Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси
Qattiq va egiluvchan (yumshoq) qisqichlar
Download 207.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Qattiq va egiluvchan (yumshoq) qisqichlar
Payr bo‘yicha oshqozon qisqichi – tumshuqsimon shaklda, uzun jag‘li, katta va og‘ir asbob zanglamas po‘latdan tayyorlanadi, ishchi sathida uzunasiga soy o‘tgan; jag‘larning qiyshayib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ularning bir uchida tish mavjud, u asbob yopilganda boshqa jag‘dagi teshikka kiradi; oshqozon chetlarini choklash qulay bo‘lishi uchun qisqichda tirqish mavjud; Meyo bo‘yicha ichak qisqichi oldingi qisqichga nisbatan o‘lchovlari va jag‘laridagi tirqishning yo‘qligi bilan farqlanadi; egiluvchan oshqozon va ichak qisqichlari (16-rasm) to‘g‘ri va qayrilgan qilib tayyorlanadi; uzun jag‘li ishchi sathida ariqcha mavjud, jag‘lari keng (6 mm) , egiluvchan, yoysimon qayrilgan, kremalera 8 ta tishga ega, asbobning uzunligi 240 mm, qattiq ichak qisqichi – to‘g‘ri ishchi branshlarga ega bo‘lib, ularda uzunasiga uchburchak shaklida kertiklar mavjud; egiluvchan qisqichga nisbatan uzunroq (256 mm) , uchta tishli kremalerasi, egiluvchan qisqichlar kremalerasida esa 8 ta tishi bo‘ladi, oshqozon qisqichi – rezeksiya paytida oshqozonni qisish uchun mo‘ljallangan; o‘lchovlari bo‘yicha bosuvchi qisqichga yaqin, chunki ishchi qismining uzunligi bosuvchi qisqichi bilan teng, garchi qattiq bo‘lsa-da, lekin avaylovchi qisqichdir; branshalarda operatsiya paytida oshqozon devorlarini ishonchli ushlab turishga qodir original chiroyli soy mavjud; bo‘linmali yoki murvatli qulfga ega, zanglamas po‘latdan tayyorlanadi; bolalar uchun kichik uzunlikda (200 mm) , to‘g‘ri va egilgan (170 mm) shaklda ishlab chiqariladi. Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси. 17 16-rasm. Qayrilgan egiluvchan ichak qisqichi. Qisqichlar qabul qilinganda va sinovdan o‘tkazilganda qulfning sozligi yaxshilab tekshiriladi. Tutqichlari to‘liq yopilganda asbob o‘z holicha ochilib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydigan mustahkam va barqaror yopilishiga erishish zarur. Jag‘lar yopiq turganda tirqishlar bir-biriga mos tushishi lozim. SHarnirli qulfda yurish engil va ravon, ochilganda tutqichlarning keskin ortga tepishi sodir bo‘lmasligi zarur. Sharnirlarning murvatlari qisqich ishlaganda buralib chiqmasligi kerak. Jag‘larning yopilish zichligi ular orasiga 2 qavatli doka qo‘yib, sinovdan o‘tkaziladi. Tutqichlar to‘la yaqinlashganda dokani o‘tkazib yubormasligi, sirg‘alib chiqmasligi lozim. Download 207.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling