Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси
Download 207.38 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqich asboblar
Tibbiy qoshiqlar (11-rasm) 2 turda ishlab chiqariladi: o‘tkir va tumtoq uchli.
11-rasm. Tibbiy qoshiqlar: a,b, v-bir tonlama, g -ikki tomonlama. O‘tkir qoshiqlar to‘qimalar (suyak va yumshoq) da patalogik hosilalarni qirib tozalashga mo‘ljallangan. Ular 40x13 turidagi toblangan qattiq zanglamaydigan po‘latdan tayyorlanadi. Tumtoq qoshiqlar suyuqlik, yiring moddalar, toshlarni Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси. 12 tushirishga mo‘ljallangan. Ushbu qoshiqlar X18N9T turidagi yumshoq po‘lat yoki qizil misdan tayyorlanadi. O‘tkir qoshiqlarni funksional sinovini qayin po‘stlog‘ini 5 marta qirqish bilan tekshirib ko‘riladi, ayni paytda qirqish qirrasida kertiklar hosil bo‘lmasligi kerak. Qisqich asboblar Qisqich asboblar qon oqishini to‘xtatish, naysimon a’zolarni qisish yoki to‘qimalar va a’zolarni ushlab turish (fiksatsiya qilish) hamda turli buyumlar (choklash, bog‘lash vositalari, asboblar) ni uzatishda foydalaniladi. Qisqich asboblarga nisbatan qo‘yiladigan asosiy talab – to‘qimalarni avtomatik ravishda va mustahkam ushlashdir. Bu talabga ularning tuzilish xususiyatlari to‘g‘ri keladi. 12-rasm. Qisqich. Ishchi qismi – jag‘lar(a) , qulf (b) , kremalera (v) , halqa qismi (g) – qisuvchi asboblarning asosiy qismlaridir (36-rasm. ) . Jag‘lar turli shaklda bo‘lishi mumkin: cho‘ziq, to‘g‘ri, qayrilgan(yoniga yoki yuzasiga). Jag‘larning ishchi sathlari ko‘ndalang, uzunasiga yoki egri, kamdan kam hollarda to‘g‘ri kertikli bo‘ladi. Ayrim qisuvchi asboblarning jag‘lari o‘yiq tishchalarga ega bo‘lishi mumkin, qulflari bo‘linadigan va bo‘linmaydigan turlari ishlab chiqariladi. Asbobning kremalerasi uning avtomatligini ta’minlovchi qism hisoblanadi, tishchalari (bitta, uchta, beshta va undan ortiq) bo‘ladi. Kremalerali asboblardan tashqari burchak ostida ( kiyim-kechak qisqichlari) mustahkamlangan plastinalar ko‘rinishidagi 2 ta shoxchali plastinkasimon qisqich asboblar guruhi ham mavjud. Funksional vazifasiga ko‘ra qisuvchi asboblar 5 ta turga bo‘linishi mumkin: qon to‘xtatuvchi, shu jumladan tomirlarni vaqtincha qisib turuvchi, qorin-ichak, igna tutqichlar, kiyim-kechakka mo‘ljallangan va yordamchi qisqichlar. Qon to‘xtatuvchi qisqichlar qon oqishini to‘xtatish maqsadida tomirni vaqtincha qisishga va ushlab turishga xizmat qiladi (37-rasm). Qisqichlarning mazkur turi asboblar ichida eng ko‘p sonini tashkil etadi. Qon to‘xtatuvchi qisqichlar Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси. 13 qattiq, tomirlarni vaqtincha tutuvchi qisqichlar esa egiluvchan yumshoq bo‘lishi mumkin. Qon to‘xtatuvchi qisqich– qulf yordamida tutashuvchi 2-ta branshalardan iborat. Shoxlardan birining uchida jag‘lar, boshqasining esa yaqinida kremalera joylashgan halqalar o‘rnatilgan. Kremalera zarur holatda o‘rnatilgan qisqichni yopishga mo‘ljallangan. Qon to‘xtatuvchi qisqichlarning, kremalerasida 3 ta tishchasi mavjud. Tomirlarni vaqtincha qisish uchun va unga jarohat etkazmaslik uchun, qisqich jag‘larida ko‘plab mayda tishchalar mavjud. 13-rasm. Qon to‘xtatuvchi qisqichlar. Qisqichlar etarlicha mustahkam va egiluvchan bo‘lishlari lozim, shu bois ularni tayyorlash uchun 30x13 rusumli po‘lat, vint uchun esa – 20x13 po‘lat ishlatiladi. Qabul qilish vaqtida qisqichlarning funksional xossalarini (mustahkamlik va egiluvchanlik ) sinash drenaj rezina naychani yoki qisqich turiga qarab doka bintni asboblarning jag‘lari orasida 3 marta qisish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Qisish kremaleraning oxirgi tishiga ildirish vaqtida amalga oshiriladi. Jag‘lar yopilganda, bitta yarmining tishchalari ikkinchining cho‘nqiriga kirishi lozim (GOST 19126-79) . Jag‘larning zich yopilishi jag‘lari orasidan sirg‘alib ketmaydigan papiros qog‘ozda tekshirib ko‘riladi. Qisqichlar erkin holda kremaleraning birinchi tishchasiga yopilib, saqlanishi tavsiya etiladi. Qon to‘xtatuvchi qisqichlar quyidagi turlari bir-biridan farqlanadi: tishli – to‘g‘ri, bo‘linmaydigan yoki murvatli uzunligi 150-220 mm, jag‘larida – qiya kertiklar mavjud bo‘lib, bir uchida 2 ta o‘tkir tishcha yana birida esa 1 ta tishcha bor; soyli – to‘g‘ri, qayrilgan, ko‘ndalang kertikli, zanglamas po‘latdan tayyorlanadi, uzunligi 160-200 mm; Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси. 14 chuqur bo‘shliqlar uchun, soyli – tomirlarni qisish va chuqur jarohatga ligatura qo‘yishga mo‘ljallangan, qisqa jag‘lari bilan farq qiladi, uzunligi 260 mm; “Moskit” turidagi neyrojarrohlik qisqichi – unchalik katta bo‘lmagan tomirlarda gemostaz va neyrojarrohlik operatsiyalarda ishlatiladi; jag‘larida ko‘ndalang kertik mavjud, qisqich uzunligi 155 mm, to‘g‘ri, qayrilgan, bolalarga mo‘ljallab chiqarilgan, boshqa qisqichlardan birmuncha yupqa branshalar va kichik o‘lchamlari bilan farq qiladi. Tomirlarni vaqtincha qisish uchun qisqichlar – tomirlar uchun mo‘ljallangan: qisqichlarning eng ko‘p sonli turi hisoblanadi, o‘lchamlari turlicha( uzunligi 125-220 mm) : Gepfnerning egiluvchan qisqichi-jag‘lari keng, egiluvchan, jag‘lari uzunasiga kertiklar tushgan, tomirlarga chok qo‘yishda ishlatiladi; Satinskiyning tomir egiluvchan qisqichi – oldingi qisqichdan kremaleraning uchinchi tishiga yopilganda jag‘larining orasida 0,1 mm tirqish qolishi bilan farqlanadi (14-rasm) ; buyrak oyoqchasi uchun qisqich – urologiya sohasidagi operatsiyalarda ishlatiladi, uzunasiga soycha ko‘rinishidagi atravmatik kertikka ega, ishchi qismi turlicha qayrilgan uzunligi 205-208 mm qilib tayyorlanadi. 14-rasm. Satinskiyning tomir egiluvchan qisqichi. Qon tomirlar uchun qisqichlar – prujinali asboblar bo‘lib, qon tomirlarni ehtiyotkorona qisish uchun mo‘ljallangan, 30x13 po‘latdan tayyorlanadi. Download 207.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling