tuzilmada o‘sib borish tendensiyasi bilan xarakterlanadi. Jumladan, umumiy sanoat tuzilmasida ishlab chiqaradigan sanoatning hissasi 2010 yilda 73,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2016 yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 80,3 foizni tashkil etgani holda 6,5 foizga o‘sgan (2.1.1-jadval). Download 389.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling